chiqilmaganligidandir.
Etnopsixologiya — bu psixologiyaning shunday tarmog`iki, u ayrim olingan millatlar
psixologiyasidan
tashqari, turli xalqlar
psixologiyasini, kichik milliy guruhlarni ham
o`rganadi. Ma’lumki, bu boradagi birinchi ilmiy tadqiqotlar V. Vundt tomonidan olib
borilgan edi. Uning tadqiqotlaridagi ''xalq" tushunchasi aslida etnik uyushma
ma’nosida tushuntirilgan edi. Uning fikricha, etnik guruhlar psixologiyasini o`rganish
uchun ularning tilini, odatlarini va ana shu xalqlarda keng tarqalgan afsonalar va
boshqa ong tizimlarini o`rganish kerak. A.R. Luriya esa O`zbekiston xududidagi
yashaydigan xalqlarning psixologiyasini o`rgandi. Uning asosiy maqsadi milliy
psixologik xususiyatlarni o`rganishda tarixiy prinsipga tayanish lozimligini isbotlash
hamda milliy psixologiyaning hayot tarziga, shaxsning jamiyatda kishilar
munosabatlari tizimida tutgan o`rniga bevosita bog`likligini isbot etish edi va bu
tadqiqotda birinchi marta milliy psixologiyani o`rganishga yordam beruvchi metodlar
va metodologik prinsiplar sinab ko`rildi.
Oxirgi yillarda chet el va sobiq Ittifoq olimlarining tadqiqotlarini umumlashtirib,
etnopsixologik ishlarga yagona ilmiy yondashuvni topish harakatlari sezilmokda. Bu
sohada mashhur rus etnografi va psixologi Yu. Bromley
olib borgan ishlar, uning
laboratoriyasida to`plangan ma’lumotlar misol bo`lishi mumkin. Yu.V.
Bromley etnik
guruhlar psixologiyasida ikki tomonni ajratib beradi:
1.
Dostları ilə paylaş: