Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Muhokama uchun savollar


Falsafiy dunyoqarashning vazifalari (funksiyalari)



Yüklə 5,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə115/452
tarix14.12.2023
ölçüsü5,02 Mb.
#176881
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   452
Seminar mashg\'uloti FALSAFA

Falsafiy dunyoqarashning vazifalari (funksiyalari).
Falsafiy dunyoqarashning zikr etilgan 
tamoyillari, uning vazifalarini belgilab beradi. YA’ni, bu vazifalar jamiyatning umumbashariy 
ruhdagi maqsad-muddaolaridan, manfaatlaridan kelib chiqadi hamda boshqa dunyoqarash 
shakllari uchun uslubiy ahamiyat kasb etadi. 
Dunyoqarash, avvalo insoniy munosabatlar ifodasidir. Shu nuqtai nazardan, u insonning 
borliqqa munosabatida, dastlab uning bahosi tarzida ko‘zga tashlanadi. 
Bu — falsafiy dunyoqarashning 
baholash
vazifasini anglatadi. Ya’ni, inson, o‘z ehtiyoj va 
manfaatlaridan kelib chiqib, narsa-hodisalarni: yaxshi-yomon, foydali-zararli, savob-gunoh, 
oriyat-benomuslik kabi qarama-qarshi mezonlarga ajratadi. 
Inson narsa-hodisalarga baho berar ekan, buning zamirida uning ijtimoiy hayoti, ya’ni ongli 
munosabatlari yotadi. Bunda inson yoki jamiyat munosabatlari dunyoqarashning o‘zi 
tayanadigan omillarga (ideallariga) moslashtiriladi. Orzu-havaslarga erishishning usullari, 
vositalari, amaliy yo‘nalishlari belgilanadi. 
Dunyoqarash inson faoliyatini axloqiy me’yor, diniy qadriyat, xuquqiy hujjat va siyosiy 
mexanizmlar kabi usul-vositalar orqali 
boshqarish
vazifasini ham ado etadi. Bunda falsafiy 
dunyoqarashning o‘zicha nisbatan mustaqil bo‘lgan har bir yo‘nalishi o‘ziga xos boshqarish 


1-MAVZU: FALSAFA FANINING PREDMETI, MAZMUNI VA JAMIYATDAGI ROLI 
12 
usuliga ega bo‘ladi. Masalan, insonni ezgulikka yo‘naltirish uchun axloq uning aql-zakovatiga; 
din — iymon-e’tiqodiga; huquq — qonunlarga, jazo idoralariga; siyosat-davlat funksiyalariga 
tayanadi va o‘ziga xos ta’sir yo‘nalishlariga ega bo‘ladi. 
Falsafiy dunyoqarashning inson faoliyatini 
nazorat qilish 
vazifasi ham bor. Bunda 
dunyoqarashning jamoatchilik fikri tarzidagi ko‘rinishi nazarda tutiladi. Masalan, o‘zbek 
xalqining tarixiy rivojlanishi va ma’naviy hayot tarzida mahalla ijtimoiy nazoratning muhim 
instituti tarzida faoliyat ko‘rsatgan. 
Falsafiy dunyoqarashning 
birlashtirish 
(kommunikativ) vazifasi turli dunyoqarash yo‘nalishlarini 
milliy va umuminsoniy G‘oyalar atrofida uyg’unlashtirishi bilan xarakterlanadi. Turli manfaatlar 
bilan bog’liq bo‘lgani bois dunyoqarashlar o‘rtasida muayyan ziddiyatlar ro‘y berishi tabiiy. Bunday 
sharoitda falsafiy dunyoqarash ularni murosaga keltirishga xizmat qiladi. 
Falsafiy dunyoqarash, o‘z mohiyatiga ko‘ra, ijtimoiy-tarixiy tajribani umumlashtirish, 
jamiyat istiqbolini ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘lganligi uchun ham xalqni muayyan g‘oya 
atrofida birlashtiradi.Falsafiy dunyoqarashning 
tarbiyaviy 
vazifasi— kishilarda keng va teran 
fikrlash qobiliyatini vujudga keltirish asosida bag‘rikenglik, murosa, har qanday ziddiyatlarni 
madaniy yo‘l bilan hal qilish, kelajakka umid va ishonch ruhini shakllantirishdan iborat. 

Yüklə 5,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin