Bozorni segmentlash marketing konsepsiyasining xususiyatlaridan biri bo‘lib, xaridor tomonidan tovarlarning u yoki bu turini tanlash jarayonini tahlil qilish bozor segmentining ko‘pligini ajratishga imkon beradi.
Bozorni segmentlarga bo‘lishni o‘tkazish xaridorlarning tovarga talablari va xaridorlar tavsiflari to‘g‘risidagi eng muvofiq bilimlarni talab qiladi.
Quyida bozorni segmentlash turlari o‘z ifodasini topgan.
Bozor segmentasiyasi turlari Makrosegmentlashbozorlarni hududlar, mamlakatlar bo‘yicha ularning sanoatlashuviga qarab bo‘lishni ko‘zda tutadi.
Mikrosegmentlash esa, bir mamlakat iste’molchilarini yanada batafsilroq mezonlar bo‘yicha guruhlarga bo‘ladi.
Ichkarida segmentlashda segmentlash jarayoni keng iste’molchi guruhlari bilan boshlab, keyin tovar yoki xizmatlarni oxirgi iste’molchilari klassifikatsiyasiga bog‘liqligiga qarab bosqichma-bosqich chuqurlashadi.
Chuqurda segmentlash tor iste’molchi guruhlari (segmentlari) bilan boshlanib, keyin tovarni ishlatish va qo‘llanish sohasidan bog‘liqligiga qarab kengaytirishni nazarda tutadi.
Avvaldan segmentlash maksimal bozor segmentini o‘rganishga mo‘ljallangan marketing tadqiqotining boshlang‘ich bosqichidir.
Yakuniy segmentlash – bozor muhiti sharoitlari va firmaning o‘z imkoniyatlarini tartibga solib o‘tkazishdagi bozor tahlilini yakunlovchi bosqichidir. U iste’molchilar talabiga va firma imkoniyatiga javob beruvchi segmentga tovarlarni pozitsiyalashtirish maqsadida bozorni optimal segmentini qidirish bilan bog‘liq.
Iste’molchilar turiga ko‘ra, iste’mol talabdagi tovarlari iste’molchilarni segmentlash va ishlab chiqarish, texnik maqsadidagi tovar iste’molchilari bo‘yicha farq qiladi.
Tegishli mahsulot ishlab chiqaruvchilar nazarga ilmagan segment bozor darchasi deb ataladi. Bozor darchasi xech ham mahsulot tanqisligini bildirmaydi.
Bozor uyachasi shunday bozor segmentiki, uning uchun ushbu firma tovarlari va ularni etkazib berish imkoniyatlari eng qulay va munosibdir.
Bozor segmentasiyasining asosiy tamoyillari
Bozor segmentasiyasining tamoyillari quyidagilardir:
➢ Geografik tamoyil;
➢ Ijtimoiy – iqtisodiy;
➢ Psixografik tamoyil;
➢ Demografik tamoyil;
➢ Xulq-atvor tamoyili;
➢ Xolat tamoyili.
Quyidagi – rasmda xaridorlarga farab bozorni segmentasiyalash mezonlari keltirilmoqda.