16.3-§. Xufyona iqtisodiyot va korrupsiyaga qarshi kurash
usullari
Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash usullari hamda
vositalarini belgilash uchun, avvalambor, uning ko‗lami va
dinamikasini aniqlash lozim bo‗ladi. Rivojlangan mamlakatlarda
xufyona iqtisodiyot ko‗lamlarini aniqlashda quyidagi usullardan
foydalaniladi:
1.Indikatorlar uslubi. Ularning tarkibida to‗g‗ridan-to‗g‗ri va
bilvosita (egri) uslublar mavjud. To‗g‗ridan-to‗g‗ri uslublar
maxsus kuzatuv, so‗rovlar o‗tkazish, ayrim soliq to‗lovchilar
daromadlari va xarajatlari o‗rtasidagi nomuvofiqliklarni aniqlash
maqsadida tekshirishlar, tahlillar o‗tkazishni o‗z ichiga oladi.
Bilvosita (egri) uslublar bandlik ko‗rsatkichlari bo‗yicha monyetar
uslublarni o‗z ichiga oladi.
2. Yengil modellashtirish uslubi, ya‘ni determinantlarni
baholash. Ushbu uslubda xufyona iqtisodiyotni aniqlashtiruvchi
jami ko‗rsatkichlar tanlab olinib, uning nisbiy hajmlari
hisoblanadi.
3. Tarkibiy uslublar turli ishlab chiqarish tarmoqlarida
xufyona
iqtisodiyot
hajmlari
to‗g‗risidagi
ma‘lumotlar,
axborotlardan foydalaniladi.
482
4. Aralash uslublar xufyona iqtisodiyot hajmlariga bog‗liq
o‗lchovlardan, ya‘ni determinant va indikatorlarni hisobga olgan
holda modellar yaratiladi.
5.
Xufyona
iqtisodiyotni
baholashda
makroiqtisodiy
ko‗rsatkichlarni integral baholash uslubi.
6. Rasmiy statistika ko‗rsatkichlarini, turli qayta va
qo‗shimcha hisoblashlar asosida xufyona iqtisodiyot va uning
alohida elementlarini baholash.
Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurashda quyidagi usullardan
foydalaniladi:
radikal-liberal, ya‘ni dastlabki jamg‗arilgan kapital eng
yuqori sur‘atlariga maqsadli cheklovlar belgilash yo‗li;
repressiv usullar xufyona iqtisodiy faoliyatga qarshi huquq-
tartibot,
xavfsizlik
organlari
faoliyatini
kengaytirish
va
kuchaytirishni taqozo etadi;
biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish uchun zarur shart-
sharoitlarni ta‘minlash bo‗yicha qonunchilikni takomillashtirish
bilan huquqiy chora-tadbirlar majmui.
Xufyona iqtisodiy faoliyatga qarshi kurashning eng muhim
yo‗nalishlari quyidagilardan iborat:
Noqonuniy biznes va tadbirkorlikning oldini olish hamda
barham berish.
Yolg‗on tadbirkorlikka qarshi kurash.
Tijorat maqsadida sotib olish – davlat va xo‗jalik
boshqaruvida faoliyat ko‗rsatayotgan mansabdor shaxslarga
noqonuniy tarzda pul, qimmatli qog‗ozlar, bosh mulkiy
qiymatlarni o‗z xizmat mavqYIdan kelib chiqqan holda ko‗rsatgan
xizmati, ya‘ni tijorat yoki bank sirini oshkor qilgani, pora
beruvchiga noqonuniy xatti-harakati uchun sharoit yaratib berishi,
hisoblanadi.
483
Jinoiy yo‗llar bilan olingan daromadlarni legallashtirishga
qarshi ta‘sir mexanizmini yaratish.
Yolg‗on bankrotlikka qarshi qonunchilikda belgilangan
javobgarlikni yanada oshirish.
Jismoniy va yuridik shaxslarning bojxona to‗lovlarini
to‗lashdan bo‗yin tovlashlariga qarshi chora-tadbirlarni, jazo
choralarini qo‗llash.
Kontrabanda, mamlakatga tovarlarni noqonuniy tarzda olib
kirish va tashqariga noqonuniy tarzda tovarlarni olib chiqib
ketishga qarshi kuchli tizimni qaror toptirish.
Xufyona faoliyatga davlat tomonidan ta‘sir etish usullari
turlicha bo‗lib, ular quyidagi usullardan tarkib topgan:
monyetar usul. Bunda xufyona hisob-kitoblarda faqat naqd
pul
mablag‗laridan
foydalanish
to‗g‗risidagi
gipotezaga
asoslaniladi (naqd pul massasining harakat dinamikasi xufyona
iqtisodiyot hajmlari to‗g‗risida fikr yuritishga imkon beradi);
daromad va xarajatlar balansi usuli. Bunda deklaratsiya
qilinadigan daromadlar xarajatlar summasi hamda tovar va
xizmatlar iste‘molining real hajmlari bilan taqqoslanadi;
ish bilan bandlikning tahlili. hisobga olinmagan ishsizlik
darajasining uzoq vaqt saqlanib qolishi xufyona sektorda band
bo‗lish imkoniyatlarining mavjudligidan dalolat beradi. (ro‗yxatga
olinmagan ishsizlarning soni xufyona iqtisodiyot hajmlaridan
dalolat beradi);
texnologik koeffitsiyentlar usuli. Bu usul xarajatlarning
texnologik koeffitsiyentlari asosida mahsulot ishlab chiqarishning
real hajmlari to‗g‗risida ma‘lumotlar olish imkonini beradi;
uy xo‗jaliklari va korxonalar rahbarlari orasida so‗rovlar
o‗tkazish. Bu xufyona sektor hajmini ekspert baholash imkonini
beradi.
|