Xaridorlarga qarab bozorni segmentasiyalash mezonlari Geografik tamoyil orqali bozorni joylashuvi, aholining soni va zichligi, tijorat faoliyatining tuzilishi, hududni rivojlanish dinamikasi, inflyasiya darajasi, huquqiy cheklashlar hisobga olinadi.
Psixografik tamoyil natijasida hayot tarzi, shaxsning tipi kabi hisobga olinib, turmush - tarzi shaxsning o‘z faoliyatida, qiziqishlarida, qat’iyatida va e’tiqodlarida o‘z aksini topadi. SHaxsning turi esa, hayotdan mamnun, melanxolik, o‘zgalardek ish kuruvchi, o‘zbilarmon va boshqa hislatlarda bo‘lishi mumkin.
Demografik tamoyillarda oilani soni va sifat tarkibi, oilaning hayotiylik davri bosqichi, millati kabilar inobatga olinadi hamda bozor segmentasiyasining asosiy tamoyillaridan biri hisoblanadi.
Ijtimoiy – iqtisodiy tamoyillarda daromadlilik darajasi, mashg‘ulot turi, ma’lumoti, mutaxassisligi va boshqalar hisobga olinadi.
Xulq-atvor tamoyili orqali xarid qilishga yo‘l, foydalanuvchi maqomi, iste’mol jadalligi, bog‘lanib qolish darajasi, tovar haqida ma’lumot berish, tovarga bo‘lgan munosabati hisobga olinadi.
Holat tamoyilida tovarning foydaliligi, imtiyozlari, qulayligi va boshqalar inobatga olinadi.
2.4. Maqsadli bozor segmentlarini tanlash Bozorni tahlil qilish uchun son va sifat ko‘rsatkichlari, shuningdek, raqobat holatining tavsifnomasi, tarmoqni tuzilishi va taqsimlashni tuzilishi ko‘rsatkichlari ishlatilishi mumkin. Bozorni tahlil qilish uchun ko‘rsatkichlar quyidagi jadvalda berilgan.
Tahlildan tashqari bozor segmentini tanlashda segmentlashni rejalashtirish ko‘zda tutiladi. Segmentlashni rejalashtirish jarayoni quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:
1. Iste’molchilar talablari va tavsifnomalarini aniqlash
2. Iste’molchilarning turli-tumanligi va o‘xshashligi tahlili
3. Iste’molchilar guruhlari sohasini ishlab chiqish
4. Iste’mol segmentini tanlash
5. Raqobat muhitida kompaniya o‘rnini aniqlash
6. Barcha marketing-miks kompleksi chora-tadbirlari rejasini ishlab chiqish.
Bozorni segmentasiyasining rejalashtirish jarayonini tashkil etishda quyidagi talablarga rioya qilish zarur:
• segmentlar o‘zaro bir-biri bilan farq qilishi zarur;
• har bir segmentga faqat iste’molchi talabiga mos keluvchisini kiritish zarur;
• iste’molchilarni tavsifnomalarini firma tomonidan o‘lchash mumkin bo‘lishi zarur;
• har bir segment o‘lchami bo‘yicha bo‘lishi, ya’ni sotish hajmi va xarajatlarni koplashni o‘lchashi kerak
• har bir segment iste’molchilari axborotga ta’sir etish uchun va reklama kompaniyasini o‘tkazish uchun oson va tushunarli bo‘lishi zarur.
Segmentasiya jarayonining muhim bosqichi bo‘lib bozorni maqsadli segmentini tanlash hisoblanadi.
Maqsadli segmentni tanlash muammosi etarli darajada murakkab bo‘lib, uni echish uchun quyidagi ketma-ketlikda bo‘lishi tavsiya etiladi:
• segment o‘lchamini va uni o‘zgarish (o‘sish, kamayish) tezligini o‘rnatish;
• segmentni jalb etuvchanlik tuzilishini tadqiq etish;
• o‘zlashtirayotgan segment maqsadini va tashkilot resurslarini aniqlash.
Segment o‘lchami uning miqdoriy o‘lchamlari va birinchi navbatda sig‘imi bilan tavsiflanadi. Segment sig‘imini aniqlash uchun tovarlar hajmini, ushbu segmentda ularni umumiy sotish qiymati, bozor joylashgan tumanda yashovchi ushbu tovarning potensial iste’molchilari sonini aniqlash zarurdir.
Bozor sig‘imini o‘rganish asosida ishlab chiqarish quvvatlarini shakllantirish uchun va tovar sotish bo‘yicha taqsimlash tarmog‘i tuzilishi uchun asos bo‘lib hisoblanuvchi uning o‘sish dinamikasi baholanadi. Shuni hisobga olish kerakki, ya’ni bozor faoliyati natijalarini qo‘llash, bozorda ishlash bog‘liq xarajatlarni koplab, rejalashtirilgan foydani olishga kafolat berishi kerak.
Segmentni jalb etuvchanligi tuzilishini tadqiq etish raqobat darajasini o‘rganishni, mavjud mahsulotlar raqobatbardoshligini, xaridorlarga munosabatini, taklif etilayotgan va mavjud tovarlarga bo‘lgan segment ehtiyojini barqarorligini, mavjud xaridor ehtiyojlarini qondiruvchi mutlako yangi mahsulotni bozorga kiritish zarurligi va imkoniyatini o‘z ichiga oladi. O‘zlashtirayotgan segment maqsadlariga erishish uchun zarur bo‘lgan tashkilotning maqsad va resurslarini aniqlash strategik muhim ahamiyatga ega bo‘lib, tashkilotni uzoq muddatli maqsadlariga mos holda joriy maqsadlari bilan amalga oshirish hamda shunga mos holda maqsadli bozorda ishlash uchun potensial imkoniyat resurslarini etarlimi yoki yo‘qligini o‘rnatish uchun zarurdir. Buning uchun tavakkalchilikni hisoblash maqsadga muvofiq. Tashkilotning tavakkalchiligini hisoblash uchun maxsus marketing, konsalting kompaniyalarini taklif qilish mumkin. Potensial bozor segmentlari sonini optimallashtirish uchun konsentrlangan va dispersli uslublarni ishlatish mumkin. Konsentrlangan uslub kelgusidagi yaxshi segmentni axtarishga asoslangan. U uncha qimmat bo‘lmagan, lekin katta vaqt xarajatlarini talab qiladi. Dispersli uslub bir vaqtning o‘zida bir necha bozor segmentida ishlashni ko‘zda tutadi, keyinchalik ma’lum davrdagi faoliyat natijalarini baholash yo‘li bilan samaraliroq bozor segmentini tanlaydi.
Foydali bo‘lgan segment joriy sotuvning yuqori darajasiga, yuqori o‘sish sur’atiga, yuqori foyda normasiga, sotish kanali talablariga real va raqobatga chidamli bo‘lishi kerak.
Bozordagi faoliyat strategiyalarini asoslashda uch turdagi strategiyalar ishlatilishi mumkin:
1. differensiallanmagan marketing strategiyasi
2. differensiallangan marketing strategiyasi
3. konsentrlangan marketing strategiyalari.
Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, bozor munosabatlarini tiklanishi va shakllanishi davrida tadbirkorlik tuzilishida ko‘plab korxonalar differensiallanmagan marketing strategiyasini ushlab turdi. Bu strategiya firmani xaridorlarni xarid jarayoni va tovarga bo‘lgan munosabati hamda motivatsiyasidagi turli-tumanlikka emas, balki xaridor ehtiyojlarida qiziqishni umumiyligiga mo‘ljalni oladi.