17.1-rasm. Korrupsiyaning sabablari.
Korrup
s
iyaning sabablari
Q
onunchilikning
nomukammalligi
Demokratik tamoyillar va
institutlarning
rivojlanmaganligi
Davlatning
kuchsizligi
501
Mutaxassislarning fikricha, korrupsiyaning mavjudligini
iqtisodiy tizimning o‗zidan qidirish kerak. Korrupsiya iqtisodiy
hodisa sifatida namoyon bo‗lar ekan, demak, uning iqtisodiy
ildizlarini topish kerak bo‗ladi. Bu ildizlar pul munosabatlarining
o‗zidadir. Pul universal to‗lov vositasi, uni hamma operatsiyalar
uchun qabul qilinadi, pul boylikning timsoli, boylik to‗plashning
eng qulay shakli. Pulni saqlash xavfsiz, uni xohlagancha
jamg‗arish mumkin. Pul likvidligi eng yuqori bo‗lgan aktivdir.
Likvidlikni esa pulning qadr-qimmati ta‘minlaydi. U ko‗zga
ko‗rinmas moliyaviy aloqalar o‗rnatish imkonini beradi. Pulning
likvidligi muhim bo‗lganidan, pora berishda qattiq valyutalar
ishlatiladi, chunki ularning qadri barqaror bo‗lgani uchun
jamg‗arish vositasi bo‗la oladi. Pul – bozor munosabatlarining
mahsuli, shu sababli pul munosabatlarining rivojlanishi
korrupsiyani oziqlantiradi.
Natural ishlab chiqarish sharoitida poraxo‗rlik moddiy
shaklda bo‗lishi mumkin, uni ko‗zdan yashirib bo‗lmaydi. Pul
munosabatlari esa yashirin munosabat o‗rnatish imkonini beradi.
Shunday qilib, korrupsiyaning obyektiv sababi pulning yuksak
likvidlik xususiyatidadir. Bunday xususiyat pul fetishizmini, ya‘ni
uni ilohiylashtirishni, unga sig‗inishni yuzaga keltiradi, pul
hamma narsani hal qiluvchi kuchga ega, degan tasavvurni paydo
qiladi. Bu esa ochko‗zlikni keltirib chiqaradi, uni g‗ayriqonuniy
yo‗l bilan topa olish imkoniyati bor kishilarni korrupsiyalashgan
kishilarga aylantiradi.
Poraxo‗rlik yoki korrupsiya harakatlari shaxsga uning o‗z
vazifalarini bajarishida ta‘sir ko‗rsatish va uni yuz bergan
vaziyatlarda yuqori ma‘naviy odam nohalol deb hisoblaydigan
xatti-harakatlarga og‗dirish maqsadini ko‗zlab amalga oshiriladi.
Poraxo‗rlik quyidagicha tavsiflanishi mumkin:
502
a) mansabdor shaxsga yoki ishtirokchiga o‗z lavozim
vazifalarini bajarishlarida biror-bir harakatni yoki harakatsizlikni
amalga oshirishlari uchun shaxsan yoki vositachilar orqali
bevosita mansabdor shaxs yoxud boshqa jismoniy yoki yuridik
shaxsga biror-bir noqonuniy ustunlikni va‘da qilish, taklif qilish
yoki taqdim qilish;
b) ishtirokchi tomonidan o‗z lavozim vazifalarini bajarishida
mansabdor shaxs biror-bir harakatni yoki harakatsizlikni amalga
oshirishi uchun shaxsan yoki vositachilar orqali bevosita o‗ziga
yoxud boshqa jismoniy yoki yuridik shaxsga biror-bir noqonuniy
ustunlik tamagirlik qilinishi yoki qabul qilinishi.
Pora – har doim ham naqd pul mablag‗lari berilishini
anglatmaydi. Agar qaror qabul qilishga ta‘sir ko‗rsatish uchun
mo‗ljallangan bo‗lsa, sovg‗alar, mehmondo‗stlik harakatlari va
vaqtichog‗lik taqdim qilishlar ham pora bo‗lishi mumkin.
Bozor
tizimining
mukammal
emasligi,
uning
mexanizmlarida uzilishlar bo‗lib turishi, korrupsiyaning keng
yoyilishi uchun qulay sharoit hozirlaydi. Demak, bozor
munosabatlarining
takomillashtirilishi
korrupsiyaga
qarshi
kurashning eng ma‘qul yo‗li bo‗lib hisoblanadi. Bozor
munosabatlari rivojlangan mamlakatlarda korrupsiyalashish
darajasining boshqa guruh mamlakatlaridagiga nisbatan ancha
pastligi mana shu tezisning to‗g‗riligidan dalolat beradi.
Korrupsiyaning obyektiv sabablaridan biri, davlatning
iqtisodiyotga aralashuvi va shunga bog‗liq holda biznesni
rivojlantirish muammolarini hal qilish davlat amaldorlariga bog‗liq
bo‗lishidir. Davlatning iqtisodiyotga ta‘siri iqtisodiy, huquqiy va
ma‘muriy usullar orqali yuz beradi. Bu usullarning qo‗llanilishi
amaldorlar faoliyatiga bog‗liq.
503
Davlatning ruxsat berish funksiyasi haddan tashqari keng
doirada saqlanib qolishi ham korrupsiyaning ildizlaridan biridir.
Davlat qo‗lidagi subsidiyalar, soliqlar, imtiyozli litsenziyalar,
kvotalar, preferensiyalar va buyurtmalar kabi vositalar biznesni
tartibga solib turishda qo‗llaniladi. Ulardan kimning bahramand
bo‗lishi amaldorlarning munosabatiga bog‗liq bo‗ladi. Iqtisodiy
faoliyatdan yaxshi natijaga erishish uchun tadbirkorlar pora berish
yo‗li bilan amaldorlarni sotib olish va shu orqali imtiyozlarga ega
bo‗lishga intiladilar. Davlatning iqtisodiyotga aralashuvi zarur
ekanligi
va
ayni
vaqtda
korrupsiyani
yuzaga
keltirishi
iqtisodiyotdagi ziddiyatli holatdir.
Korrupsiyaning
kelib
chiqish
sabablarini
aniqlashda
ko‗pchilik tadqiqotchilar davlat qonunlarining nomukammalligiga
urg‗u beradilar. Qonunlar, odatda, real hayotdagi o‗zgarishlardan
orqada qoladi, shu sababli, ular tez-tez o‗zgartirilib, to‗ldirilib
turiladi. Mukammal hisoblangan qonunlar vaqt o‗tishi bilan
nomukammal bo‗lib qoladi, chunki real hayot ilgarilab ketadi.
Nomukammal qonun real hayot talabidan ortda qolgan va
kelajakni to‗liq aks ettirmaydigan qonundir. Bunday qonunlar
yaxshi ishlamaydi, natijada korrupsiyaga yo‗l ochiladi.
Korrupsiya lobbizmni ham keltirib chiqaradi, biroq har
qanday lobbizm ham bunga olib kelmaydi. Ruxsat berilgan,
jamiyat tan oladigan lobbizm borki, u ochiq bozor aloqalariga
tayanadi. Bunda u yoki bu guruh shaxslar yoxud firmalar
manfaatiga mos keladigan, jamiyat uchun zararsiz bo‗lgan
qarorlarni davlat idoralari tomonidan qabul qilish zarurligini
asoslash va bunga ko‗maklashish bilan bog‗liq lobbizm
korrupsiyani keltirib chiqarmaydi. Ammo shu bilan birga, xufyona
lobbistik xizmatlar borki, ular individual va korporativ
manfaatlarni himoya qilgan holda boshqalar manfaatiga zid
504
ishlarning amalga oshirilishini bildiradi. Shunday bo‗lganda
g‗ayriqonuniy lobbizm paydo bo‗ladi.
Yuqori likvidli aktivlarning mavjudligi va davlatning
iqtisodiyotga aralashuvi, demokratiya darajasining pastligi
korrupsiyaning obyektiv sabablari bo‗lsa, aholi ma‘naviyatining
darajasi va axloq-odobi, demokratiya qoidalariga sodiqligidagi
nuqsonlar korrupsiyaning subyektiv sabablariga kiradi. Subyektiv
munosabat korrupsiyani kuchaytirishi yoki zaiflashtirishi mumkin,
biroq korrupsiyani tag-tomiri bilan yo‗qota olmaydi. Chunki uning
ildizlari iqtisodiy munosabatlarning rivojlanish darajasiga borib
taqaladi.
Korrupsiyaga
qarshi
kurashish
borasida
amalga
oshirilayotgan chora-tadbirlarni jadallik va qat‘iyat bilan amalga
oshirish talab etiladi. Shuningdek, quyidagi jihatlarga e‘tibor
qaratish lozim deb hisoblaymiz:
Korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy asoslarini
yanada takomillashtirib borish;
korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun
javobgarlikning muqarrarligi prinsipini amalda ta‘minlash;
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining korrupsiyaga
qarshi
ekspertizasini
o‗tkazish
amaliyotini
yanada
takomillashtirish;
korrupsiya bilan bog‗liq jinoyatlarni sodir etganlar uchun
aholi ichida sayyor sud majlislarini ko‗paytirish va ko‗rgazmali
sud majlislarini uyushtirish;
mas‘ul lavozimlarga tavsiya etilayotgan nomzodlarga
talablarni kuchaytirish;
davlat xizmatining nufuzini, davlat xizmatchilarining
maoshini va mas‘uliyatini oshirish;
505
aholi o‗rtasida jamiyatda huquqiy ongni, huquqiy
madaniyatni yuksaltirishga va qonuniylikni mustahkamlashga
qaratilgan huquqiy targ‗ibotga doir chora-tadbirlarning sifati va
miqdorini yanada oshirish;
davlat
va
jamiyat
hayotining
barcha
sohalarida
korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan ta‘sirchan chora-
tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning o‗z vaqtida oldi
olinishini, aniqlanishini va ularga chek qo‗yilishini ta‘minlashga,
ularning oqibatlarini, shuningdek, ularga imkon beruvchi sabablar
va shart-sharoitlarni bartaraf etishga doir majmuali tadbirlar ishlab
chiqish;
davlat organlarining mansabdor shaxslari ustidan keng
jamoatchilik nazoratini o‗rnatish;
sudlar va ommaviy axborot vositalarining mustaqilligini
ta‘minlash;
yurist kadrlarni tayyorlash tizimini tubdan qayta isloh etish;
mansablar sotilishining oldini olish, oliy o‗quv yurtlariga
kirish imtihonlarining haqqoniy bo‗lishiga erishish va boshqalar.
Korrupsiyaviy
jinoyatlarning
iqtisodiy
sabablariga
quyidagilarni kiritish mumkin:
birinchidan,
Dostları ilə paylaş: |