Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmu
8-MAVZU. FALSAFIY ANTROPOLOGIYA (INSON FALSAFASI) 124
munosabatlarning ulkan hajmini to‘la qamrab olmaydi. Masalan, oilaviy munosabatlar sohasida
huquq ota-onaga o‘z farzandlarini tarbiyalash majburiyatini yuklaydi, lekin ota-onani bir-birini
sevish, bir-biriga g‘amxo‘rlik qilishga majburlamaydi. Huquq va axloq o‘rtasidagi farqni ular
ko‘rsatadigan ta’sirning samaradorlik darajasida ham ko‘rish mumkin. Bizning nazarimizda,
davlat majburlovi kuchiga tayanadigan huquq axloqqa qaraganda samaraliroqdir. Ammo,
muayyan sharoitda inson uchun huquq axloqiy me’yorlar nufuzi qarshisida ojiz bo‘lishi mumkin.
Bu hol, shaxsning qadriyatlarga munosabati mazmuni bilan, muayyan inson qaysi axloqiy
qadriyatlarga tayanishi, shuningdek, u yashaydigan muhit, ya’ni individ fikrini qadrlaydigan
referent guruhning qandayligi bilan belgilanadi. Shu sababli axloqiy yo‘l tanlashda ayrim inson
uchun ishlab chiqarish jamoasi yoki maktab (talabalar) guruhining nufuzi muhim ahamiyat kasb
etishi mumkin, boshqa shaxs uchun esa diniy sekta yoki jinoiy guruh a’zolarining fikri ustunlik
qilishi mumkin. Yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek, axloq jamoatchilik fikriga tayanadi.
Ammo, inson xulq-atvoriga baho berish juda mushkul ish, chunki uning zamirida muayyan
sabablar yotadi, u muayyan sharoitda sodir etiladi, ob’ektiv oqibatlarga olib keladi va maqsadga
erishishning muayyan vositalarini tanlashni nazarda tutadi. Jamoatchilik fikri shaxs xulq-
atvoriga baho berishda ijtimoiy mustahkamlangan axloq me’yorlariga amal qiladi, shaxs esa
axloq haqidagi o‘z tasavvurlaridan kelib chiqadiki, ular umumiy e’tirof etilgan me’yorlardan
ancha farq qilishi mumkin. Muayyan sharoitda bir individ o‘z vijdonining ovoziga quloq solsa,
boshqa bir individ umumiy qabul qilingan axloqiy tasavvurlarga qarab mo‘ljal oladi, ya’ni «har
qanday vijdonli odam» kabi ish ko‘radi. Birinchi yoki ikkinchi individning qilmishini axloqiy
deb hisoblash mumkinmi? Agar birinchi individ vijdonining ovozi umuminsoniy axloqiy tamo
yillarga mos kelsa, uning qilmishiga axloqiy jihatdan shubhali, murosasoz va qo‘rqoq shaxs,
chunki uning qilmishi jamoatchilikning qoralashidan qo‘rqish bilan izohlanadi. Sirtdan
belgilangan qilmish axloqiy sanalmaydi. Huquqiy majburlov va jamoatchilik fikri yoki Tangri
la’natidan qo‘rqish emas, balki shaxsning ichki mayli axloqiy qilmishning muhim belgisi
hisoblanadi.