Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Muhokama uchun savollar



Yüklə 5,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə428/452
tarix14.12.2023
ölçüsü5,02 Mb.
#176881
1   ...   424   425   426   427   428   429   430   431   ...   452
Seminar mashg\'uloti FALSAFA

 
Sirk eng qadimgi an’anaviy
 
san’at turlaridan biri. U SHarqda vujudga
 
kelgan 
va dorbozlik san’ati deb ham atalgan, ko‘chma tomosha sifatida xalq orasida shuhrat qozongan. 
Unda dorda langar bilan yurishdan tashqari, dorboz havo gimnastikachisi (chig‘iriqda) vazifasini 
ham bajargan. Pastda albatta nog‘ora dorbozning harakatlariga mos ohangda yangrab turgan. 
Ayni paytda pastda qiziqchi, ko‘zboylog‘ich, akrobat (besuyak), ayiq o‘ynatuvchi ishtirok etgan, 
ba’zan askiyadan ham foydalanilgan. 


17-MAVZU. TABIAT VA TEXNOGEN SIVILIZATSIYA ESTETIKASI
265 
Sirk insonning nafaqat o‘z a’zolari va hissiyotlari, balki hayvonlar, o‘yin asbobi bo‘lmish 
narsalar, makon, tomoshabinlar hissiyotlari, atrof-muhit ustidan, kengroq ma’noda olganda, 
dunyo ustidan cheksiz hukumronligini namoyish etishi bilan bizni doimo xavotirdan hayratga 
aylanadigan estetik idrok etish jarayonini boshdan kechirishimizni ta’minlaydi. Zero sirk «sof 
estetik» san’at, unda bevosita manfaatdorlikni uchratmaymiz. Umuman, sirk musobaqa degan 
tushunchani inkor etadi. 
Sirkning yana bir o‘ziga xos xususiyati, unda doimiy masxaraboz-qiziqchining ishtirok 
etishi, ya’ni kulgililik xususiyatining doimiy mavjud bo‘lishi bilan belgilanadi. Sirk san’atida 
vorisiylik birinchi navbatda oilaviy san’atkorlik, qolaversa ustoz-shogirdlik an’analari 
hukumron. Umuman olganda, sirk san’ati millatni, ayniqsa yoshlarni mo‘‘jizaviylikdan 
hayratlanib, kulgililikdan forig‘lanib-jismonan baquvat, epchil, o‘z ruhi a’zoi badani ustidan 
hukumronlik qila oladigan, katta tabiatining bir qismi bo‘lmish hayvonlar tabiatidan xabardor 
shaxs sifatida kamol topishida muhim ahamiyatga ega. 
Estrada san’ati. 
San’at turi sifatida estrada omuxtalik tabiatiga ega, unda teatr, musiqa, 
sirk, askiya unsurlari yaqqol ko‘zga tashlanadi. Masalan, drama va komediyaning kichik 
shakllari, intermediyalar, akrobotika, pontomima, janglyorlik, qo‘shiq, badiiy o‘qish v.b. janrlar 
muvaffaqiyatli ijro etiladi. Unda zamonaviy muammolarning ko‘ngil ochish usullari va kulgi 
vositasida ifodasini, xilma-xil tanqid yo‘llarini ko‘rish mumkin. Falsafiylik, ijtimoiy-siyosiy 
mavzular estradada qisqa, lo‘nda, qiziqarli tarzda ochib beriladi. Estrada, sahnaviy san’at bo‘lsa-
da, teatrdan aynan ana shu «engilligi», «ko‘ptomonlamaligi» bilan farq qiladi. Mashhur rus 
estrada aktyori E.Petrosyan shuni nazarda tutgan holda, bu san’at turini «san’atdagi jurnalistika» 
deb ataydi. 

Yüklə 5,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   424   425   426   427   428   429   430   431   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin