500
Korrupsiyaning iqtisodiy mohiyati va huquqiy baholanishida
farqlar mavjud bo‗lib, iqtisodiy jihatdan, bu erkin bozor qonun-
qoidalariga mos kelmaganidan yashirincha yuz beradi. Bu
munosabatda barcha korrupsiyalashgan guruhning manfaati
uyg‗unlashadi. Amaldor xizmatiga talab bo‗lganidan, u sotadi. Bu
yerda pora yashirin xizmat haqi shakliga kiradi. Poraxo‗rlikda
ham bozor munosabati bor, lekin bu tor egoistik manfaatga
bo‗ysunuvchi munosabat bo‗lganligi sababli uni jamiyat tan
olmaydi, chunki bu yerda ayrim shaxslar yoxud guruhlar
manfaatining amalga oshishi boshqalar manfaati hisobidan
bo‗ladi. Shuning uchun buni jamiyat qabul qilmaydi va natijada u
yashirin tus oladi.
Yuridik qonunlarda aks etgan qoidalarnigina jamiyat qabul
qiladi. Shuni nazarda tutib, korrupsiyani huquqiy jihatdan
g‗ayriqonuniy, qonunlar man etadigan iqtisodiy faoliyat deb
aytish mumkin. Korrupsiya – global hodisa, undan zarar
ko‗rmagan
mamlakat
yo‗q,
lekin
bu
mamlakatlarda
korrupsiyalashuv darajasi turlicha bo‗lib, bunday holat uning
ildizlari chuqurligidan dalolat beradi.
Korrupsiyaning
sabablarini
umumlashtirgan
holda
quyidagilarni keltirish mumkin.
Dostları ilə paylaş: