16.6-rasm. Xufyona iqtisodiyotning tarqalish oqibatlari.
Byudjet
majburiyatlarini
bajarmaslik
real
sektordagi
korxonalarning moliyaviy ahvolini yomonlashtiruvchi, aylanma
mablag‗lardan mahrum etuvchi va noqonuniy omon qolish
strategiyalaridan foydalanishni rag‗batlantiruvchi nooziq-to‗lovlar
muammosini keskinlashtirishning sabablaridan biridir. Bundan
tashqari, bir qator soliq to‗lovchilar tomonidan soliq to‗lashdan
bo‗yin tovlash qonuniy soliq to‗lovchilar daromadlarini soliqqa
tortishning oshishiga olib keladi. Soliq yukining oshishi soliqdan
Xufyona iqtisodiyotning tarqalish oqibatlari
Iqtisodiy
Ijtimoiy
Siyosiy
Soliq byudjet
sohasida keltirilgan
zararlar
Makroiqtisodiy
siyosatning
samaradorligini
pastligi
Ishlab
chiqarishning
pasayishi
Bozor
mexanizmlari
samaradorligining
pasayishi
Iqtisodiyot
tuzilmasi
deformatsiyasi
Pul kredit
sohasidagi
keltirilgan zararlar
Ijtimoiy loyihalarni
moliyalashtirish
ning kamayishi
Ijtimoiy soha
degradatsiyasi
Aholi asosiy
qismining
daromadlarining
pasayishi
Daromadlar
bo‗yicha aholining
tabaqalashuvi
Ijtimoiy
ziddiyatlarning
keskinlashuvi
Ishlayotganlar
huquqlarining
kamsitilishi
Korrupsiyaning
resurs ta‘minotini
kuchayishi
Siyosiy hayotda
yashirin
tuzilmalarning
rolini oshishi
Hokimiyatga
ishonchning
pasayishi
Mamlakatning
obro‗sining
pasayishi
Mamlakatni
iqtisodiy
izolatsiyalashuv
tahdidlar
Mamlakatni siyosiy
izolyatsiyalashuv
tahdidlar
490
olinadigan daromadlarni yanada yashirishni rag‗batlantiradi va
daromadlarning tabaqalanishishini yanada oshiradi. Korrupsiya va
noqonuniy lobbizm faoliyati natijasida byudjet resurslarini
samarasiz ajratish, imtiyozlar, litsenziyalar, kvotalar va boshqa
imtiyozlarning noqonuniy berilishi kabilar kuzatiladi.
Xufyona iqtisodiyotning tarqalishi makroiqtisodiy siyosat
samaradorligining pasayishiga bevosita ta‘sir ko‗rsatadi. Avvalo,
bu makroiqtisodiy tartibga solish borasida xatoliklar sonining ortib
borishida namoyon bo‗ladi. Mazkur xatoliklar, odatda, qonuniy va
noqonuniy sektorlarda ishlab chiqarish faoliyatining yashirin
qismining ko‗lami, tuzilishi va dinamikasi bo‗yicha ishonchli
ma‘lumotlarning yo‗qligi bilan uzviy bog‗liqdir. Agar xufyona
iqtisodiyot rasmiy iqtisodiyotdan tezroq o‗sib borayotgan bo‗lsa
va bu holat statistikada aks ettirilmasa, hukumat pul taklifini
kengaytirish va talabga ta‘sir ko‗rsatish orqali iqtisodiy o‗sishni
rag‗batlantirish siyosatini davom ettirishi mumkin (davlat
xarajatlarini oshirish, pul-kredit siyosatini yumshatish). Buning
natijasida yuqori inflatsiya sur‘atlarining oshishi bilan birga
iqtisodiyotning haddan tashqari zo‗riqishi kuzatiladi.
Xufyona iqtisodiyot ko‗lamining yetarli darajada hisobga
olinmasligi bandlik siyosatiga salbiy ta‘sir ko‗rsatishi mumkin.
