See discussions, stats, and author profiles for this publication at



Yüklə 13,45 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə122/224
tarix09.09.2023
ölçüsü13,45 Mb.
#142261
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   224
30 06 2022 . (1)

XVI BOB. XUFYONA IQTISODIYOT VA 
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASH 
16.1-§. Xufyona iqtisodiyotning mazmuni va vujudga kelish 
sabablari 
Rasmiy iqtisodiyot mamlakatning amal qiluvchi qonunlar 
asosidagi iqtisodiyotning bir qismi hisoblanadi va uning faoliyati 
mavjud davlat institutlari yordamida hisobga olinadi, nazorat 
qilinadi va tartibga solinadi.
Xufyona iqtisodiyot hukumatning rasmiy idoralaridan 
yashirincha holatda biron-bir tarzda, hatto jinoiy yoki noqonuniy 
ravishda yashirincha daromad olishga qaratilgan noqonuniy, 
soxta, hisobga olinmagan, g‗arazli faoliyatdir. Xufyona iqtisodiyot 
tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayriboshlash va 
iste‘mol qilish sohasida qonunga xilof ravishda amalga 
oshiriluvchi, davlat tomonidan hisobga olinmaydigan va nazorat 
qilish murakkab bo‗lgan va shu bilan bir qatorda, davlat 
idoralaridan yashirincha davlat, xususiy va boshqa mulk 
shakllaridan foydalanish borasida amalga oshiriluvchi g‗arazli 
maqsadlarni ko‗zlagan faoliyatdir. 
Xufyona iqtisodiyotning mavjud bo‗lishi soliq to‗lashdan 
bo‗yin tovlash yoki soliqlarni yashirish yo‗li bilan qo‗shimcha 
daromad olish kabi g‗araz maqsadlarni ko‗zlagan holda amalga 
oshiriluvchi faoliyatni ifoda etgani holda, odatda, tovar va 
xizmatlarning noqonuniy oldi-sotdisi, g‗irrom raqobat usullaridan 
foydalanish, bozorda monopol mavqega ega bo‗lish, yashirin 
ishlab chiqarishlarni tashkil etish va shu kabilarni ifoda etadi. 
Ko‗pincha, yuqori soliq yuki tufayli oddiy tadbirkorlar bozorda 
yashab qolish yoki ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun va eng 
kam imkoniyatlarni saqlab qolish uchun daromadlarining bir 


463 
qismini 
yashirishga 
majbur 
bo‗lgani 
holda, 
xufyona 
iqtisodiyotning vakillari orasiga tushib qoladilar. Jinoyat unsurlari, 
jinoyat olamining vakillari, korrupsiyalashgan rahbarlar va shu 
kabilar ham xufyona iqtisodiyotning vakillari tarkibiga kiradi. 
Shartli ravishda xufyona iqtisodiyot subyektlarini uch asosiy 
guruhga bo‗lishimiz mumkin. 
1.
Aqliy va jismoniy mehnat qiluvchi yollanma xodimlar, 
daromadlarining asosiy qismini pora tashkil etuvchi mayda davlat 
xizmatchilari. 
2.
Xufyona faoliyat olib boruvchi tadbirkorlar, tijoratchilar, 
mayda va o‗rta tadbirkorlar, shu jumladan, savdogarlar. 
3.
Qurol-yarog‗, 
giyohvand 
moddalar 
oldi-
sotdisi bilan shug‗ullanuvchi 
jinoiy unsurlar. Yo‗lto‗sarlar, 
bosqinchilar, yollanma qotillar, 
qo‗shmachilar, 
fohishalar, 
hukumat 
idoralarining 
korrupsiyalashgan vakillari. 
Xufyona iqtisodiyotning tashkil etuvchilari rasmiy iqtisodiyot 
unsurlari bilan uzviy bog‗liqlikda bo‗lganligi bois, umumiy 
iqtisodiyot tuzilmasida xufyona iqtisodiyotni ajratib olish 
qiyinchilik tug‗diradi.
Xufyona 
iqtisodiyot 
daromadlarni 
soliqqa 
tortishdan 
yashirishda namoyon bo‗ladi. Soliq to‗lashdan bo‗yin tovlash 
usullari quyidagilardan iborat: 

turli banklarda bir necha hisob raqamlarini ochib, ular 
orqali buxgalteriya hisobida to‗liq ko‗rsatilmagan holda pul 
operatsiyalarini amalga oshirish; 

trast, veksel va boshqa hisoblardan foydalanish; 


464 

―ikkiyoqlama buxgalteriya‖ yuritish, naqd pullar bilan 
muomala qilish, shu orqali daromad va pul tushumlarini soliqdan 
yashirish; 

korxonani bir shahar, tumanda ro‗yxatdan o‗tkazish, ammo 
hisob raqamini boshqa shahar, tumandagi banklarda ochish orqali 
soliq to‗lashdan korxona ro‗yxatga olingan joyda va faoliyat 
yuritgan joyida ham qochadi, ya‘ni bo‗yin tovlaydi; 

hisobga 
olinmagan 
xarajatlar 
hisobiga 
sotilayotgan 
mahsulot (xizmat, ishlar)ning tannarxini oshirib ko‗rsatish; 

rasmiy 
hisob 
va 
to‗lov 
hujjatlarida 
tomonlarning 
kelishuviga asosan bajarilgan ish (ko‗rsatilgan xizmatlar) qiymati 
past narxlarda ko‗rsatiladi, uning qolgan qismi naqd pul shaklida 
o‗zaro taqsimlab olinadi.
Naqd pullardagi daromad soliqqa tortishdan yashiriladi. 
Kriminal, jinoiy xufyona iqtisodiyotni noqonuniy ishlab chiqarish, 
yashirin ishlab chiqarish va ongli ravishda oldindan rejalashtirib, 
g‗arazli maqsadlarni ko‗zlab qilingan jinoyatlar tashkil etadi. 
Noqonuniy ishlab chiqarishga biznes va tadbirkorlik shaklida 
tashkil etilgan, qonunchilikda qat‘iyan man qilingan faoliyat 
turlari kiradi. Bunday faoliyat turlariga quyidagilar kiradi: 

qurol-yarog‗lar ishlab chiqarish va sotish; 

narkobiznes; 

kontrabanda; 

qimorxona, qimor o‗yinlarini tashkil etish; 

odam savdosi; 

fohishabozlik va h.k. 
Xufyona iqtisodiyot ijtimoiy ishlab chiqarish bosqichlariga 
ko‗ra xufyona ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash, iste‘mol 
shakllarida 
namoyon 
bo‗ladi. 
Xufyona 
ishlab 
chiqarish 
noqonuniy, hisobga olinmagan, yashirin, mayda ishlab chiqarish, 


465 
sifatsiz mahsulotlar chiqarish, ishlab chiqarish resurslaridan 
noratsional foydalanishda namoyon bo‗ladi.
Xufyona iqtisodiyot sohasida amalga oshiriluvchi faoliyat 
aksariyat hollarda jinoiy faoliyatni ifoda etsada, ularning 
barchasini amaldagi qonunchilik asosida jinoiy faoliyat sifatida 
e‘tirof etishning imkoni yo‗q. ―Iqtisodiy jinoyatchilik‖ shartli 
tushuncha bo‗lganligi bois, uning chegaralarini aniqlashtirish 
mushkuldir. Bundan tashqari, iqtisodiy jinoyatchilikning turli 
ko‗rinishlari ham mavjud. Iqtisodiy jinoyatlarni dastlab ikkita 
katta guruhga bo‗lishimiz mumkin. 
Iqtisodiy jinoyatlarning birinchi guruhi– bu soliq yukining 
haddan tashqari yuqoriligi bois, soliq to‗lashdan turli xil yo‗llar 
bilan qochishga majbur bo‗lgan tadbirkorlik faoliyatidir. Bunday 
holatda davlat hokimiyatining mavjud muammolarni o‗z vaqtida 
hal eta olmasligi, tadbirkorlarning moddiy va ma‘naviy 
manfaatdorligiga putur yetkazmagan holda rasmiy iqtisodiyot 
sohasiga tadbirkorlarni to‗laqonli jalb etish imkonini beruvchi 
qonuniy biznes faoliyatini amalga oshirish qoidalarini yarata 
olmasligi xufyona iqtisodiyotning keng miqyosda tarqalishiga 
asosiy omil hisoblanadi. 
Ikkinchi guruh – bu soliq qonunchiligi doirasidan tashqariga 
chiqadigan iqtisodiy jinoyatlar bo‗lib, undan nafaqat davlat 
byudjeti va davlat byudjetidan tashqari jamg‗armalar, balki butun 
jamiyat ham aziyat chekadi. Bu turdagi jinoyatlarga qurol-yarog‗, 
narkotik 
moddalar 
savdosi 
bilan 
shug‗ullanish, 
davlat 
mablag‗larini g‗ayriqonuniy o‗zlashtirish kabi iqtisodiy jinoyatlar 
kiradi, mazkur xatti-harakatlar mutlaqo qonunchilikka zid bo‗lib, 
uning oldini olish uchun qat‘iy jazo choralari qo‗llanilishi talab 
etiladi.


466 
Xufyona iqtisodiyot jinoiy va jinoyatga aloqador bo‗lmagan 
munosabatlarni ifoda etadi, shu bois, xufyona iqtisodiyotni 
noqonuniy tadbirkorlik va mamlakatning iqtisodiy taraqqiyot 
darajasiga bog‗liq bo‗lgan jinoiy faoliyatdan tashkil topuvchi 
iqtisodiyotning bir qismi sifatida tushunishimiz mumkin.

Yüklə 13,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   224




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin