4-MAVZU. BORLIQ – FALSAFANING FUNDAMENTAL KATEGORIYASI 55
turar-joy, sof atrof-muhitga ega bo‘lish ehtiyojida o‘z ifodasini topadi.
Ma’naviy borliq sub’ektiv individuallashgan va ob’ektiv (noindividual) ma’naviy borliq sifatida mavjud . Individuallashgan
ma’naviy borliq –bu insonning ichki dunyosi, u onglilik va ongsizlikni qamrab oladi. Bunday
yondashuvga ko‘ra, ruh – individual ong bilan ayniy tushuncha, tor ma’noda esa u tafakkurdir. Ong –
inson bosh miyasining dunyo borlig‘ini izchil aks ettirish, uni obrazlar va tushunchalarga aylantirish
qobiliyati. U taassurotlar, sezgilar,kechinmalar, fikrlar, shuningdek, g‘oyalar, e’tiqodlar, qadriyatlar,
mo‘ljallar, andozalarning ko‘rinmas jarayoni sifatida mavjud. Ong tez oqadigan va bir xil bo‘lmagan
orqaga qaytmaydigan xususiyatga ega. SHaklan bu jarayon tartibsiz,lekin shu bilan bir vaqtda unda
muayyan tartib, barqarorlik, struktura, muayyan darajada intizom va iroda mavjud.Inson ongi ayni
vaqtda uning o‘z-o‘zini anglashi, ya’ni o‘z tanasi, fikrlari va tuyg‘ularini, o‘zining boshqa odamlarga
bo‘lgan munosabatini va o‘zining jamiyatdagi o‘rnini anglab etishi, ya’ni o‘zini o‘zi bilishdir.
O‘zlikni anglash – bu ongimizning o‘ziga xos asosidir.Individual ong o‘zining o‘limga mahkumligi
bilan tavsiflanadi, lekin uning ayrim qismlari noindividual ma’naviy shakl-shamoyil kasb etadi,
shuningdek, boshqa kishilar mulkiga aylanadi. Xatti-harakatlarda inson ongining fragmentlari
moddiylashadi, ularga qarab odamlarning niyatlari, mo‘ljallari, maqsadlari, g‘oyalari haqida xulosa
chiqariladi. Noindividual ma’naviy borliqning o‘ziga xos xususiyati shundaki, uning elementlari
saqlanadi, takomillashadi va ijtimoiy makon va vaqtda erkin harakatlanadi.
Ijtimoiy borliq ayrim insonning jamiyatdagi borlig‘i va jamiyatning borlig‘iga bo‘linadi . Har bir
inson boshqa odamlar bilan muttasil aloqa qiladi,turli ijtimoiy guruhlar: oila, ishlab chiqarish
jamoasi, millatning a’zosi hisoblanadi. U boshqa individlar bilan yaqin aloqa qilib yashaydi.
Odamlarning barcha faoliyati mazkur sotsiumga xos bo‘lgan ijtimoiy munosabatlar,chunonchi:
siyosiy, huquqiy, iqtisodiy, axloqiy va boshqa munosabatlar doirasida amalga oshiriladi.
Virtual borliq texnologiyasi zamirida birinchi marta XX asr 60-yillarining o‘rtalarida paydo bo‘lgan kompyuterlar yordamida dunyolar modelini yaratish mumkin , degan g‘oya yotadi. Virtual (lotincha
«virtualis» – «mumkin bo‘lgan») – narsalar va hodisalarning vaqt va makonda moddiy mavjudligiga
qarama-qarshi o‘laroq, ob’ektiv narsalar yoki sub’ektiv obrazlar mavjudligining nomoddiy turi.
«Virtual borliq» atamasi 1970-yillarning oxirida Massachuset texnologiya institutida Jeron Lener
tomonidan o‘ylab topilgan. U 1984 yilda dunyoda birinchi virtual borliq firmasini tashkil etdi. Bu
atama kompyuterda yaratiladigan muhitda insonning mavjudligi g‘oyasini ifoda etadi. «Virtual
borliq»atamasi muomalaga amerikalik kinematograflar tomonidan kiritilgan. Ular muayyan
sabablarga ko‘ra tabiiy yo‘l bilan amalga oshirib bo‘lmaydigan xayoliy imkoniyatlarni belgili –
grafik shaklda sun’iy amalga oshirish mumkinligi haqidagi kinolentani shu nom bilan chiqarganlar.
Virtual borliq – inson real borliqda harakat qilayotgani illyuziyasini kompyuterda yaratish imkonini beruvchi interaktiv texnologiya . Bunda ob’ektiv borliqni tabiiy sezgi organlari yordamida idrok etish
o‘rnini maxsus interfeys, kompyuter grafikasi va ovoz vositasida sun’iy yaratilgan kompyuter
axboroti egallaydi. Virtual borliq amalda yo‘q narsa, uni qo‘l bilan tutish, uning ta’mi va hidini his
qilish mumkin emas. SHunga qaramay, u mavjud va inson bu xayoliy olamga kirib, uni nafaqat
kuzatadi va boshdan kechiradi, balki unga ta’sir ko‘rsatish imkoniyatiga ham ega bo‘ladi, ushbu
olamda mustaqil harakat qiladi,uni o‘zgartira oladi.
Virtual olam – inson borlig‘ining o‘ziga xos shakli va odamlar ma’naviy aloqasining alohida madaniy ifodasidir. Ammo virtual borliq real fizik borliqdek lazzat baxsh eta olmaydi, chunki bu borliq ta’sirida vujudga
keluvchi his-tuyg‘ular ko‘p jihatdan uning o‘zi bilan emas, balki uni biz qanday idrok etishimiz bilan
belgilanadi. Biz virtual dengizda cho‘milishimiz mumkin, ammo bunda paydo bo‘luvchi his-
tuyg‘ularimiz bu dengizni biz qanday idrok etishimizga bog‘liq bo‘ladi. Virtual tarvuz haqiqiy
tarvuzdan shirin emas, virtual kolbasa haqiqiy kolbasa o‘rnini bosa olmaydi va hokazo.Virtual
borliqni odamlar yaratadi. Shu bois virtual borliqda mavjud barcha narsalarning manbai inson
ongidir. Binobarin, virtual borliq ong, ong osti sohasi va fantaziya chig‘irig‘idan o‘tuvchi fizik
borliqdan shakllanadi. Virtual borliq ob’ektiv tarzda, ya’ni inson miyasida emas, balki kompyuterda
mavjud bo‘ladi. Ayni vaqtda, u inson ongining mahsulidir. Inson tomonidan yaratilganidan keyin u
inson ongidan qat’i nazar yashashda davom etadi, bu ongga har xil ta’sir ko‘rsatadi, mazkur ongning
mazmuniga – bilimlar, emotsiyalar, kayfiyat hamda ongning boshqa unsurlariga qarab, har xil idrok