Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Muhokama uchun savollar


-MAVZU. NIKOH VA OILANING AXLOQIY ASOSLARI, UNING YOSHLAR TARBIYASIDAGI



Yüklə 5,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə371/452
tarix14.12.2023
ölçüsü5,02 Mb.
#176881
1   ...   367   368   369   370   371   372   373   374   ...   452
Seminar mashg\'uloti FALSAFA

14-MAVZU. NIKOH VA OILANING AXLOQIY ASOSLARI, UNING YOSHLAR TARBIYASIDAGI 
O‘RNI 
215 
xushomadgo‘ylikni, ayniqsa kishilarning o‘z bilimlariga, qobiliyatlari va axloqiy xislatlariga 
muvofiq bo‘lmagan yuksak mavqeni egallashga intilishlarini qattiq qoralaydi. Axloqan 
mukammal kishi, deb uqtiradi Beruniy, lazzat me’yorini biladi. Ammo shunday kishilar borki
ularning talab-ehtiyojlari cheksiz bo‘lib, ularda “dunyoning ko‘rki behuzur, uning go‘zalliklari 
esa - xunuk” bo‘lib tuyuladi. Haqiqiy odam shaxsiy va ijtimoiy hayotni aql-idrok va adolat 
talablariga muvofiq tarzda tashkil etishi lozim. Zero (odam) erisha borgan sari ortib boradigan 
intilish(gina) chinakam rohat baxsh etadi. U (odam) ana o‘shandagina (ilgari) bilmaganiga 
tushunib etadi. Insonning ichki va tashqi go‘zalligi bir bo‘lgandagina u haqiqiy kamolotga 
erishadi. Muallif ozodalik va orastalik olijanoblikning o‘zagidir deb uqtiradi. YUksak 
madaniyatli kishi bo‘lgan Beruniy insonning tashqi yoqimli qiyofasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri uning 
axloqiy qiyofasiga bog‘liqligini uqtiradi. SHunga asosan, u tishni yuvish, ko‘z va qovoqlarni 
toza tutish, ularga surma qo‘yish, sochni esa zarur bo‘lganda, bo‘yash, tirnoqlarni olib turish va 
silliqlash lozimligi va hokazolarni ta’kidlaydi. Mutafakkirning fikricha, agar inson axloq-odobli 
bo‘lishni istasa, yurish-turish va hayot kechirishning, madaniyatning barcha unsurlari
me’yorlariga rioya qilishi lozim. SHunday bo‘lish, avvalo, uning o‘ziga bog‘liq, chunki inson 
o‘z ehtiroslariga hukmron va ularni o‘zgartirishga qodirdir, u o‘z joni va tanini tarbiyalar ekan, 
uni ma’naviy shifokorlik bilan davolashi hamda asta-sekin axloq haqidagi kitoblarda ko‘rsatilgan 
usullar bilan illatlarni bartaraf etishi zarur. Beruniy oila va nikoh munosabatlarining juda nozik 
tomonlarini axloqiy va huquqiy nuqtai nazardan tadqiq qilar ekan, oilaning mustahkam va tinch-
totuv bo‘lishi, er-xotinning ahilligi, shirinso‘zligi birbiriga bo‘lgan mehr-oqibatiga bog‘liq, 
degan xulosaga keladi. Ayniqsa, uning yoshlarga qarata aytgan quyidagi purma’no nasihatlari 
g‘oyat muhim bo‘lib, bugungi kun yoshlari uchun ham alohida ahamiyatga ega: “Ey, qizim, sen 
o‘rgangan uyingdan ketib, notanish xonadonga tushmoqdasan. Sen bo‘lajak kuyovingning 
hamma xislatlarini bilmaysan. Sen er bo‘l, u osmon bo‘ladi. Sen u bilan shunday yo‘l tutki, 
uning oldida er kabi kamtar bo‘lsang, u osmon kabi olijanob bo‘ladi. Osmon shifoli yomg‘iri 
bilan erni ko‘kartirgani kabi, u ham o‘z mehrshafqati bilan seni xushnud etadi.. . Ering sendan 
shirin va yumshoq so‘zlar eshitsin. Yaramaydigan yoki eski libosda, yoki sochlaring tartibga 
solinmagan holda, uning oldiga o‘tirma. SHirin so‘zli bo‘lgin, bu ishing har qanday sehr-jodudan 
yaxshidir. Suvdan tez-tez foydalangin. O‘zinga xushbo‘y narsalar bilan oro ber. Pokizalik 
hamisha yo‘ldoshing bo‘lsin”
8

Oilaviy munosabatlar va ijtimoiy sohaga oid fanlar tizimida buyuk mutafakkir, dunyo xalqlari 
tafakkuri xazinasidan tib ilmining bilimdoni sifatida joy olgan alloma Abu Ali ibn Sinoning 
o‘ziga xos qarashlari mavjud. Uning pedagogik va psixologik qarashlari, ijtimoiy asosga 
qurilgan bo‘lib, u bola tarbiyasida umuminsoniy tamoyilning qo‘llanilishini yoqlab chiqqan va 
tarbiyachi ota-onalarga bolani qattiq tana jazosidan ko‘ra, shaxsiy ibrat orqali tarbiyalash 
ma’qulligini uqtirgan. Ibn Sinoning “Tadbiri manzil” asarining katta bir bobi oila va oilaviy 
tarbiya masalalariga bag‘ishlangan. U oila boshlig‘i oldiga katta talablar qo‘yadi, farzandlarni 
bir-biriga mehribon qilib tarbiyalash haqida fikr yuritadi. SHaroit qanday bo‘lishidan qat’i nazar, 
bola tarbiyasi ota-onalarning vazifasidir. Ibn Sino o‘z asarlarida ota-ona davlat boshlig‘imi yoki 
jamiyatning oddiy bir a’zosimi baribir bola tarbiyasi masalasida ularga bir xil talab qo‘yiladi, 
degan g‘oyani ilgari suradi. Alloma bola tarbiyasining qiyin va murakkab ish ekanini chuqur his 
8
Ҳ.Бобоев, С.Ҳасанов. Берунийнинг сиѐсий-ҳуқуқий қарашлари.// “Ҳаѐт ва қонун” журнали. 1996 йил, 3-
сон. 



Yüklə 5,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   367   368   369   370   371   372   373   374   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin