Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmu
13-MAVZU: “ETIKA” FANINING PREDMETI VA JAMIYAT HAYOTIDAGI AHAMIYATI 187
muqaddas kitobida asosiy axloqiy fazilatar va illatlar sanab o‘tiladi, talqin etiladi. Unda
Zardushtiylik iloxi Axura-Mazda-ezgulik, Ahriman esa yovuzlik timsoli sifatida namoyon
bo‘ladi: ezgulik va yovuzlik, yorug‘lik va zulmat, hayot va mamot o‘rtasidagi abadiy
ko‘rashining ibtidosi aks etadi. “Abadiy ezgulik”, “Ezgu niyat”, “Ezgu tartib”, “Ilohiy tobe’lik”,
kabi ezgu tushunchalar real ma’no kasb qilib, insoniylashgan qiyofadagi ma’budlar siymosida
namoyon bo‘ladi, ular Axura-Mazda atrofida yaxshilik urug‘ini sepib yuradi. Bunday
tushunchalarning aksi esa Axriman atrofidagi yovuz kuchlarda reallashadi. Yovuz fikr tajassumi
Apa Mana, so‘lish va o‘lim timsoli Tuarvi hamda Zarik ismli devlar shular jumlasidandir.
Zardushtiylik dinini ma’lum ma’noda axloqiy e’tiqod, uning muqaddas kitobi “Avesto” ni
qadimgi ajdodlarimiz amal qilgan axloqiy tushunchalar va ko‘rsatmalar majmui deyish mumkin.
Buni ushbu din ayg‘omchisi Zardushtning “Avesto”dagi Asha alqovidan joy olgan quyidagi
so‘larni yaqqol ko‘rish mumkin:
Quvonsin Axura-Mazda – “Eng loyiq haqning irodasi ro‘yobga chiqib”, Axriman daf bo‘lsin. Ezgu o‘y, ezgu so‘z, ezgu ishlarni alqayman, o‘zimni butkul ezgu uy, ezgu so‘z va ezgu amallarga baxshida etaman, Barcha qabih uy, yomon so‘z va yomon ishlardan tiyaman, Yukunchim, maqtovim, ezgu fikrim, Ezgu so‘z (savobli) ezgu ishlarim “tanamdagi jonim” bilan birga sidqi dildan Sizlarga (baxshida) bo‘lsin, ey o‘lim bilmas Valiylar. haqni sharaflab (deyman): “haqiqat – Oliy ne’mat. Bu ne’matdan ul kishi bahramandkim, savob unga bo‘lgay, kim agar xaq yo‘lida savob (ishdan) qolmasa, savob ishdan qolmasa, savob ishdan qolmasa” “Avesto” dagi talqinlar insonning real hayoti bilan bog‘liq ekanligi diqqatga sazovor. Undagi
ezgulik ruhi – yaratuvchilik, ijodkorlik quvvati, Yovuzlik esa, buzish va buzg‘unchilik kuchi
tarzida namoyon bo‘ladi.
Axura-Mazda qiyofasidagi ezgulik hayot ramzi, erni inson, hayvonot va nabotot bilan boyitadi,
inson ularni sog‘lik, kuch-qudrat, baxt, shodlik, umid, ishonch, go‘zallik, farovonlik yordamida
munavvar qiladi. Axriman qiyofasidagi yovuzlik esa, qo‘rg‘oqchilik, ocharchilik, kasallik,
mollar qirg‘inini, jisman va ruhan halokat singari halokalarni keltirib chiqaradi.
“Avesto”da umri davomida ezgulik, yaxshilik, poklik va tozalik tamoyilari bilan i kqrgn odam
o‘lgandan so‘ng uning ruxi rohat-farog‘atda bo‘lishi, gunohkor, fosih kishiniki esa aksincha:
azob-uqubat hamda xunuklik komiga maxkum etilishi aytiladi. Buni professor Tilab Maxmudov
o‘zining “ Avesto” haqida” degan katta maqolasida atroflicha yoritiladi: solih odam o‘lgach,
ruhining joni uch kun uning boshida zavq-shavq, rohat-farog‘at og‘ushida turadi, keyin xushbo‘y
o‘simliklar yusiga qalqib chiqadi. Uni ajib bir shabada, muattar nasim qarshilaydi. SHabada
qo‘ynida 15 yoshar barcha go‘zallaikdan ham go‘zal qiz namoyon bo‘ladi. Bu go‘zal qiz egulik
va poklik, savob ishlarnin timsoli. U ruhga qarata: “Muloyim edim, yanada muloyimroq qilding,
chiroyli edim yanada go‘zal qilding, balandda edim, ezgu o‘y, ezgu so‘z va ezgu a’mol bilan
meni yanada balandga ko‘tarding” – deydi. Gunoxkor, yovuz odamning ruhi esa, vujud ustida
uch kun qolib, tengsiz azoblarni boshidan kechiradi. Uch kundan so‘ng u o‘zi yaratgan barcha
yovuzliklar ustida tarvoz qiladi. So‘ng tirikligida hech qachon uchratmagan barcha