Agar xufyona sektor sohasida band bo‗lganlar ishsiz sanalsa,
ishsizlik darajasi real ko‗rsatkichdan ancha yuqori bo‗ladi. Bu esa
davlatni pul-kredit siyosatini yengillashtirish, shuningdek, davlat
xarajatlarini ko‗paytirish orqali jami talabni, ishlab chiqarish va
ish bilan bandlikni oshirishga qaratilgan ekspansionistik siyosat
yuritishga undaydi. Natijada, mehnat resurslarining yetishmasligi
va inflatsiyaning o‗sishi kuzatiladi. Xufyona iqtisodiyot ko‗lamlari
kengayishining
salbiy
oqibati
sifatida
iqtisodiy
o‗sish
491
ko‗rsatkichlarining
susayishi
va
hatto
ishlab
chiqarish
ko‗lamlarining pasayishi kutiladi.
Dastlabki bosqichda ma‘lum bir holatlarda (masalan, davlat
tomonidan tartibga solishning haddan tashqari qattiqqo‗lligi
sharoitida) qonunchilikda ruxsat berilgan xo‗jalik faoliyatini
davlat nazoratidan yashirish, soliq tushumlarining kamayishiga
qaramay, u iqtisodiy o‗sishga ijobiy ta‘sir ko‗rsatishi mumkin.
Korxonalar o‗z faoliyatlarida xufyona sxemalardan keng
foydalanishlari hisobiga raqobat ustunligini qo‗lga kiritadilar, bu
esa qisqa muddatli davrda ishlab chiqarish hajmining o‗sishiga
olib keladi. Ayrim iqtisodchilarning fikricha, O‗zbekiston
Respublikasi iqtisodiyotining rasmiy sektorida 1992-1995-yillarda
kuzatilgan pasayish xufyona sektorning o‗sishi hisobiga
qoplangan.
Yashirincha
faoliyat
ko‗rsatish
(masalan,
noqonuniy
faoliyatdan olingan daromadlarni legal faoliyat turlarini amalga
oshirish natijasida ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlarni sotib
olishga yo‗naltirish) qo‗shimcha legal iqtisodiy faoliyat turlarini
vujudga keltirishi hisobiga iqtisodiyotda yalpi ishlab chiqarish
hajmining o‗sishiga olib keladi.
Mahsulot ishlab chiqarish hajmining o‗sish jarayoni A
nuqtagacha davom etadi, mazkur nuqtada mahsulot ishlab
chiqarishning eng yuqori hajmi kuzatiladi. A nuqtadan so‗ng
pasayish boshlanadi, bu holat iqtisodiyotda ko‗rilayotgan
zararlarning ortishi, xufyona sxemalarning keng yoyilishi
natijasida investitsion faollikning pasayishi, legal faoliyat
ko‗rsatuvchi korxonalarning bankrotlikka uchrashi va ularning
bozordan siqib chiqarilishi kabi omillar bilan bevosita bog‗liqdir.
Xufyona
iqtisodiyotning
rivojlanishi
kapital
qo‗yilmalar
risklarining ortishi tufayli investitsiya resurslarini, ayniqsa, chet
492
ellik investorlarni jalb qilish imkoniyatlarini cheklab qo‗yadi.
Legal xorijiy investorlar tovlamachilik xavfi, shuningdek, legal
yo‗llar bilan foyda olish imkoniyatlarining haddan tashqari
cheklanganligi bois bozorga kirib kelishni ma‘qul ko‗rmaydilar.
Bu esa ko‗pincha xalqaro uyushgan jinoyatchilikning investorlarni
saralash jarayonlariga faol aralashishiga olib keladi.
Xufyona iqtisodiyot rivojlanishining navbatdagi salbiy
oqibati bozor mexanizmlari samaradorligining pasayishidir. Bozor
iqtisodiyotining eng muhim-xo‗jalik yurituvchi subyektlarning
tengligi va ular o‗rtasidagi raqobat tamoyiliga putur yetadi.
Ma‘lum bir davrda xufyona sektor vakillari tomonidan ishlab
chiqarilayotgan tovar va xizmatlar legal tadbirkorlar tomonidan
ishlab chiqarilayotgan tovar va xizmatlar sifati bilan deyarli bir xil
bo‗lsa-da, qonunda belgilangan miqdorlardan past ish haqi to‗lash,
soliq va ijtimoiy to‗lovlarni to‗lamaslik evaziga ular tomonidan
yaratilayotgan tovar va xizmatlarning tannarxi birmuncha arzon
tushadi. Raqobat tamoyilining buzilishi hisobiga korxonalar sotish
bozorlarini yo‗qotadilar va katta zarar ko‗rishni boshlaydilar.
Dastlabki paytlarda rasmiy sektorda narxlar tushib ketadi, bu
iste‘molchilar uchun qulay bo‗lsa-da, ammo istiqbolda legal
korxonalar yetarlicha foyda olmasliklari natijasida xonavayron
bo‗ladilar. Bozorda samaradorlikni oshirish hisobiga emas, balki
xomashyoni noqonuniy yo‗llar bilan sotib olish sxemalaridan keng
foydalanuvchi, soliq va boshqa ijtimoiy to‗lovlarni to‗lashdan
bo‗yin tovlash evaziga kun ko‗ruvchilar yashab qoladilar. Rasmiy
sektorda faoliyat ko‗rsatuvchi korxonalarning xonavayron bo‗lishi
asnosida bozorda xufyona sektor monopol mavqeni qo‗lga
kiritadi. Narxlarni monopol tartibga solish sharoitida narxlar
raqobat sharotidagiga qaraganda ancha yuqori darajaga ko‗tariladi.
493
Xufyona iqtisodiy faoliyat ko‗lamlari kengayishining salbiy
oqibati iqtisodiyot tuzilmasining deformatsiyalanishini keltirib
chiqaradi va u quyidagilarda ko‗rinadi:
investitsiya risklarining oshishi va investitsion faollikning
pasayishi, bu esa investitsiya majmuasi tarmoqlari ulushining
kamayishiga olib keladi;
real sektor taraqqiyotiga jiddiy salbiy ta‘sir ko‗rsatgan
holda, iqtisodiyotning spekulyativ moliya va savdo-vositachilik
sohalarining rivojlanishini rag‗batlantirish;
strategik ahamiyatga ega bo‗lgan xomashyo mahsulotlarini
xorijga ommaviy ravishda noqonuniy eksport qilish oqibatida
tashqi iqtisodiy aloqalarning yoqilg‗i-energetika va xomashyo
mahsulotlarining eksportiga bevosita bog‗liqligining kuchayishi;
jinoiy faoliyatni amalga oshirishni yengillashtirishga
xizmat qiluvchi (axborot, transport, taqsimlash va shu kabi boshqa
xizmatlarni ko‗rsatish), shuningdek, tez foyda olish imkonini
beruvchi faoliyat turlarini rivojlantirishga ustuvorlik berish;
xavfsizlikni ta‘minlash va qo‗riqlash bilan bog‗liq faoliyat
turlarini rivojlantirish, bu o‗z navbatida, boshqa iqtisodiy faoliyat
turlarida
mavjud
iqtisodiy
resurslardan
foydalanish
imkoniyatlarini cheklab qo‗yadi (mazkur guruh xarajatlari
ko‗pgina
mamlakatlarda
jinoyatchilikning
oldini
olishga
yo‗naltirilgan xarajatlarga kiritiladi).
Pul-kredit sohasiga xufyona iqtisodiyotning salbiy ta‘siri
to‗lov balansi tuzilmasining deformatsiyalanishida, inflatsiya va
uning oqibatlarini chuqur ildiz otishida, kredit munosabatlariga
putur yetishida va investitsion xavf-xatarlarning ortishida, kredit
muassasalari, investorlar, omonatchilar, aksionerlar va bir so‗z
bilan
aytganda
barcha
jamiyat
a‘zolarining ko‗rayotgan
zararlarining ko‗payishida o‗z ifodasini topadi. Pullarni yuvish va
494
noqonuniy daromad olish maqsadida uyushgan jinoiy guruhlar
tomonidan
noqonuniy
valyuta
operatsiyalarining
amalga
oshirilishi valyuta kurslariga salbiy ta‘sir ko‗rsatgani holda,
mamlakatda inflatsion jarayonlarning kuchayishiga olib kelishi
ham mumkin. Jinoiy daromadlarni xorij valyutasiga almashtirish
va uni chetga olib chiqib ketishga intilishning kuchayishi
oqibatida kriminal iqtisodiy faoliyat valyuta bozoridagi holatga
salbiy ta‘sir ko‗rsatadi.
Bir qator o‗tkazmalar zanjiridan o‗ta borib, pul mablag‗lari
pirovard natijada xorijdagi offshor kompaniyalar, jismoniy va
yuridik shaxslarning hisob raqamlariga borib tushadi, cheklar va
karta hisob raqamlari orqali naqdlashtiriladi va o‗zining moliyaviy
izini yo‗qotadi. Mazkur bosqichda pul mablag‗larining navbatdagi
qayta taqsimlanish jarayonlari yuz beradi. Soxta tashqi savdo
bitimlari bo‗yicha juda katta mablag‗lar xorijiy banklarga o‗tkazib
beriladi.
Pul mablag‗larini xorijga olib chiqib ketishda, odatda, bir
qator usul va vositalardan foydalaniladi:
soxta import kontraktlari asosida bo‗nak to‗lovlarini
amalga oshirish (import kontraktlari bo‗yicha amalga oshirilgan
bo‗nak to‗lovlarini ortga qaytarmaslik); kontrakt shartlari ma‘lum
bir o‗ziga xos jihatlarga ega bo‗ladi, masalan, bo‗nak to‗lovlarini
majburiy tartibda amalga oshirish, tovar va xizmatlar yetkazib
berishning uzoq muddatlari (mazkur muddat ichida importer firma
ko‗zdan g‗oyib bo‗ladi) va bo‗nak to‗lovlarini offshor zonalarga
yo‗naltirish; odatda, offshor zonada joylashgan kompaniya bilan
kontrakt tuziladi va mamlakatdan o‗sha kompaniyaning hisob
raqamiga bo‗nak to‗lovlari o‗tkazib beriladi, kontrakt bo‗yicha
tovarlarni yetkazib berish amalga oshirilmaydi, bo‗nak to‗lovlari
qaytarib berilmaydi va ma‘lum bir muddat o‗tgandan so‗ng
495
kompaniya o‗z faoliyatini to‗xtatadi yoki boshqa bank
maydochasiga o‗tib ketadi;
mamlakakt hududidagi norezidentga rezident tomonidan
sotilgan tovarlar uchun norezident tomonidan hisoblar va pul
o‗tkazmalarining amalga oshirilishi (mazkur holatda go‗yoki tovar
yetkazib berish yoki xizmat ko‗rsatish to‗g‗risida soxta bitim
tuziladi, tovar va xizmatlar faqatgina qog‗ozda mavjud bo‗ladi
xolos, pul mablag‗lari norezidentning hisob raqamiga o‗tkazib
beriladi).
Xufyona iqtisodiyotning tarqalishining oqibatlariga katta
ijtimoiy xavf-xatarlarga olib kelishi mumkin. Masalan, fuqarolarni
va korxonalarni soliq to‗lovlardan qochishi byudjetga moliyaviy
resurslarni kelib tushishini cheklaydi. Bu o‗z navbatida ijtimoiy
soha tarmoqlarini degradatsiyasiga olib keladi. Natijada aholining
katta qismini real daromadlari pasayadi, tabaqalanish darajasi
oshadi, bu esa ijtimoiy barqarorlikni buzilishiga olib keladi.
Xufyona
iqtisodiyotda
mehnat
qilayotgan
mehnat
resurslarining o‗ziga ham katta salbiy oqibatlarni olib kelishi
mumkin. Bu, birinchi navbatda, kafolatlangan bandlikni, ish haqi
va ijtimoiy kafolatlar yo‗qligi bilan bog‗liq xavf-xatarlarini
ta‘kidlab o‗tish mumkin. Xufyona iqtisodiyot tizimi ijtimoiy
kafolatlar va o‗z malakasini oshirish imkoniyatlari yo‗qligi va
yuqori ishlab chiqarish jarayonidagi jarohatlar mehnat resurslarini
qoniqarsiz ekspluatatsiya qilishi mumkin.
Xufyona iqtisodiyot tarqalishining siyosiy oqibatlariga bu
uning turli yo‗nalishlarda, mamlakatda korrupsiyani kuchayishiga
va hattoki to‗la iqtisodiy va siyosiy izolatsiyasiga olib keluvchi
iqtisodiy xavfsizligiga qo‗shimcha tahdidlarni vujudga keltirishi
mumkin. Bu davlat tuzilmasiga sezilarli darajada zarar keltirib,
uni jahon iqtisodiyotida obro‗sini tushishiga olib keladi.
|