4-MAVZU. BORLIQ – FALSAFANING FUNDAMENTAL KATEGORIYASI
54
tiriklikka xosdir. Unga intellektning hukmronligi, o‘z yaqiniga muhabbatni targ‘ib qiluvchi axloq va
tenglikni e’lon qiluvchi sotsializm monelik qiladi. Bularning barchasi qullar axloqini tashkil etadi.
To‘ralar
axloqi esa hayotning qimmati, odamlar o‘rtasidagi tengsizlik hamda kuchning
hukmronligiga asoslanishi lozim. Nitsshe «Xudo o‘ldi» degan tezisni ilgari suradi.
Ushbu tezis
yangicha axloqni shakllantirish zarurligini anglatadi.To‘ralar axloqining sub’ekti sifatida o‘ta qudratli
inson amal qiladi. U oliy biologik tur hisoblanadi. Odam maymundan qanday tarqalgan bo‘lsa, o‘ta
qudratli inson ham odamdan shunday tarqaladi. U tayyor tur sifatidagi inson tabiatiga xos bo‘lgan
jihatlarni o‘zidan soqit etadi. O‘ta qudratli inson hayotni kurash sifatida idrok etishga va o‘zini
tinimsiz o‘zgartirish yo‘lida harakat qilishga qodir. Nemis faylasufi,
irratsionalizm vakili, hayot
falsafasi asoschisi. O‘ta qudratli inson g‘oyasiga «abadiy qaytish» konsepsiyasi qarshi turadi. Nitsshe
fikriga ko‘ra, voqealarning ehtimol tutilgan kombinatsiyalari
soni cheklangan, vaqt esa cheksizdir,
shu sababli barcha voqealar takrorlanishi lozim.
Umuman olganda, Nitsshening falsafiy tizimi
o‘zining ziddiyatlarga to‘laligi
bilan ajralib turadi, shu tufayli ham u turlicha tushuniladi va talqin
qilinadi. Nitsshe falsafasi XX asr falsafasining turli yo‘nalishlari:
hayot falsafasi, pragmatizm va
ekzistensializmga ulkan ta’sir ko‘rsatdi.
Dostları ilə paylaş: