LEKSEMALAR O‘ZGARUVCHILAR+ O‘ZGARMASLAR 0 sonlanuvchi-ot, ko‘makchi, bog‘lovchi, yuklama, darajalanuvchi-sifat, ravish, undov, so‘z-gap. tartiblanuvchi-son, nisbatlanuvchi-fe’l
Ushbu tasnifdan ishora so‘zlar va taqlidlar o‘rin olmagan. Chunki olmoshlarga o‘zlari ishora qilib kela oladigan barcha leksema guruhlarining morfologik kategoriyalari ham, sintaktik vazifalari ham xosdir. Bu isbot talab qilmas holatdir: ot-olmoshlar son kategoryasiga (kim-kimlar); fe’l-olmoshlar nisbat kategoriyasiga (shunday qilishdi); sonolmoshlar: tartib kategoryasiga (necha - nehanchi); sifat-olmoshlar daraja kategoriyasiga (shunday-shundayroq) ega. Taqlidlarning esa o‘ziga xos tasniflovchi morfologik kategoriyasi yo‘q. Biroq ular o‘zgarmas so‘zlar ham emas. Taqlidlarning morfologik kategoriyalarga ega bo‘lishi ularning gapda qanday bo‘lak bo‘lib kelishi bilan bog‘liq. Professor
H.Ne’matov o‘zining "Функциональная морфология тюркоязычных памятников XI – XII веков" nomli kitobida taqlidlarda leksemalarning ajralmagan "embrion - diffus holati" o‘z aksini topganligini qayd etadi
[3,192;].
Leksemalarning sintaktik tasnifida, asosan, ularning nutqda boshqa leksemalar bilan bog‘lana olish yoki bog‘lana olmasligi, gap bo‘lagi bo‘lib kela olishi yoki kela olmasligi kabi xususiyatlar o‘z aksini topadi. Sintaktik tasnifga ko‘ra leksemalarni uch tipga ajratamiz:
1. Gap bo‘lib keladiganlar – undov, modal, tasdiq va inkor, taklif so‘z – gaplar.
2.Gap bo‘lagi bo‘lib keladiganlar – hamma mustaqil so‘zlar–fe’l, ot, sifat, son, ravish, taqlidlar, ishora so‘z – olmoshlar.
3.Sintaktik aloqa vositasi bo‘lib keladiganlar–ko‘makchi, bog‘lovchi, yuklama.
So‘z-gaplar nutqda boshqa so‘zlar bilan sintaktik aloqaga kirishmaydi, o‘zi mustaqil gap bo‘lib kela olish qobiliyatiga ega, ya’ni ajralish xususiyatiga ega. Mustaqil va yordamchi so‘zlar esa bog‘lanish xususiyatiga ega bo‘lib, bulardan yordamchilar gapda alohida bo‘lak bo‘lib kela olmaydi, ammo sintaktik jihatdan bog‘lash vazifasini bajaradi. Mustaqil so‘zlar esa mustaqil ravishda "muchalanadi", ya'ni gap bo‘lagi bo‘lib keladi.
Bizningcha, quyidagi jadvalda tilshunos I.Madrahimov leksemalarning serqirralik xususiyatini, ya’ni ularning ma’noviy, sintaktik, morfologik belgilarini umumlashtira olgan: