ular xulq-atvorini belgilovchi mexanizmlarning o`ziga xosligi tufayli bo`lsa kerak,
ijtimoiy psixologiyada olimlar ko`pincha kichik guruhlarda ish olib borishni afzal
ko`radilar. Lekin katta kishilar uyushmasining psixologiyasini bilish juda katta
tarbiyaviy va siyosiy-mafkuraviy ahamiyatga ega. Bu sohadagi tadqiqotlarning
kamligi bir
tomondan, aytib o`tilganidek ko`pchilikni qamrab olishda qiyinchiliklar
bo`lsa, ikkinchi tomondan, katta guruhlar psixologiyasini o`rganishga qaratilgan
metodik ishlar zahirasining kamligidir. Masalan, ishchilar yoki ziyolilar
sinfi
psixologiyasi o`rganilishi kerak deylik, avvalo o`sha ishchilarning soni ko`p,
qolaversa, ishchilarning o`zi turli ishlab chiqarish sharoitlarida ishlayotgan, turli iqlim
sharoitlarida yashayotgan turli millatga mansub kishilardir. Ularning barchasini
qamrab oladigan yagona ishonchli usulni topish masalasi juda jiddiy muammo
bo`lganligi uchun ham har bir katta guruhga taalluqli bo`lgan asosiy, yetakchi sifatni
topish va shu asosda uning psixologiyasini o`rganish hozircha ijtimoiy-
psixologiyadagi asosiy metodologik yo`llanma bo`lib kelmoqda. Qolaversa, katta
guruhlar jamiyatning tarixiy taraqqiyoti mobaynida shakllangan guruhlar bo`lgani
uchun ham har qanday guruhni o`rganishdan oldin, xoh bu sinflar bo`lsin, xoh
millatlar yoki xalqlar psixologiyasi bo`lsin, uning hayot tarzi, unga xos bo`lgan
odatlar, udumlar, an’analar o`rganiladi. Ijtimoiy-psixologik ma’noda, hayot tarzini
o`rganish deganda, u yoki bu guruhga taalluqli bo`lgan kishilar o`rtasida amalga
oshiriladigan muloqot tiplari, o`zaro munosabatlarda ustun bo`lgan psixologik
omillar,
qiziqishlar, qadriyatlar, ehtiyojlar va boshqalar nazarda tutiladi. Ana
shularning umumiyligi tufayli har bir shaxsda, ya’ni u yoki bu katta guruhga mansub
bo`lgan shaxsda tipik xislatlar shakllanadi. Masalan, 90- yillar yoshlariga xos bo`lgan
tipik sifatlar ana shu yoshlar o`rtasida keng tarqalgan urf-odatlar, moda, so`zlashish
xususiyatlari, qadriyatlar, qiziqishlar va hokazolar tufayli shakllanadi. Shuning uchun
ham 20 yoshli kishining psixologiyasini to`liq ravishda o`rganish uchun undagi bilish
jarayonlarining o`ziga xosligi, shaxsi, xarakteri va boshqa individual psixologik
xususiyatlaridan tashqari, yana unga o`xshash yoshlarda ustun bo`lgan psixologik
xislatlarning qanchalik namoyon bo`lishini, u mansub bo`lgan va
asosan vaqtini
o`tkazadigan guruhlar psixologiyasini, milliy sifatlarini ham nazarda tutish va ularni
o`rganish zarur. Bu degani, har bir shaxs ongida uning yakka, alohida orttirgan
shaxsiy tajribasiga alokador psixologik tizimlardan tashqari, uning qaysi millatga,
elat, sinfga mansubligidan singdirilgan psixologik tizimlar ham mavjuddir va uni
ilmiy tadqiqotchi
inkor etmasligi kera
Dostları ilə paylaş: