Tadqiqot ishlari va referatlar.
Referat mavzusi, hajmi (necha bet), illyustratsiyalar va
b.
Texnik ijod.
Model, maket, asboblar. Aniq ishlar va ularning mazmuni (tuzilishi, ish
prinsipi, texnik tavsifi) bayon etiladi.
Ijodiy faollikning boshqa shaklllari.
Elektiv kurs va fakultetlardagi ishtiroki.
Kurs nomi, muddati va o‘qish shakli
ko‘rsatiladi.
Turli xil amaliyotlar.
Mehnat, ijtimoiy, til o‘rganish, pedagogik, malakaviy va b.
Amaliyot nomi, joyi va davri yoziladi.
Qo‘shimcha ta’lim muassasalari va turli xil o‘quv kurslaridagi mashg‘ulotlar.
Ta’lim muassasasi yoki tashkilot nomi, o‘qish muddati va natijalari keltiriladi.
Olimpiada va tanlovdagi ishtiroki.
Tadbir nomi, o‘tkazilgan vaqti va talabaning
natijasi qayd etiladi.
Ilmiy anjuman, seminarlardagi ishtiroki.
Tadbir mavzusi, tadbirni o‘tkazgan
tashkilot, o‘quv muassasasi nomi va talaba ishtiroki shakli.
Sport bo‘yicha natijalari.
Sport musabaqalaridagi ishtiroki, sport razryadining
mavjudligi.
Boshqa faoliyat turlari.
3. Taqrizlar portfoliosi.
Talabaning turli sohadagi faoliyati bo‘yicha o‘qituvchi, ota-
onasi, kursdoshlari, qo‘shimcha ta’lim tizimi xodimlari va boshqa shaxslarning xulosalari,
taqrizlari hamda talabaning faoliyati va uning natijalari bo‘yicha o‘z tahlillaridan iborat
bo‘ladi.
Afzalliklari:
Bu portfolio talabani o‘quv-tarbiyaviy va kelajakdagi faoliyati bilan
bog‘liq bo‘lgan jarayonlarni anglash darajasini kuchaytiradi hamda o‘z-o‘zini baholash
mexanizmini yaratib beradi.
Cheklanishlari, kamchiliklari:
To‘plangan materiallarni bir shaklga keltirish va hisobga
|