MUSTAQIL TA’LIM MASHG’ULOTLARI Talaba portfoliosini yaratish bo‘yicha tavsiyalar 331
Talaba portfoliosining komponentlari Portfolio tarkibi talabaning semestr yoki o‘quv yili davomidagi mustaqil ishlaridan iborat
bo‘lmog‘i lozim. Talaba ushbu «portfolio» orqali anjumanlarda chiqish qilib, o‘zining
mustaqil fikrlashga, fan bo‘yicha olgan bilimlarini ijodiy amalda tadbiq etishga qodirligini
namoyish etgan holda, o‘z-o‘ziga ushbu bilim doirasi bo‘yicha shaxsan bahosini beradi. Bu
talabaga o‘z yutuqlari, olgan bilimlari va ijodiy ishlarini mustaqil tahlil qilish va unga o‘z
bahosini berish, uni o‘qituvchi yoki hamkorlari bilan baham ko‘rish imkonini yaratadi.
Bunday «portfolio» tarkibi quyidagicha bo‘lishi mumkin:
titul;
mazmuni;
har bir materialning qisqacha mazmuni va talaba uchun tushunchalar;
nima uchun ushbu material yoki bilim sohasi olinganlik sababi;
portfolio o‘qituvchi va talabaning o‘zi tomonidan qanday baholanganligi;
fan bo‘yicha yutuqlari tarixi;
« portfolio»ni yaratish muddati va taqdimot vaqti.
Muallifga «portfolio»ni yaratishda to‘liq erkinlik beriladi.
Talabaning dunyoqarashlari, fikrlarining mantiqiyligi, nutq va bayon etish madaniyati, o‘z
fikrini isbotlay olishi kabi omillar uning faoliyatini baholashda asosiy mezonlardan biri
sifatida foydalaniladi. Ayrim hollarda o‘qituvchi «portfolio» tarkibiga o‘z talablarini qo‘yishi
ham mumkin.
Portfolio tarkibi quyidagi materiallardan iborat bo‘lishi mumkin:
Titul varaqa - « portfolio»ni nomi, talaba f.i.sh., fanning nomi, «portfolio»ni yuritish
davri (semestr yoki o‘quv yili), boshlanish va tugash sanasi, o‘qituvchi f.i.sh.
«Portfolio» tarkibi:
fan bo‘yicha talabaning erishgan yutuqlari (shaxsiy faoliyat natijalari tahlili, nimani
o‘zlashtirish oson, nima qiyin kechyapdi, ushbu qiyinchiliklar mohiyati nimada va b);
yozuvlar, ma’ruzalar, uy vazifalari (fanning turli bo‘limlari bo‘yicha kamida 8 ta
topshiriq beriladi, albatta bunda mustaqil fikrlash qobiliyati, fikrlarning originalligi hisobga
olinadi, talaba bitta muammo yoki topshiriq echimining turli xil yo‘llarini ko‘rsatishi zarur;
nazorat va mustaqil ishlar (kamida 3 ta mavzu bo‘yicha 5-6 ta mustaqil ish);
testlar;
axborot texnologiyalaridan foydalanish (axborot texnologiyalari foydalanilgan
kamida 2 ta misol, dasturiy material);