17-MAVZU. TABIAT VA TEXNOGEN SIVILIZATSIYA ESTETIKASI
262
qimmatbaho kitoblarni chiroyli yozuv bilan ko‘chirib ko‘paytirish xunari sifatida qaralgan.
Keyinchalik u mustaqil san’at turiga aylandi. Xattotlik quroli sifatida musulmon SHarqida
qamish qalam, Budha SHarqida - mo‘yqalam, Ovro‘pada - patqalam qo‘llanilgan.
An’anaviy san’at turlari.
Avval
aytganimizdek, barcha san’at turlari dastlab vujudga
kelganida, ularda bevosita manfaatdorlik, fidoyilik jihatlari ustuvor bo‘lgan, hunar sifatida qabul
qilingan: yuqoridagi badihago‘ylik ham, xattotlik ham tekinga bajarilmagan. Keyichalik ularda
estetik xususiyatlar, xususan, go‘zallik asosiy maqsadga aylangan. An’anaviy san’at turlarining
ba’zilarida
ana shu ikki tomon baravar, bevosita tarzda saqlanib qolgan. Bunday san’at turlari
sirasiga me’morlik va ko‘rgazmali san’at kiradi.
Me’morlik.
Bu san’at turining paydo bo‘lishi insonning turar joyga bo‘lgan ehtiyojidan
kelib chiqqan va odamning estetik tabiati uni tobora go‘zallashtirib borishni talab etgan.
Keyinchalik bu talab o‘limdan keyingi “turar joyga” maqbaralarga tadbiq etilgan. Undan so‘ng
hukumdorlar saroyilari, devonxonalar turli rasmiy
va norasmiy xizmat binolari, ibodatxonalar
ham ana shu go‘zallik qonuniga binoan qurilgan. Ispaniyadagi Al-Humro masjidi, Olmoniyadagi
Kyoln jomesi, Xivadagi Nurillavoy saroyi va boshqalar shular jumlasidan.
Me’morlik – mavjudligi makon bilan shartlangan san’at turi. Unda hajm, makonni egallash
xususiyati birinchi o‘rinda turadi, deyishadi, aslida “xajm” emas, mahobat atamasini qo‘llash
maqsadga muvofiq, zero mahobat ulug‘vorlik ifoda topgan hajmdir. Me’morlikning san’at
sifatidagi estetik mohiyati uning kulgililik xususiyatini inkor qilishi va ulug‘vorlik xususiyatini
barqaror etishi bilan bog‘liq, hech bir san’at turida ulug‘vorlik bu qadar o‘zini
yaqqol namoyon
qilmaydi.
Ko‘rgazmali-amaliy san’at.
Ko‘rgazmali-amaliy san’at qadimdan, mehnat qurollari,
hunarmandchilikning rivojlanib borishi bilan kundalik turmush ehtiyoji uchun qo‘llaniladigan
ash’yolarni bezash, me’morlik inshootlarini turli naqshlar va koshinlar vositasida go‘zallashtirish
orqali estetik telablarga javob berib keladi. Aynan ana shu san’at turida hunarmandchilikning
san’atga aylanishi ro‘y beradi. M., aytib o‘tganimizdek, XVIII-XIX asrlardagi Buxoro-Qo‘qon
uslubida naqshlangan go‘zal mis qumg‘onlar dastlab faqat o‘zining
muayyan maqsadga xizmat
qilishi bilan diqqatga sazovor edi. Lekin hozirgi paytda ular har biri betakror san’at namunasi,
misgar ustaning san’atkorlik mahorati tajassum topgan ma’naviy qadriyat tarzida idrok etiladi.
YOki yog‘och o‘ymakorligini olaylik, uni biz hozirgi paytda hunar emas, san’at mahsuli tarzida
qabul qilamiz.
Haykaltaroshlik-monumental san’at.
Eng qadimgi, ibtidoiy davrlardan boshlab hozirgacha
haykaltaroshlik o‘z maqeini yo‘qotmay kelayotgan san’at turlaridan biri. Bu san’atning asosida
faqat oniy, bir lahzalik san’at tasviri yotadi. Haykaltarosh tomonidan ana shu eng muhim
harakatini topish hamda unga mos nur va soyani tanlash yuksak isde’dodni talab qiladi.
Haykaltaroshlik monumental san’at deyiladi. CHunki ko‘pincha
u katta hajmli haykallar
yoki majmularni o‘z ichiga oladi. Ayni paytda uning kichik hajmdagi va har biri o‘ziga xos
bo‘lgan holda muayyan yuzalikda shakllar uyg‘unligini tashkil etadigan ko‘rinishlari ham
mavjud. Haykaltaroshlikning birinchi hiliga alohida makonni egallagan va har hil rakkursda
tomosha qilish mumkin bulgan asarlar kiradi.
Istiqloldan so‘ng mamlakatimizda monumental san’atning milliy g‘urur va iftixor
tuyg‘usini shakllantirishdagi ahamiyati, uning ma’naviyatimizning yuksalishidagi o‘rni
masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Bu borada Prezidentimiz Islom Karimovning “YUksak
ma’naviyat - engilmas kuch” asarining “Vatanimiz taraqqiyotining mustahkam poydevori” deb