Semestr Mavzu : Katta ijtimoiy guruhlar psixologiyasi



Yüklə 462,63 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/5
tarix19.10.2022
ölçüsü462,63 Kb.
#65508
  1   2   3   4   5
5 semestr 3 Mavzu 8b0261fa530c1e5be3736f3c00267235



 5.Semestr 3 Mavzu :Katta ijtimoiy guruhlar psixologiyasi 
Har bir shaxs o`z faoliyatini turli guruhlar sharoitida yoki turli guruhlar ta’sirida 
amalga oshiradi. Chunki jamiyatdan chetda qolgan yoki insonlar guruhiga umuman 
qo`shilmaydigan individning o`zi yo`q. Kishi jamiyatda yashar ekan, u doimo turli 
insonlar bilan muloqotda, o`zaro ta’sirda bo`ladi, bu muloqot jarayonlari esa doimo 
kishilar guruhida ro`y beradi. Shuning uchun ham guruhlar muammosi, uni o`rganish 
va guruhlarning shakllanishiga oid ilmiy xulosalar chiqarish ijtimoiy psixologiyaning 
asosiy mavzularidan va muammolaridan biridir. 
Psixologik ma’noda guruh — bu umumiy belgilar umumiy faoliyat, muloqot hamda 
umumiy maqsad asosida birlashgan kishilar uyushmasidir. Umuman odamlar guruhi 
tashkil topishi uchun albatta, qandaydir umumiy maqsad yoki tilaklar, umumiy 
belgilar bo`lishi shart. Masalan, talabalar guruhi uchun umumiy narsalar ko`p (o`quv 
faoliyati, bilim olish, yoshlarga xos birliklar (o`spirin, yoshlar, ma’lum o`quv yurtida 
ta’lim olish istagi va hokazo). Ko`chada biror tasodif ro`y berganligi uchun 
to`plangan kishilar uchun ham umumiy bo`lgan narsa bor — bu qiziquvchanlik bo`lib 
o`tgan hodisaga guvohlik, unga umumiy munosabatdir. 
Guruhni alohida shaxslar tashkil etadi, lekin har bir guruh psixologiyasi uni tashkil 
etuvchi alohida shaxslar psixologiyasidan farq qiladi va o`ziga xos qonuniyatlarga 
bo`ysunadi. Ayni shu qonuniyatlarni bilish esa turli tipli guruhlarni boshqarish va ana 
shu guruhlarni tashkil etuvchilarni tarbiyalashning asosiy mezonidir. 
Guruhlarning turlari ko`p, shuning uchun ham ularni turli olimlar turlicha 
klassifikatsiya qiladilar. V.M.Karimovaning ''Ijtimoiy psixologiya asoslari" o`quv 
qo`llanmasida guruhlarning asosiy turlari keltirilgan. Guruhlar avvalo shartli va 
real guruhlarga bo`linadi. 
Real guruhlar aniq tadqiqot maqsadlarda to`plangan laboratoriya tipidagi hamda tabiiy 
guruhlarga bo`linadi. Konkret faoliyat va odamlarning tabiiy ehtiyojlari asosida 
tashkil bo`ladigan bunday tabiiy guruhlarning o`zi kishilarning soniga qarab katta, 
kichik guruhlarga bo`linadi. Katta guruhlar uni tashkil etuvchilarning maqsadlari, 
fazoviy joylashishlari, psixologik xususiyatlarnga qarab uyushgan va uyushmagan 
turlarga, kichiklari esa o`z navbatida, endi shakllanayotgan - diffuz hamda 
taraqqiyotning yuksak pog`onasiga ko`tarila olgan jamoa turlariga bo`linadi. 
Guruhlarning ijtimoiy psixologiya uchun ayniqsa, muhim hisoblangan turlariga ta’rif 
berish va ularning psixologik qonuniyatlarini o`rganishni maqsad qilib qo`ygan holda, 
bevosita katta guruhlarning ijtimoiy-psixologik qonuniyatlarini o`rganishga o`tamiz. 

Yüklə 462,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin