Sh. I. Mustafakulov, O. A. Raximberdiyev, M. Sh. Egamberdiyeva iqtisodiy atamalarning



Yüklə 3,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/33
tarix28.11.2023
ölçüsü3,99 Mb.
#168794
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   33
Mustafaqulov Sh I va boshq Iqtisodiy atamalarning izohli lugati


tp m sM K K an **—
84 
------


qilinadigan korxonalar, tashkilotlar va muassasalarga investitsiyalar 
uchun mo‘ ljaIlangan xarajatlar kiradi.
BUDJETNING KASSALI XARAJATLARI - davlat budjeti mablag'lari
hisobidan korxona, tashkilot va muassasalarga bank orqali berilgan | 
yoki budjetda ko'zda tutilgan xarajatlarga ularning to'lov qog'ozlari \ 
asosida o'tkazilgan pul mablag‘ Iarining summasi.
BUDJETNING SOLIQLI DAROMADLARI - tarkibi mamlakat soliq
qonunchiligiga muvofiq umumdavlat soliqlari vayig'imlari, mahalliy 
soliqlar va yig'imlar, bojxona bojlari, boj yig'imlari va boshqa boj 
to'lovlari, davlat boji, penya va jarimalardan iborat.
BUDJETNOMA - O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining boshqa
vazirliklar, davlat qo'mitalari, idoralar va boshqa tashkilotlar 
bilan hamkorlikda ishlab chiqadigan hamda quyidagilarni o'z 
ichiga oluvchi loyihaviy hujjat: l ) mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlantirishning o'tgan yilgi asosiy yakunlari va mamlakatni 
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish joriy yilgi yakunlarining prognoz 
(bashoratli) bahosi; 2) o'tgan yilgi Davlat budjeti ijrosi to'g'risidagi 
hisobot va joriy yilgi Davlat budjetining kutilayotgan ijrosi bahosi;
3) kelgusi yilga mo'ljallangan Davlat budjeti loyihasini tuzishda 
asos bo'lgan kelgusi yil uchun asosiy makroiqtisodiy ko'rsatkichlar;
4) mamlakat budjet va soliq siyosatining kelgusi yilgi asosiy 
yo'nalishlari loyihasi; 5) mamlakat budjet va soliq siyosatining 
kelgusi yilgi asosiy yo'nalishlariga sharhlar; 6) davlatning tashqi 
va ichki qarzlari hamda ular bo'yicha xarajatlar holati to'g'risidagi 
ma’lumotlar; 7) kelgusi moliya yiliga mo'ljallangan Davlat budjeti 
loyihasi. O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi yuqoridagilarni 
o'z ichiga oluvchi budjetnoma loyihasini har yilning birinchi 
oktabriga qadar O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga 
taqdim etishi lozim. Shuningdek, budjetnoma O'zbekiston 
Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan joriy yilning birinchi 
noyabridan kechiktirilmasdan O'zbekiston Respublikasi Oliy 
Majlisiga taqdim etilishi kerak.
BURCH - muayyan axloqiy majburiyatlarni his qilish, uning zarurligini
anglash.
BUROMADLAR (XARAJATLAR) - tovar sotib oluvchilar yoki pullikxizmatdan
foydalanuvchilar sotuvchilarga yoki xaridorlarning xohishi bilan 
boshqa institutsion birliklarga tovar yoki ko'rsatilgan xizmat egasiga 
to'lanadigan haq yig'indisi.
BUXGALTER - buxgalteriya qonun qoidalariga rioya qilgan holda savdo va
hisobga olish daftarlarini yurituvchi shaxs.


BUXGALTERIYA BALANSI - korxona faoliyatining pul hisobidagi
ko rsatkichlar tizimi. Hisobot sanasida mablag'laming sarflanishi, 
manbayi va maqsadini ta’riflovchi, jamlovchi jadvalda aks ettiriladi. 
Ikki qismdan iborat: chap tomoni aktiv, o ‘ng tomoni passiv. Aktiv 
va passiv natijalari bir xil bo'lishi shart.
BUXGALTERIYA DAFTARLARI - sintetik va analitik hisobni hujjatlarga
asosan qayd qilish.
BUXGALTERIYA HISOBI - korxonaning xo'jalik yuritish hujjatlari asosida
yoppasiga, uzluksiz va o'zaro bog'liq holda xo'jalik faoliyatini 
qiymat ifodasida aks ettirishdir. Buxgalterlik hisobining predmeti 
korxonaning pul shaklida ifodalangan xo'jalik mablag'lari, ularning 
tashkil topish manbalari va xo'jalik jarayonlari hisoblanadi. 
Buxgalteriya hisobi xo'jalik faoliyatini tahlil qilish, boshqarish 
va nazorat qilish vazifalarini amalga oshiradi. Quyidagilar 
buxgalteriya hisobi elementlari hisoblanadi: hujjatlar - xo'jalik 
operatsiyasi tugaganligi haqida yozma ma’lumot (guvoh)nomalar; 
inventarizatsiya mavjud moddiy qiymatlarni tekshirish (asosiy 
vositalar; pul mablag'lari; aylanma (oborot) vositalar). Bular 
ularning aslidagi mavjud holati va buxgalteriya hisobiga to'g'ri 
kelishini aniqlash maqsadida qilinadi; kalkulyatsiya (rejali va 
aslidagi); buxgalteriya hisobi schyotlari; ikkiyoqlama yozuv; balans. 
Bu elementlarning har biridan foydalanish amaldagi qonunlarga 
muvofiq amalga oshiriladi.
BUXGALTERIYA HISOBI HUJJATLARI - xo'jalik yurituvchi subyekt
tomonidan buxgalteriya hisobini o'tkazish jarayonida ma’lum 
talablariga rioya qilingan holda tuziladigan ma’lumotlarning moddiy 
ko'rinishidagi yig'indisi bo'lib, o'z tarkibiga quyidagilarni oladi: a) 
dastlabki hisob hujjatlari; b) erkin hisob hujjatlari; v) buxgalteriya 
hisobi registri (ro'yxati); g) ichki buxgalteriya oboroti ma’lumotlari.
BUXGALTERIYA HISOBI REGISTRLARI - buxgalteriya hisobi registrlari
ikkiyoqlama yozuv qoidalariga muvofiq yuritiladigan jurnallar, 
qaydnomalar, daftarlar, tasdiqlangan blankalar (shakllar)dir.
BUXGALTERIYA 
HISOBI 
VA AUDITDA 
MA’LUMOTLARNI
KOMPYUTERDA QAYTA ISHLASH - iqtisodiy subyekt hisob 
ma’lumotlarini qayta ishlab, buxgalteriya hisobotini tuzishda 
EHMdan foydalanish.
BUXGALTERIYA HISOBI VA HISOBOTIDAGI XATOLIK - hisob
yozuvlaridagi 
arifmetik 
yoki 
mantiqiy 
xatoliklar 
hisob 
ma’lumotlariga e’tiborsizlik yoki xo'jalik faoliyati faktlari, mulkning 
holati va mavjudligini majburiyatlar hamda hisoblash ishlarini 
noto'g'ri tasawur etish orqali hisob va hisobot ma’lumotlarining 
ko'zda tutilmagan holatdagi buzilishi.


BUXGALTERIYA HISOBIDAGI TOVLAMACHILIK -
buxgalteriya
hisobotining buzib ko'rsatilishiga qaratilgan ongli ravishdagi 
harakat yoki harakatsizlik. Agar iqtisodiy subyektning mansabdor 
shaxslari g'arazli maqsadlarda aldov uyushtirsalar yoki buxgalteriya 
hisobotidan foydalanuvchilar ishonchini suyiiste’mol qilsalar, lekin 
ularning ayblari sud tomonidan isbotlanmagan holatida auditor 
ularni topgan taqdirda u buxgalteriya hisobotining ongli ravishda 
buzilganligi mavjudligini ko'rsatishi lozim.
BUXGALTERIYA HISOBINING ASOSIY MAQSADI - to'liq va ishonarli
axborotlarni shakllantirish, ichki va tashqi foydalanuvchilarni u 
bilan ta’minlash, shuningdek, boshqaruv va moliyaviy qarorlar
BUXGALTERIYA HISOBINING FUNKSIYALARI - buxgalteriya hisobida
rejalashtirish, tashkil qilish, tartibga solish bilan birga boshqaruv 
tizimida axborot, nazorat, mulklarning butligini ta’minlash, tahliliy 
va hisob funksiyalarini ham amalga oshiradi.
BUXGALTERIYA HIS OBINING METODI - korxona mablag' larining holati va
foydalanishini o'rganish uchun buxgalteriya hisobi qo'llaniladigan 
usullar yig'indisi buxgalteriya hisobining metodini tashkil 
qiladi. Buxgalteriya hisobining metodi (usullari) quyidagilardan 
iborat: hujjatlashtirish, inventarizatsiya, baholash, kalkulyatsiya, 
buxgalteriya hisobining schyotlari, ikkiyoqlama yozuv, buxgalteriya 
balansi va buxgalteriya hisoboti.
BUXGALTERIYA HISOBINING OBYEKTLARI - muayyan korxona ega
bo'lgan moddiy va pul mablag'lari, uning boshqa tashkilotlar va 
muassasalar bilan bo'lgan yuridik munosabatlari, shuningdek, 
mablag'lar 
hamda 
munosabatlarni 
o'zgartiradigan xo'jalik 
operatsiyalari tushuniladi. Korxonaning moddiy va pul qiymatliklari 
o'z faoliyatini amalga oshirish uchun foydalaniladigan mablag'larini 
ifodalaydi.Xo'jalikmuomalalari esa ishlab chiqarishningmazmunini 
ifodalovchi jarayonlarni tashkil qiladi.
BUXGALTERIYA HISOBI SHAKLLARI - yozuvlarning ma’lum texnik-
vositalaridan foydalanib, hisobni tashkil qilishdir.
BUXGALTERIYA HISOBI USULI - buxgalteriya hisobi obyektlarini xo'jalik
faoliyatini boshqarish orqali amalga oshirish maqsadida yoppasiga, 
uzluksiz, o'zaro bog'langan va obyektiv aks ettirishni ta’minlaydigan 
usullar tizimidan iborat.
BUXGALTERIYA HISOBOTI - hisobot davri natijalarining buxgalteriya
hisobi ma’lumotlari asosida tuziladigan va hisobot sanasida 
belgilangan shaklda to'ldiriladigan, xo'jalik subyektining mulkiy va 
moliyaviy holati hamda uning xo'jalik faoliyati natijalarini o'ziga aks 
ettirgan ko'rsatkichlaming yagona tizimidir.


BUXGALTERIYA HISOBOTI TUZILADIGAN SANA - odatda, bu hisobot
davrining oxirgi kalendar kuni hisoblanadi.
BUXGALTERIYA HISOBOTIDAGI XATO-KAMCHILIKLAR ANIQLAN-
GANDA 
AUDITORNING 
HARAKATI 
-
buxgalteriya 
hisobotining buzilishi mavjud bo'lgan yoki yo'qligi haqida asosli 
fikrni shakllantirish uchun auditor tomonidan amalga oshiriladigan 
harakatlar.
BUXGALTERIYA HISOBOTIGA TA’SIR QILADIGAN DALILLAR VA
HODISALARNING ANIQLANISHI - iqtisodiy subyekt
tomonidan auditorga boshida taqdim etilgan buxgalteriya hisobi 
va hisoboti hujjatlarida aks ettirilgan, lekin buxgalteriya hisoboti 
ko'rsatkichlariga sezilarli darajada tasir korsatadigan operatsiyalar, 
harakatlar, o'zgarishlar mavjudligi dalillari va hodisalari hujjatli 
qaydlarining mavjudligi aniqlanishi.
BUXGALTERIYA HISOBOTINI TAYYORLASH DAVRI - iqtisodiy
subyektning hisobot davri uchun buxgalteriya hisobotini tuzish 
bo'yicha ishlarning tugatilish sanasi.
BUXGALTERIYA HISOBOTINING ASOS KO'RSATKICHI - xo'jalik
subyekti buxgalteriya hisobotini baholash uchun muhim rol 
o'ynaydigan va auditor tomonidan ahamiyatlilik darajasini 
hisoblashda 
qo'llaniladigan 
ushbu 
hisobotning 
sonli 
ko'rsatkichlaridan biridir.
BUXGALTERIYA 
HISOBOTINING 
BOSHLANGICH 
KO'RSAT-
KICHLARI - auditor tomonidan tekshiriladigan hisobot davri 
boshiga mos keladigan buxgalteriya hisoboti ko'rsatkichlari.
BUXGALTERIYA HISOBOTI FOYDALANUVCHISI - xo'jalik subyekti
haqida ma’lumotga ega bo'lishga manfaatdor bo'lgan yuridik yoki 
jismoniy shaxs. Buxgalteriya hisobotining ichki foydalanuvchilari 
iqtisodiy subyekt rahbarlari, tasischilari, mulk egalari va 
qatnashchilarini o ‘z ichiga oladi. Buxgalteriya hisobotining tashqi 
foydalanuvchilari iqtisodiy subyektning investor!ari, kreditorlari 
hamda manfaatdor bo'lgan davlat organlarini o'z ichiga oladi.
BUXGALTERIYA HISOBOTINING ISHONCHLILIGI - buxgalteriya
hisoboti ma’lumotlarining aniqlik darajasi va uning yordamida 
foydalanuvchi xo'jalik yurituvchi subyekt faoliyatining natijalari 
to'g'risida to'g'ri xulosalar qabul qilinadi.
BUXGALTERIYA 
HISOBOTINING 
JIDDIY 
RAVISHDA 
BUZIB
KO'RSATILISHI - buxgalteriya hisobotining ishonchligiga 
sezilarli darajada ta’sir ko'rsatuvchi jiddiy xarakterdagi buxgalteriya 
hisobotining buzilishi.


BUXGALTERIYA 
HISOBOTINING 
SOLISHTIRMA 
KO'RSAT
KICHLARI - joriy hisobot davri mos ko'rsatkichlari bilan 
solishtirish uchun iqtisodiy subyektning audit qilinishi lozim 
bo'Igan buxgalteriya hisobotiga kiritilgan oldingi hisobot davri 
buxgalteriya hisoboti ko'rsatkichlari.
BUXGALTERIYA HISOBOTINING TAQDIM ETISH SANASI - iqtisodiy
subyektning buxgalteriya hisobotini uning mulkdoriga taqdim etish 
kuni va aloqa tashkilotining shtempelinida belgilangan jo'natish 
sanasi. Mulkdorlarga taqdim etish deganda, quyidagi 4 sanalardan 
ilgarirog'i tushuniladi; a) buxgalteriya hisobotini ta’sischilarga, 
ishtirokchilarga, ta’sis hujjatlariga binoan yuritish ishtirokchilariga 
taqdim etish sanasi; b) iqtisodiy subyektni ro'yxatdan o'tkazish 
joyidagi hududiy statistika organlariga buxgalteriya hisobotini 
taqdim etish sanasi; v) buxgalteriya hisobotining qonunchilikka 
binoan boshqa manzilga taqdim etish sanasi; g) buxgalteriya 
hisobotining e’lon qilinish sanasi.
BUXGALTERIYA HISOBOTINING TAQDIM QILINISHI - iqtisodiy
subyekt buxgalteriya hisobotining uning foydalanuvchilariga 
topshirilishi yoki ushbu hisobotning qonunda ko'rsatilgan tarkibda 
e’lon qilinishi.
BUXGALTERIYA 
HISOBOTINING 
TARKIBIGA 
KIRMAYDIGAN
MA’LUMOTLAR - audit nazorati o'tkazilayotgan iqtisodiy 
subyekt holatini ifodalovchi ma’Iumotlar. Bu ma’lumotlar ba’zi 
analitik protseduralar o'tkazilganda qo'llaniladi.
BUXGALTERIYA HISOBOTINING YAKUNIY KO'RSATKICHLARI -
auditor tomonidan tekshirilayotgan hisobot davri oxiriga yoki 
auditor tekshiriyotgan oldingi hisobot davri oxiriga mos keluvchi 
buxgalteriya hisoboti ko'rsatkichlari.
BUXGALTERIYA O'TKAZUVI - schyotlar korrespondensiyasini yozish.
Bunda xo'jalik jarayoniga tegishli summa bir schyotning debeti va 
ikkinchi schyotning kreditida aks ettiriladi. Buxgalteriya o'tkazmasi 
hujjatlarga asosan tuziladi
BUXGALTERIYA YOZUVI - xo'jalik jarayonida sodir bo'Igan operatsiya
(voqea, hodisa)ni hujjatlarda qayd etish.
BUXGALTER - buxgalteriya hisobi bo'yicha mutaxassis. “Buxgalter” atamasi
XIII asrda paydo bo'lgan. Bu Iavozimni birinchi bo'lib Insburk 
schyotlar palatasining ish yurituvchisi Xristofor Shtexer olgan. Bu 
borada imperator Maksimilianning 1498-yil 13-fevralda chiqargan 
buyrug'i Vena davlat muzeyida saqlanmoqda. Nafaqat Germaniya, 
balki Amir T emur davrida ham hisob daftarlarini yurituvchi shaxslar 
- yozuvchilar (kotiblar) bo'lgan. "Saltanatning har bir idorasida, -
deb yozadi Amir Temur XIII asrning oxirida, - bo'ladigan kirim-


chiqimlarni, kundalik xarajatlarni yozib borish uchun bir kotib 
tayinlansin”. 1498-yildan boshlab “buxgalter”, “buxgalteriya” 
atamalari eski nomlarini asta-sekin siqib chiqarib, hamma joyga 
tarqala boshladi. Bu terminlar Rossiyada 1732-yildan qo'llana 
boshladi. 1732-yil 11-sentabrdaKommerts-Kollegiyaningbuyrug‘i 
bilan Peterburg bojxonasida birinchi buxgalter etib gollandiyalik 
savdogar Timmerman tayinlangan. Hozirgi vaqtda buxgalter ma’lum 
huquq, burch va majburiyatlarga ega bo'lgan xizmatchi hisoblanadi. 
Bajarayotgan ishlari va egallagan lavozimiga qarab katta buxgalter va 
bosh buxgalter bo'lishi mumkin. Katta buxgalter - buxgalteriyaning 
bo'limi (guruh)ni boshqaradi. Bosh buxgalter buxgalteriyani 
boshqaradi. Hozirgi vaqtda buxgalterdan nafaqat buxgalteriya 
hisobi, balki ishlab chiqarishning biznes-rejalarini tuzish, moliyaviy 
va boshqaruv tahlillari, shuningdek, boshqa sohalarni chuqur bilish 
hamda rahbariyat to g ri boshqaruvqarorlarini qabul qilishidafaol 
qatnashish talab qilinadi. O'zbekistonda hozirgi zamon talablariga 
to'liq javob beradigan buxgalterlar tayyorlashga katta e’tibor 
berilmoqda, buxgalterlar oliy o'quv yurtlarida, ko'plab tashkil 
etilgan kollej va akademik litseylarda tayyorlanmoqda.
BUXGALTERIYA - buxgalteriya hisobini tashkil etadigan va yuritadigan hisob
apparati. Buxgalteriya korxonaning mustaqil tarkibiy bo'limi bo'lib, 
boshqa bo'limlar (xizmatlar) tarkibiga kirmaydi. Buxgalteriyani 
bosh buxgalter boshqaradi, agar shtatda bosh buxgalter lavozimi 
bo'lmasa, katta buxgalter boshqaradi. Bosh buxgalter qanday huquq 
va majburiyatlarga ega bo'lsa, katta buxgalter ham shunday huquq 
va majburiyatlarga ega. Buxgalteriya hisobini tashkil etish, yuritish 
va buxgalterning huquq va burchlari 1996-yil 30-avgustda qabul 
qilingan “Buxgalteriya hisobi to'g'risida’ gi Qonun bilan belgilangan.
BUXGALTERIYA ARXTVI - o'tgan hisobot davrlari bo'yicha hujjatlar va hisob
registrlari yig'indisi. Buxgalteriya arxivi yo'riqnoma va buxgalteriya 
hisobi shakllariga binoan tashkil etiladi. Buxgalteriya hujjatlari 
va registrlar, mikrofilmlar yoki kompyuter hisobi moliyaviy 
ma’lumotlari uch yil, moliyaviy hisobot esa qonun hujjatlarida 
belgilangan muddatda saqlanadi.
BUXGALTERIYA BALANSI - xo'jalik mablag'lari, ularning tarkibi, joylashgan
joylari va ularning vujudga kelish manbalarini ma'lum bir sanaga 
pulda ifodalab turadigan jadval. Balans ikki tomonlama jadval 
bo'lib, uning chap tomoni aktiv, o'ng tomoni passiv deb nomlanadi. 
Aktivda: 1-bo'lim. Uzoq muddatli aktivlar. 2-bo'lim. Joriy aktivlar. 
Passivda: 1-bo'lim. O'z mablag'larining manbalari. 2-bo'lim. 
Majburiyatlar. Balansning aktiv tomonining jami uning passiv 
tomonining jamiga teng bo'lishi kerak.
•«ТК&КВДДО' »'
90



BUXGALTERIYA BALANSI MODDALARINI BAHOLASH - balansda aks
ettiriladiganxo‘jalikmablag‘larivaularningvujudgakelishmanbalari 
alohida turlarining puldagi ifodasi. Balans moddalarini baholash 
prinsipi barcha korxonalr uchun bir xil. Baholash asosida ishlab 
chiqarish vositalarini sotib olish yoki mahsulot ishlab chiqarishning . 
haqiqiy tannarxi yotadi. Buxgalteriya balansi moddalarining * 
bahosi real bo'lishi, ya’ni mablag'lar va ularning vujudga kelish 
manbalari turlarining haqiqiy kattaligini aks ettirish kerak. Aktiv 
va passiv moddalarini baholashning haqiqiyligi buxgalteriya hisobi 
ma’lumotlari ishonchliligi bilan ta’minlanadi.
BUXGALTERIYA В ALANS ININ G MODDALARI - xo'jalik mablag'larining
alohida turlari yoki ularning tashkil bo'lish manbalarini ta’riflovchi 
balansning aktiv va passiv ko'rsatkichlari.
BUXGALTERIYA HISOBI - ayrim subyektlarda sodir bo'layotgan xo'jalik
mablag'lari va jarayonlarining harakatini ma’lum hujjatlar bilan 
asoslangan holda ro'yxatga olish va pulda baholab umumlashtirilgan 
tarzda yoppasiga va bevosita kuzatish tizimi. Buxgalteriya hisobi har 
qanday tizimda ham quyidagi uchta funksiyani bajaradi: l) axborot 
berish; 2) nazorat qilish; 3) boshqaruv yechimlarini ishlab chiqish. 
Bunda buxgalteriya hisobida har xil usullar, texnika va shakllardan 
foydalanish mumkin. Shu bilan birga, buxgalteriya hisobi har xil 
ijtimoiy tizimlarda muayyan maqsadlarga qarab turli vazifalarni 
bajarishi mumkin. Hozirgi vaqtda talabalar “Buxgalteriya hisobi” 
kursini ikkiga bo'lib o'rganmoqda: moliyaviy hisob va boshqaruv 
hisobi.
BUXGALTERIYA HISOBI TIZIM I - buxgalteriya hisobi schyotlarida xo'jalik
muomalalarini yozish tizimi. Bu yozuvlar tartibiga qarab ikki xil 
bo'lishi mumkin: oddiy va ikkiyoqlama.
BUXGALTERIYA HISOBI VA HISOBOTINI TARTIBGA SOLISH -
buxgalteriya hisobini to'g'ri tashkil etish, uning aniqligi va 
yagonaligini ta’minlaydigan asosiy shartlardan biri. Buxgalteriya 
hisobi va hisobotini tartibga solish, buxgalteriya hisobi standartlarini 
ishlab chiqish va tasdiqlash O'zbekiston Respublikasi Moliya 
vazirligi zimmasiga yuklatilgan. Buxgalteriya hisobi va hisobotini 
tartibga solish hisobning yagona metodologiyasi, turli korxonalarda 
bir xil xo'jalik muomalalarini aks ettirishning yagona usullari, 
xo'jalik mablag'larini yagona baholash, dastlabki hujjatlar, hisob 
registrlari va hisobotning yagona shakllarini qo'llashni ta’minlaydi. 
Bu, o'z navbatida, buxgalteriya hisobini samarali tashkil etish, kam 
mehnat sarflab, korxona faoliyati to'g'risida real ko'rsatkichlar 
olishni ta’minlaydi. O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 
tomonidan ishlab chiqiladigan umumdavlat hisob siyosati asosida 
har bir tarmoq bo'yicha hisob siyosati ishlab chiqiladi.


BUXGALTERIYA HUJJATI - xo'jalik muomalalari sodir bo'lganligining
yozma isboti yoki xo'jalik muomalalarini amalga oshirish huquqi. 
Buxgalteriya hujjatlari, odatda, belgilangan shakl bo'yicha 
tipografiya usulida bosilgan blankalarda tuziladi. Ayrim hollarda 
muayyan xo'jalik muomalalarini hujjatlar bilan rasmiylashtirish 
uchun tasdiqlangan shakl bo'lmasa, istalgan shaklda tuzishga yo'l 
qo'yiladi, lekin hujjatlar qo'yilgan talablar inobatga olinishi kerak. 
Hisob ishlari avtomatlashtirilgan hollarda xo'jalik muomalalarida 
avtomatik ravishda aks ettiriladi. Yig'ilgan axborotlar yozma 
(qog'oz) hujjatlar o'mini bosadi. Xo'jalik muomalalarini hujjatlar 
bilan rasmiylashtirishga hujjatlashtirish deyiladi. Buxgalteriya 
hisobi va hisoboti ma’lumotlarining haqiqiyligi va ro'y-rostligi 
hujjatlashtirishning sifatiga bog'liq, chunki hisobdagi yozuvlar 
hujjatlarga asoslanadi. Hujjatlarni tuzish dastlabki hisobning 
tarkibiy qismi hisoblanadi. Hujjatlarni soddalashtirish va tuzish, 
ishlov berish hamda ulardan foydalanishni asoslantirish uchun 
unifikatsiyalanadi va standartlashtiriladi. Hujjatlar tuzilgandan 
so'ng saqlash uchun arxivga topshirilgunga qadar ma’lum yo'lni 
bosib o'tadi, hisob jarayonining turli bosqichlarida foydalaniladi, 
ya’ni hujjat aylanishi sodir bo'ladi.
BUXGALTERIYA 
PROVODKASI 
(YOZUVI) 
-
schyotlar 
aloqasi
(korrespondensiyasi)ni rasmiylashtirish. Bunda debetlanuvchi 
va kreditlanuvchi schyotlar hamda yozib qo'yiladigan xo'jalik 
muomalasining summasi ko'rsatiladi. Buxgalteriya prokodkalari 
(yozuvi) oddiy va murakkab bo'ladi. Oddiy prokodkada xo'jalik 
muomalalarining mazmuniga qarab bir schyot debetlanib, 
ikkinchi schyot kreditlanadi. Murakkab prokodkalarda xo'jalik 
muomalalarining mazmuniga qarab bir schyot debetlanib, bir 
necha schyot kreditlanadi yoki, aksincha, umumiy summaga bir 
necha schyotlar debetlanib, bir schyot kreditlanadi. Har qanday 
prokodkada ham bir schyotning debetiga yozilgan summa ikkinchi 
schyotningkreditigayozilgan summaga teng bo'lishi kerak. Bu qoida 
murakkab provodkaga ham tegishli. Buxgalteriya provodkasida 
ikkiyoqlama yozuv o'z aksini topadi. Qo'shimcha va manfiy (storno) 
buxgalteriya provodkalari bo'lishi mumkin.
BUYRUQBOZLIKTIZIMI - iqtisodiy tizimning bir turi, uning asosiy belgilari:
iqtisodiyotning monopollashtirilganligi; jamiyat xo'jalik hayotining 
hamma tarafini markazlashtirilgan holda rejalashtirish va tartiblash. 
Uning xo'jalik mexanizmiga xos belgilari mavjud, bular: bitta 
markazdan turib, hamma korxonalami bevosita boshqarish; 
davlatning mahsulotni ishlab chiqarish va taqsimlashini to'liq
92


nazorat qilishi; ishlab chiqarish strukturasi va hajmini hukmron 
mafkuraviy aqidalardan kelib chiqqan holda belgilash. Buyruqbozlik 
iqtisodiy tizimi sobiq Sovet Ittifoqi, XXR, Shimoliy Vetnam, 
Shimoliy Koreya, Kuba va ayrim Sharqiy Yevropa mamlakatlarida 
mavjud bo'Igan.
BUYUKDEPRESSIYA- 1929-1933-yy. vahatto 1940-yilgachaAQSHda bo'Igan
va jahondagi yirik iqtisodiy inqiroz, ishlab chiqarish 50% kamaygan, 
ishsizlik25% oshgan (17 mln.).
BUYURTMA - xaridor (buyurtmachi)ning sotuvchiga jo'natadigan hujjati bo'lib,
unda molni xarid qilishga qat’iy qaror qilinganligi ifodalanadi.
BUYURTMA BO'YICH A ISHLAB CHIQARISH - faqatgina taktik buyrtma
kelib tushgandan so‘ng ishga tushadigan jarayon.
BUYURTMA G'OLIBI - ma’lum bir mahsulot, uni boshqa korxona
mahsulotlaridan ajratib turadigan xossa va xarakteristikali 
mahsulotdir.
BUYURTMA KVALIFIKATORI - ma’lum bir mahsulotning shunday tavsiflari
to‘plamiki, bular ushbu mahsulotning sotib olinishiga sabab bo'la 
oladi.
BUYURTMA NUQTASI - tovar moddiy zaxira keyingi guruhiga buyurtma
berishni aniqlashga yordam beradigan ombordagi mavjud va 
buyurtma berilgan tovar moddiy zaxira summasining past nuqtasi.
BUYURTMACHILAR - investorlar tomonidan investitsion loyihalarni amalga
oshirish uchun vakil etilgan yuridik va jismoniy shaxslar.
BYUROKRAT - 1. Hokimiyatchilikvakolatlariga ega bo'Igan amaldorlar toifasiga
kiruvchi shaxs. 2. O'z vazifalarini ko'r-ko'rona, ishga zarar keltirib 
bajaradigan amaldor shaxs, rasmiyatchi sansalorchi.
BYUROKRATIYA - tashkilot turi bo'lib, unga mehnatni ixtisoslashtirilgan
tarzda taqsimlash, aniq ierarxiya, standartlar, xodimning bevosita 
vazifasiga asoslangan ishning baholanish ko'rsatkichlari kiradi.
BOZORMUNOSABATI - bozordagi talab va takliflarning miqdoran va tarkibiy
jihatdan bir-biriga muvofiq kelishi. Agar shunday muvofiqlik 
bo'lmasa, bozor muvozanati izdan chiqadi.
BOZOR NARXI - iqtisodiyotda jami talablarga ko'ra o'zgarmas holda qoluvchi
narxlar.


DA’VO - da’vo qo'zgatuvchining talabi. Korxonalar ularga qarzdorlarga
(debitorlarga) o'z vaqtida to'lanmagan qarzlik summalar uchun 
da’vo qo'zg'atishlari lozim. Da’vo moddiy zarar keltirganlarga 
nisbatan asosli ravishda qo'zg'atilishi zarur (debetorlik qarzlari, 
da’volar yuzasidai hisob-kitoblarga qarang).
DALOLATNOMA - yuridik kuchga ega bo'lgan rasmiy hujjat.
DARBIN-UOTSON MEZONI - vaqtli qatorlarda avtokorrelyatsiyani aniqlash
uchun qo'llaniladigan shartli ko'rsatkich
DAROMAD - insonning mehnati evaziga yoki mulki hisobiga oladigan pul
mablag'i summasi. Daromadlar ikkita, ya’ni: a) mehnat evaziga 
olinadigan daromad (ish haqi, foyda); b) mulkdan olinadigan 
daromad (foiz, renta, dividend) turlariga bo'linadi.
DAROMAD (BOYLIK) VA BOSHQALAR UCHUN JORIY SOLIQLAR -
asosan, uy xo'jaligi va korporatsiyalarning daromadlari, boyliklari 
singari boshqa turdagi kirimlariga solinadigan soliqlar.
DAROMAD BRUTTO - biror faoliyatdan kelgan yalpi daromad. Masalan,
mahsulotni sotish va xizmat ko'rsatishdan kelgan daromad.
DAROMAD KONSEPSIYASI - daromad tushunchasini ifodalovchi tartib va
qoidalardan iborat.
DAROMAD SAMARASI - 1. Ishchining ish haqining o'sishi natijasida ish
vaqtining qisqarishi hisobidan dam olish vaqtining ortishi. 2. 
Mahsulot bahosi pasayishi xaridorning sotib olish qobiliyatini 
oshiradi, natijada u oldingiga nisbatan xarid qiladigan tovardan 
ko'proq miqdorda sotib oladi. Masalan, mol go'shtini xaridor 
400 so'mdan ikki kg xarid qilar edi. Bahoning 50% pasayishi 
natijasida endi xaridor 200 so'mdan 4 kg mol go'shtini xarid qiladi. 
Daromadlar bo'yicha YAMM yollanma ishchilami ish haqi, renta 
to'lovlari, bank foizi, foyda, daromadga qo'shilmagan to'lovlar 
(tadbirkorlikka bilvosita soliqlar, amortizatsion ajratmalar) jamlash 
orqali hisoblanadi.
DAROMAD SOLIG'I - yalpi daromadga solinadi, unda moddiy sarf-xarajatlar
va soliq imtiyozlari chegirib qolinadi. Daromad solig'i, asosan, 
ish haqi berilishi va daromadning boshqa turlarida, shuningdek, 
maxsus moliya tashkilotlariga manbalarini ko'rsatgan holda barcha 
ishlab topilgan summani o'z ichiga olgan daromadlar to'g'risidagi

tfT S O flW »I»*# **— — 
9 4
------


deklaratsiyani taqdim etish chog'ida chegirib qolish yo'li bilan 
undiriladi.
DAROMAD SOLIG‘ 1 BO'YICH A JARIMALAR - ushbu soliq to‘ Ianmaganda,
noto'liq to'langanda yoki to‘lash tartibi buzilganda (rioya 
qilinmaganda), pulni undirish, moddiy ta’sir ko'rsatishdan iborat. 
O'z vaqtida ushlab qolinmagan, noto'liq ushlangan yoki tegishli 
budjetga o'tkazilmagan soliq summalari jismoniy shaxslarga 
daromad to'laydigan korxona, tashkilot va muassasalardan 
undirishga mo'ljallangan summaning 10% hajmidagi jarimani 
birgalikda qo'shib, soliq organlari tomonidan so'zsiz undirib olinadi. 
Korxona, tashkilot, muassasalar va tadbirkor sifatida qayddan 
o'tgan jismoniy shaxslardan soliq o'z vaqtida tegishli budjetga 
o'tkazilmasa, har bir kechiktirilgan kun uchun to'lov muddatidan 
keyingi kundan boshlab to' langan kungacha ( bu kun ham qo'shiladi) 
0,5% miqdorida penya undiriladi. Penyaning undirilishi ularni 
javobgarlikning boshqa turlaridan ozod etmaydi.
DAROMAD SOLIG‘1 STAVKALARI - aholi daromadlaridan tabaqalashtirilgan
holda olinadigan soliqlarning foizlardagi darajalari.
DAROMAD SOLIG INING SHEDULYAR SHAKLI - Buyuk Britaniya soliq
tizimida qabul qilingan. Daromadning manbayini inobatga olgan 
holda uning qismlarga (shedulyarga) bo'linishini taqozo etadi. Har 
bir shedul o'ziga manbayi oldida “tutish”ni maqsad qilib qo'yadi. 
Mamlakatda bu sohada olti shedul amal qilib, ularning ayrimlari yana 
ichki taqsimlanishga ham egadir. Masalan, “A” shedul o'z tarkibiga 
mulkdan olinadigan daromadlar (yerga mulkchilikdan, bino va 
inshootlarga egalikdan, uy yoki xonani ijaraga berishdan olinadigan 
daromadlar) ni, “V ” shedul tijoriymaqsadlar uchun foydalaniladigan 
o'rmon massivlaridan olinadigan daromadlarni, “S” shedul davlat 
qimmatbaho qog'ozlaridan olinadigan daromadlarni, “D” shedul 
tijoriy ishlab chiqarish faoliyatidan olinadigan daromadlarni (bu 
shedulning tarkibiga daromadlarning juda ko'p turlari kirganligi 
uchun uning o'zi yana olti qismga bo'lingan), “E” shedul ish haqi, 
pensiya, nafaqa va boshqa mehnat daromadlari va nihoyat, “F” 
shedul Buyuk Britaniya kompaniyalari tomonidan to'lanadigan 
dividendlar va boshqa to'lovlarni o'z ichiga oladi.
DAROMADDAN OLINADIGAN SOLIQ, - foyda solig'idan tashqari
aksiyalar, obligatsiyalar va boshqa qimmatbaho qog'ozlari bo'yicha 
(davlat obligatsiyalari va davlatning boshqa qimmatbaho qog'ozlari 
bo'yicha olingan daromadlardan tashqari) olingan dividendlar 
va foizlardan, kazinolar, videosalonlar daromadlaridan, o'yin


avtomatlarining daromadlari dan, ommaviy kontsert-tomosha 
tadbirlarini o'tkazishdan olingan daromadlardan korxona va 
tashkilotlar tomonidan to'lanadi.
DAROMADIY (DAROM ADLl) SOLIQQA TORTISH - daromadlarning
olinish vaqtida undiriladigan daromad soliqlari tizimi.
DAROMADLAR - bu subyektning xo'jalik faoliyati natijasida, odatda, ijara
haqi, foizlar, litsenziya to'lovlari va dividendlar shaklida daromad 
keltiradigan faoliyat, ya’ni tovarlarning sotilishi, xizmatlarning 
ko'rsatilishi 
yoki 
boshqa 
shaxslarning 
xo'jalik 
subyekti 
resurslaridan foydalanishi natijasida aktivlarning kelib tushishi 
yoki majburiyatlarning kamayishi orqali ro'y beradigan iqtisodiy 
resurslarning ko'payishidir. Daromadlar natural va pul ko'rinishida 
bo'ladi. Daromadlar soliqli va soliqsiz guruhlarga bo'linadi. 
Daromad tushunchasi haqida gap ketganda, milliy daromad, 
korxona darajasida (yalpi daromad, sof daromad) va alohida 
shaxslar ko'rilganda aholining pul daromadlari, fuqarolarning real 
daromadlari va shaxsiy daromad shaklida bo'lishi mumkin.
DAROMADLAR 
BO'YICHA 
YALPI 
MILLIY 
MAHSULOTNI
HISOBLASH - jamiyatda bir yilda olingan daromadlami jamlash. 
Daromadlar bo'yicha YAMM yollanma ishchilarning ish haqi, renta 
to'lovlari, bank foizi, foyda, daromadga qo'shilmagan to'lovlar 
(tadbirkorlikka bilvosita soliqlar, amortizatsion ajratmalar) jamlash 
orqali hisoblanadi.
DAROMADLAR SIYOSATI - maqsadi individual pul daromadlari dinamikasiga,
tovar va xizmatlar narxiga tasir etish huquqi bo'Igan hukumat 
siyosati.
DAROMADLAR T O ‘G‘ RISIDA DEKLARATSIYA - o'tgan davr mobaynida
olingan daromadlar; mulklar va ularga tegishli bo'Igan soliq 
chegirmalari hamda imtiyozlari to‘g‘risida soliq to' lovchining rasmiy 
arizasi.Jismoniy shaxslarni soliqqa tortishda asosiy moliyaviy hujjat 
bo'lib, ulardan olinadigan daromad solig‘ining hajmini aniqlash 
uchun fiuqarolar daromadlari unda qayd etiladi.
DAROMADLAR VA SARF XARAJATLAR BALANSI - birlashmalar,
korxonalar, vazirlik va idoralarning moliyaviy ishlab chiqarish hamda 
mehnat jamoalarini moddiy rag'batlantirish maqsadidagi moliyaviy 
munosabatlarining, pul daromadlarining shakllanishi va ulardan 
foydalanish hamda pul mablag'lari fondini tashkil qilish manbayi. 
Daromadlar va sarf-xarajatlar balansi turli xil budjetlarning (davlat, 
korxona, oila) asosi hisoblanadi.


DAROMADLARDAN FOYDALANISH HISOBI - mavjud yalpi milliy
daromad pirovard milliy iste’mol va yalpi milliy jamg'arish uchun 
qay tarzda ishlatilishini ko'rsatadi.
DAROMADLARNI INDEKSATSIYALASH - baholarning oshishi bilan
bog'liq aholining qo'shimcha xarajatlarini vaqti-vaqti bilan ish haqi, 
pensiya, stipendiya va hokazolarni oshirish orqali qoplash.
DAROMADLAR ISHLATILISHIDEGANDA - iqtisodiy birliklar tomonidan
tovar va xizmatlarni tasarruf etish tushuniladi.
DAROMADLARNI TAQSIMLASH HISOBI - daromadlarni taqsimlash va
qayta taqsimlash bilan bog'liq barcha operatsiyalarni o'z ichiga 
oladi (foizlar, taqsimlanadigan foydalar, joriy transfertlar). Bu 
hisob iqtisodiyotning turli sektorlari o'rtasida ro‘y beradigan 
operatsiyalarni qamrab oladi.
DAROMADLARNING 
MAM L AKATDA 
ISHLAB 
CHIQARILGAN
TENGSIZLIGI - jami daromadlarning alohida shaxslar va 
oilalar o'rtasida notekis taqsimlanishi. Ushbu hoi deyarli hamma 
mamlakatlarga xos. Masalan, AQSHda boy (20%) aholiga jami 
daromadlarning 43,7%, kambag'al (20%) larga esa atigi 4,6% to'g'ri 
keladi. Ya’ni aholining boy 5/1 qismi aholining kambag'al 5/1 
qismiga nisbatan 9 baravar ko'p daromad oladi.
DAROMADLARNING SHAKLLANISHI HISOBI - ishlab chiqarish bilan
bevosita bog'liq hamda tarmoqlar va sektorlar doirasida guruhlash 
imkoniyati bo'lgan operatsiyalarni ifodalaydi.
DASTLABKI (BIRLAMCHI) AXBOROTLAR - muayyan marketing
tadqiqoti o'tkazilishi uchun mo'ljallangan yangitdan yig'ib olingan 
malumotlar.
DASTLABKI AUDIT - ilk bor audit o'tkazilayotgan iqtisodiy subyekt yoki
oldingi auditorga nazorat boshqa auditorlik tashkiloti tomonidan 
o‘tkazilgan iqtisodiy subyektning buxgalteriya hisob-kitob auditi.
DASTLABKI HUJJATLAR - xo'jalik muomalalari sodir bo'lgan paytda
tuziladigan va ular amalga oshganligining birinchi guvohi bo'lgan 
buxgalteriya hujjatlari. Dastlabki hujjatlar tuzilishi xo'jalik 
muomalalari hisob registratsiyasining boshlanishi hisoblanadi. 
Dastlabki hujjatlarga g'azna kirim va chiqim orderlari, yukxatlar, 
kvitansiyalar va h.k. kiradi. Hisobni soddalashtirish va hisob 
registratsiyasini tezlashtirish uchun ko'pincha dastlabki hujjatlarga 
asosan yig'ma hujjatlar tuziladi. Buxgalteriya hujjatlari tuzish tartibi 
bo'yicha tasniflanganda, hujjatlar dastlabki va yig'ma hujjatlarga 
bo'linadi.
97


DASTLABKIIMKONIYATLAR (KOMPETENSIYA) - ishlab chiqarish yoki
xizmat ko'rsatish firmasini uning raqiblaridan ajratib turadigan 
bilim va uslublaridir.
DASTLABKI NAZORAT - taxminlash, rejalashtirish va loyihalashtirish
bosqichida, 
xo'jalik yoki 
moliyaviy operatsiyalar amalga 
oshirilishidan awal o'tkazilib, oqilona boshqaruv yechimlari qabul 
qilinishiga xizmat qiladi.
DAVLAT BANKI - davlat tomonidan tasis qilingan, odatda, davlat budjeti
va davlat organlariga xizmat qiladigan, davlat dasturlarini 
moliyalashtiradigan va mos davlat tashkilotlarining topshirig'i bilan 
har xil bank operatsiyalarini boshqaradigan bank.
DAVLAT BOJI - yuridik ahamiyatga ega bo'Igan harakatlar sodir etganligi yoki
vakolatli organlarvamansabdorshaxslartomonidan tegishlihuj jatlari 
berilganligi uchun olinadigan majburiy to'lov. Turli instansiyalardagi 
sudlarga berilgan ariza va shikoyatlar, notarial harakatlarning sodir 
etilganligi, fuqarolik holati aktining davlat qaydidan o'tkazilganligi 
va tegishli organlar tomonidan hujjatlarning berilganligi uchun 
davlat boji olinadi. Uning miqdori yuridik harakat va beriladigan 
hujjatlarning xarakteriga bog'liq.
DAVLAT BUDJETI - davlat pul mablag'lari (shu jumladan, davlat maqsadli
jamg'armalari mablag'lari)ning markazlashtirilgan fondi, unda 
daromadlar manbalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek, 
moliya yilimobaynidaaniqmaqsadlaruchunajratiladiganmablag'lar 
sarfi yo'nalishlari va miqdori nazarda tutiladi. Qonun kuchiga ega 
bo'Igan davlatning asosiy moliyaviy rejasi. Davlat hokimiyatining 
qonunchilik organi tomonidan tasdiqlanadi. Davlat pul mablag'lari 
markazlashtirilgan fondini shakllantirish va foydalanish j arayonidagi 
iqtisodiy (pul) munosabatlarni ifodalaydi. Milliy daromadni qayta 
taqsimlashning asosiy quroli. Asosiy funksiyalari: l ) mamlakatning 
yalpi ichki mahsuloti va milliy daromadini taqsimlash; 2) 
iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish va rag'batlantirish; 
3) davlatning ijtimoiy siyosatini moliyaviy jihatdan ta’minlash; 4) 
pul mablag'larining shakllantirilishi va ulardan foydalanish ustidan 
nazoratni amalga oshirish.
DAVLAT BUDJETI DAROMADLARI - davlat budjetiga jalb qilinadigan
soliqli va nosoliqli mablag' lar; amaldagi qonunchilikka muvofiq 
ravishda davlat hokimiyati organlari va mahalliy o'z-o'zini 
boshqarish organlari ixtiyoriga kelib tushuvchi pul mablag'lari. O'z 
tarkibiga quyidagilarni oladi: l ) qonun hujjatlarida belgilangan 
soliqlar, yig'imlar, bojlar, shuningdek, majburiy to'lovlar hamda
^
— 98 ^



soliq bo'lmagan boshqa tushumlar; 2) davlatning moliyaviy 
aktivlari va boshqa aktivlarining joylashtirilishi, foydalanishga 
berilishi va sotishga berilishidan olingan daromadlar; 3) qonun 
hujjatlariga muvofiq meros olish, hadya etish huquqi bo'yicha davlat 
mulkiga o‘tgan pul mablag'lari; 4) yuridik va jismoniy shaxslardan, 
shuningdek, xorijiy davlatlardan kelgan qaytarilmaydigan pul 
tushumlari; 5) rezident-yuridik shaxslarga va xorijiy davlatlarga 
berilgan budjet ssudalarini qaytarish hisobiga tushadigan to'lovlar; 
6) qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa daromadlar.
DAVLAT BUDJETI DEFITSITINI MOLIYALASHTIRISH - davlat
tomonidan xorijdan va ichki mablag‘ni jalb qilish, respublika budjeti 
mablag'larining moliya yili boshlanishidagi qoldiqlari va qonunga 
muvofiq boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
DAVLAT BUDJETI MABLAG‘ LARINI BUDJETLAR O'RTASIDA QAYTA
TAQSIMLASH - l) quyi budjetlarga yuqori budjetlardan budjet 
subvensiyalari va dotatsiyalari berish; 2) budjet ijrosi jarayonida 
paydo bo'lgan o'zaro hisob-kitoblar bo'yicha mablag'larni yuqori 
budjetdan quyi budjetga, shuningdek, quyi budjetdan yuqori 
budjetga yo'naltirish; 3) budjet ssudalarini ajratish bilan qayta 
taqsimlanadi. Respublika budjetidan budjet subvensiyalari va 
dotatsiyalari Qoraqalpog'iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va 
Toshkent shahri budjetlariga tasdiqlangan Davlat budjeti doirasida 
ajratiladi. Qoraqalpog'iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va 
Toshkent shahri budjetlaridan budjet subvensiyalari va dotatsiyalari 
tumanlar hamda shaharlar budjetlariga tegishli tasdiqlangan 
budjetlar 
doirasida 
ajratilishi 
mumkin. 
Qoraqalpog'iston 
Respublikasi budjetida va mahalliy budjetlarda paydo bo'ladigan 
daromadlar va xarajatlar o'rtasidagi vaqtinchalik xazinaviy uzilish 
naqd pul aylanishi, yuqori budjetlarga beriladigan budjet ssudalari, 
foydalanilmagan budjet mablag'lari qoldiqlari hisobiga qoplanadi. 
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan, 
O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Qoraqalpog'iston 
Respublikasi budjetida, viloyatlar va Toshkent shahri budjetlarida 
nazarda tutilgan ayrim xarajatlarni maqsadli moliyalashtirish uchun 
quyi budjetlar hisobiga kiritiladigan daromadlarni respublika 
budjetiga o'tkazishi mumkin.
DAVLAT BUDJETI MABLAG‘ LARINI SARFLASH - tasdiqlangan budjet
mablag'lari doirasida xarajatlar smetasiga muvofiq, Davlat budjeti 
mablag'lari budjet mablag'lari oluvchilari tomonidan moliya yili 
mobaynida bosqichma-bosqich, tayinlash sertifikatini muayyan 
davrga va tegishli summaga rasmiylashtirish yo'Ii bilan amalga 
oshiriladi.
9
9
—« « w -


DAVLAT BUDJETI TUZILMASI - respublika budjeti, Qoraqalpog'iston
Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlarni o'z ichiga oladi. 
Davlat budjeti tarkibida davlat maqsadli jamg'armalari jamlanadi. 
Qoraqalpog'iston 
Respublikasi 
budjeti 
Qoraqalpog'iston 
Respublikasining Respublika budjeti hamda tumanlar va 
respublikaga 
(Qoraqalpog'istonga) 
bo'ysunuvchi 
shaharlar 
budjetlarini o'z ichiga olsa, viloyat budjeti esa viloyat budjeti, 
tumanlar va viloyat bo'ysunuvidagi shaharlar budjetlarini o'z ichiga 
oladi. O'z navbatida, tumanlarga bo'linadigan shaharning budjeti 
shahar budjeti va shahar tarkibiga kiruvchi tumanlar budjetlaridan 
iboratdir. Tumanga bo'ysunadigan shaharlari bo'lgan tumanning 
budjeti tuman budjeti va tuman bo'ysunuvidagi shaharlar 
budjetlarini o'z ichiga oladi.
DAVLAT BUDJETI XARAJATLARI - davlat pul mablag'lari fondini
taqsimlash bilan bog'liq bo'lgan iqtisodiy munosabatlar; davlat va 
mahalliy o'z-o'zini boshqarish organlari funksiyalari va vazifalarini 
moliyaviy jihatdan ta’minlashga yo'naltiriladigan pul mablag'lari. 
Tarkibi quyidagilardan iborat: l ) budjet mablag'lari oluvchilarning 
joriy xarajatlari; 2) joriy budjet transfertlari; 3) kapital xarajatlar 
(asosiy fondlar va vositalarni davlat ehtiyojlari uchun olish va 
takror ishlab chiqarish, xorijiy mamlakatlarda davlat ehtiyojlari 
uchun yer va boshqa mol-mulk olish, davlat ehtiyojlari uchun 
yerga bo'lgan huquq va boshqa nomoddiy aktivlarni olish, davlat 
zaxiralarini vujudga keltirish va boshqalar); 4) kapital xarajatlarni 
qoplash uchun yuridik shaxslarga beriladigan budjet transfertlari;
5) rezident yuridik shaxslarga va xorijiy davlatlarga beriladigan 
budjet ssudalari; 6) davlat maqsadli fondlariga beriladigan budjet 
ssudalari va dotatsiyalari; 7) davlat qarzini qaytarish va unga xizmat 
ko'rsatish bo'yicha to'lovlar; 8) qonun hujjatlarida taqiqlanmagan 
boshqa xarajatlar.
DAVLAT BUDJETINING G'AZNA IJROSI - Davlat budjetining barcha
daromadlarini 
yagona 
g'azna 
hisob-raqamiga 
kiritishdan, 
shuningdek, Davlat budjetining xarajatlarini shu hisob-raqamdan 
to'lashdan iborat.
DAVLAT BUDJETINING KASSA IJROSI - O'zbekiston Respublikasi Moliya
vazirligi va hududiy moliya organlari tomonidan O'zbekiston 
Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda amalga oshiriladi. 
Moliya vazirligibilanbirgalikda amalga oshiriladi. Davlatbudjetining 
kassaijrosi operatsiyalarini banklar Markaziy bankning topshirig'iga 
binoan bajaradi.


DAVLAT BUDJETINING MUDOFAA XARAJATLARI - davlatning o'z
mudofaa qobiliyatini mustahkamlashi kerakligi bilan bog'liqdir. 
Budjet mablag'lari hisobidan Qurolli Kuchlarning barcha turlari 
moliyalashtiriladi.
DAVLAT BUDJETINING NAZORAT FUNKSIYASI - budjetning milliy
iqtisodiyot bilan uzviy bog'liqligi takror ishlab chiqarishning barcha 
bo'linmalarida ahvolning qandayligi to'g'risida ma’lumotlar bilan 
doimiy ta’minlab turadi.
DAVLAT BUDJETINING TAQCHILLIGI - xarajatlar summasining
daromadlar summasidan ortiq bo'lishi.
DAVLAT BUDJETINING TAQSIMLASH FUNKSIYASI - davlat budjeti
tomonidan amalga oshirilayotgan taqsimlash munosabadari bo'lib, 
undan taqsimlanganyalpiichki (milliy) mahsulotni qayta taqsimlash 
uchun foydalaniladi.
DAVLAT BUYURTMALARI - davlat tomonidan muayyan mahsulot turi
(hozirgi kunda paxta va g‘alla)ni yetkazib berish bo'yicha qishloq 
xo'jaligi korxonalari bilan tuzilgan shartnoma-topshiriq.
DAVLAT BUYURTMASI - davlat tomonidan korxona va tashkilotlarga muayyan
mahsulot turini tayyorlash va uni iste molchilarga yetkazib berish, 
ishlab chiqarish, noishlab chiqarish va ilmiy-tadqiqot xarakteridagi 
ma’lum ishlarni bajarish uchun beriladigan topshiriq.
DAVLAT ICHKI QARZLARI - davlat tomonidan ichki mablag'ni jalb
qilish natijasida vujudga kelgan O'zbekiston Respublikasi 
majburiyatlariningyig'indisi. Oldin chiqarilgan va hozirgi vaqtgacha 
foizlari bilan qaytarilmagan (uzilmagan) davlat qarzlari (zayomlari) 
ning butun summasi.
DAVLAT IJTIMOIY TA’MINOTI - O'zbekiston Respublikasi fuqarolarini
keksayganda, kasallik ro'y berganda, mehnatga layoqatini qisman 
yoki butunlay yo'qotganda, boquvchisini yo'qotganda, shuningdek, 
bolali oilalarni moddiy ta’minlash va ularga xizmat ko'rsatish davlat 
tizimidir.
DAVLAT KORXONALARI - davlat mulki bo'Igan va uning nazorati ostida
faoliyat ko'rsatuvchi korxonalar hisoblanadi.
DAVLAT KREDITI - kreditning bu shaklining asosiy xususiyati kredit
munosabatlarida davlatning qatnashuvidir. Davlat kreditida davlat 
bir tomondan qarz beruvchi va ikkinchi tomondan qarz oluvchi 
sifatida ishtirok etishi mumkin. Qarz beruvchi vazifasini bajara 
turib, davlat davlat kredit institutlari, jumladan, Markaziy bank 
orqali iqtisodning har xil sohalarini kreditlashni o'z zimmasiga

101 
--


oladi. Davlat kreditining xarakterli xususiyati, davlat tomonidan 
olingan qarz mablag'lari ishlab chiqarish fondlari aylanishida yoki 
moddiy boyliklar yaratishda ishtirok etmaydi. Bu mablag'lar davlat 
qarzlarini qoplash uchun ishlatiladi.
DAVLAT KREDITI MUNО SABATLARINING ASOSI - munosabatlarida
bo'sh turgan pul kapitallariga nisbatan davlat ehtiyojlarining 
mavjudligi.
DAVLAT MAQSADLI FONDLARI - Davlat budjeti tarkibida jamlantiriladigan
fondlar bo' lib, ularning har biri uchun mablag' lar manbalari, har bir 
manbadan mablag' tushish normalari va shartlari, shuningdek, shu 
mablag'lardan foydalanilishi mumkin bo'lgan maqsadlar qonun 
hujjatlari bilan belgilanadi. Aniq maqsadlarga mo'ljallangan pul 
fondlari. Aholiga taqdim etiladigan ijtimoiy xizmatlarning ко' lamini 
kengaytirish, infrastrukturaning qoloq tarmoqlari rivojlanishini 
rag'batlantirish, iqtisodiyot ustuvor tarmoqlarini qo'shimcha 
resurslar bilan ta’minlash bu fondlarning maqsadidir. Bu fondlar 
Pensiya fondi, Respublika yo'l fondi, Davlat mulkini boshqarish 
va tadbirkorlikni qo'llab-quwatlash davlat qo'mitasining maxsus 
fondi (hisob varag'i), ish bilan ta’minlashga ko'maklashish 
davlat fondidan iboratdir. Ularning daromadlari va xarajatlari 
o'rtasidagi vaqtinchalik uzilish (yetishmovchilik)ni qoplash uchun 
davlat maqsadli fondlariga O'zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining qaroriga binoan respublika budjetidan budjet 
dotatsiyalari va ssudalari ajratilishi mumkin. Davlat maqsadli 
fondlariga tushgan daromadlar xarajatlardan oshgan taqdirda 
O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining taqdimnomasiga 
binoan, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori 
bilan ortiqcha summa yilning har bir choragi yakunlari bo'yicha 
respublika budjetiga to'liqyoki qisman olib qo'yilishi mumkin.
DAVLAT MAQSADLI JAMG'ARMALARI - Davlat budjeti tarkibida
jamlantiriladigan jamg'armalar bo'lib, ularning har biri uchun 
mablag'lar manbalari, har bir manbadan mablag' tushishi normalari 
va shartlari, shuningdek, shu mablag'lardan foydalanilishi mumkin 
bo'lgan maqsadlar qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
DAVLAT MOLIYASI - yalpi ijtimoiy mahsulot (muayyan vaqt ichida jamiyat
tomonidan yaratilgan ne’matlar)ni taqsimlash va qayta taqsimlash 
jarayonida paydo bo'ladigan hamda davlat tomonidan o'z 
vazifalarini amalga oshirish uchun foydalaniladigan pul mablag'lari 
majmuyidir.

J
Q
2

----------------


DAVLAT MOLIYAVIY NAZORATI - davlat budjeti va nobudjet fondlar,
soliqlar, davlat korxona va tashkilotlarining moliyaviy faoliyati, pul 
hisob-kitoblarini tashkil etish, hisob va hisobotni yuritish sohalarida 
qonunchilikka rioya etilishini mamlakat hokimiyat va boshqaruv 
organlari, shuningdek, maxsus tuzilgan nazorat organlari (Hisob 
palatasi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qo'mitasi va boshqalar) 
tomonidan amalga oshiriladigan nazorat.
DAVLAT MOLIYAVIY NAZORATINING MAQSADI - davlat xazinasiga
resurslarni tushurishni maksimallashtirish va davlat boshqaruv 
xarajatlarini minimallashtirish
DAVLAT MUASSASALARI SEKTORI - Davlat muassasalari sektori
quyidagi rezident institutsion birliklar guruhidan iborat bo'ladi: 
markaziy, regional (hududiy) va mahalliy davlat boshqaruvi 
birliklari, boshqaruvning barcha darajasiga mansub ijtimoiy 
ta’minot jamg'armalari, bozor munosabatlariga aloqasi bo'lmagan 
barcha notijorat tashkilotlar (NTT). Bu tashkilotlar, asosan, davlat 
nazoratida va moliyaviy ta’minotida budjetdan tarkib topadi.
DAVLAT MULKI - asosiy mulkchilik shakllaridan biri. Davlat mulki ikki yo'l
bilan paydo bo'ladi: a) xususiy mol-mulkni milliylashtirib, davlat 
qo'liga olish; b) davlat mablag'lari hisobidan korxonalar qurish. 
Davlatning iqtisodiyotga aralashuvi kuchayishi bilan davlat mulki 
rivoj topadi, lekin uning monopoliyasi o'rnatilgach, raqobatga 
xalaqit beradi. Natijada davlat mulkini reprivatizatsiyalash yuzaga 
kelib, boshqa mulk shakllari kuchayadi. Bozor iqtisodiyotiga o'tish 
munosabati bilan davlat mulki, asosan, jamoa mulkiga, fuqarolar 
mulkiga va xususiy mulkka aylantiriladi.
DAVLAT NOBUDJET FONDLARI BUDJETLARI - budjetlar, davlat
nobudjet fondlari budjetlarining barcha daromad va xarajatlari 
hamda soliq va budjet qonunchiligi hamda davlat nobudjet fondlari 
to'g'risida qonunlarga muvofiq belgilangan barcha boshqa majburiy 
tushumlar budjetlarda, davlat nobudjet fondlarining budjetlarida 
majburiy tartibda va to'liq hajmda o'z aksini topish kerakligini 
anglatadi.
DAVLAT NOMOLIYAVIY KORPORATSIYALARI - tegishli davlat idoralari
tomonidan nazorat ostiga olinishi zarur bo'lgan rezidentlik 
nomoliyaviy korporatsiyalar hamda kvazikorporatsiyalar ana 
shunday korporatsiyalar tarkibiga kiradi. Korporatsiyalar ustidan 
nazorat deganda tegishli direktorlar tayinlash orqali korporatsiyalar

— 103 —



DAVLAT QARZI - davlatning aholi, bank, korxona, tashkilot va chet
mamlakatlardan olgan qarzi. Ma’lum davrida budjet kamomadlari 
yig'indisi. U ikki guruhga bo'linadi: a) davlatning tashqi qarzi 
(xorijiy davlatlarga, tashkilot va alohida shaxslarga); b) ichki qarzi 
(davlatning o'z xalqidan qarzi).
DAVLAT QARZINI QAYTA MOLIYALASHTIRISH - hukumat obligatsi-
yalarni sotib olish muddati kelganda, yangi obligatsiyalarni chiqarib 
sotadi. Undan kelgan tushumni muddati kelgan obligatsiyalarni 
sotib olishga sarf qiladi.
DAVLAT QIMMATLI QOG'OZLARI - O'zbekiston Respublikasining g'azna
majburiyatlari va O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 
vakolat bergan organ tomonidan chiqarilgan obligatsiyalar
shuningdek; O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 
obligatsiyalari.
DAVLAT SEKTORI - mulk shakllaridan biri bo‘lib, uning subyekti (egasi)
davlat hisoblanadi. Yer, tabiiy resurslar; asosiy ishlab chiqarish 
vositalari, bino va inshootlar; moddiy resurslar, moliyaviy resurslar, 
qimmatbaho buyumlar, axborotlar, madaniy va ma’naviy boyliklar 
davlat mulki obyektlari hisoblanadi. Bu boyliklardan foydalanish 
to'liq davlat ixtiyorida bo'ladi. U davlat mulklaridan kerak bo'Igan 
yo nalishda foydalanishni taminlaydi.
DAVLAT 
SOLICl 
INSPEKSIYALARINING 
VAZIFALARI 
VA
FUNKSIYALARI - l) soliq to'lovchilar (xorijiy fuqarolar va 
fuqaroligi bo'lmagan shaxslarni ham qo'shib hisoblaganda)ning 
to'liq hisobga olinishini ta minlash; 2) soliq to'lovchilar tomonidan 
buxgalteriya hisoboti va balanslari, soliq hisob-kitoblari; hisobotlar; 
deklaratsiyalar va to'lovlarni hisoblash hamda to'lash bilan bog'liq 
bo'Igan barcha hujjatlarning o'z vaqtida taqdim etilishini nazorat 
qilish; shuningdek, foyda, daromad, soliqqa tortishning boshqa 
obyektlarining to'g'ri aniqlanganligi va hisoblanganligi bo'yicha bu 
huj j atlarto 'g ‘riligini tekshirish; 3 ) budj et oldidagi o' z majburiyatlarini 
bajarmaganlarga 
nisbatan 
moliyaviy 
sanksiyalar 
(jazolar) 
qo'llanilishining to'g'riligini ta minlash; 4) korxona, tashkilot va 
muassasalardan foyda (daromad) yoki soliqqa tortishning boshqa 
obyektlari pasaytirilganligidan (kamaytirilganligi) dalolat beruvchi 
hujjatlarni ko'rish, ularning mazmunini qayd etish va olib qo'yishni 
amalga oshirish (tegishli hujjatlarni olib qo'yish uchun asos bo'lib 
soliq inspeksiyasi mansabdor shaxsining asoslangan qarori xizmat 
qiladi); 5) musodara qilingan va egasiz mulklar, shuningdek, meros 
qilish huquqi bo'yicha davlat ixtiyoriga o'tkazilgan mulklar hamda
— «' га&екхдоч»— -
104




topilmalarni hisobga olish, baholash va realizatsiya qilish ishlarini 
amlga oshirish; 6) budjetga tushishi lozim bo'lgan va haqiqatda 
tushgan soliqlar va boshqa to'lovlarning operativ - bexgalteriya 
hisobi yurgiziladigan hujjatlarni banklar, moliya organlari, korxona, 
tashkilot va muassasalardan olish; 7) davlat soliq inspektsiyalari va 
ularning mansabdor shaxslariga buxgalteriya hisobotlari, balanslar, 
hisob-kitoblar, deklaratsiyalar va budjetga soliqlar hamda majburiy 
to'lovlarni hisoblash, shuningdek, to'lash bilan bog'liq bo'lgan 
boshqa hujjatlar taqdim etilmaganda yoki ularni taqdim etishdan 
bo'yin tovlangan hollarda korxona, tashkilot, muassasalar va 
fuqarolarning bank hamda boshqa moliya-kredit tashkilotlaridagi 
hisob-kitob va boshqa schyotlari bo'yicha operatsiyalarni to'xtatib 
qo'yish; 8) ortiqcha to'langan yoki undirilgan soliq va yig'imlarni 
qaytarishni amalga oshirish; 9) yuqori soliq organlariga budjetga 
haqiqatda kelib tushgan soliq va boshqa to'lovlarning summasi 
haqidagi ma’lumotni tuzish, tahlil qilish va taqdim etish; 10) 
xo'jalik yurituvchi subyektlar tomonidan naqd pul muomalasi va 
nazorat-kassa mashinalarining qo'llanilishiga nisbatan qonunchilik 
talablarining bajarilishini nazorat qilishdan iborat.
DAVLAT SUBSIDIYALARI - kompaniya tomonidan o'tgan davrda yoki
kelajakda uning operatsion faoliyati bilan bog'liq bo'lgan 
ma’lum shartlarni bajargani yoki bajarishi evaziga resurslarni 
o'tkazib berish shaklidagi hukumat yordamidir. Asosli ravishda 
baholab bo'lmaydigan, shuningdek, kompaniyaning odatdagi 
savdo muomalalaridan ajratib bo'lmaydigan hukumat bilan olib 
boriladigan operatsiyalar davlat subsidiyalariga kiritilmaydi.
DAVLAT TA’LIM STANDARTI - uzluksiz ta’limning muayyan bosqichida
shaxs (mutaxassis)ning tayyorgarlik darajasi va mazmuniga 
qo'yiladigan minimum talablar.
DAVLAT ТА SARRUFI DAN CHIQARISH - davlat mulki, iqtisodiyotdagi
davlat sektorini xususiylashtirishdan iborat bo'lib, u davlat 
mulkchiligining yakka hukmronligini tugatish, erkin tadbirkorlikka 
yo' 1 ochish va bozor iqtisodiyotini qaror toptirish maqsadida amalga 
oshiriladi. Xususiylashtirish orqali davlat mulki fuqarolarga berilib, 
mulk o'z egasini topadi; har bir kishi milliy boylikda o'z hissasiga 
ega bo'ladi.
DAVLAT TASHQI QARZI - davlat tomonidan xorijdan mablag' jalb
qilish natijasida vujudga kelgan O'zbekiston Respublikasi 
majburiyatlarining yig'indisi.
105


DAVLAT TOMONIDAN (ICHKI VA XORIJDAN) MABLAG' JALB
QILISH - quyidagi maqsadlarda amalga oshirilishi mumkin: l)
iqtisodiyotni rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlari, shu jumladan, 
davlat investitsiya dasturlarini moliyalashtirish; 2) Davlat budjeti 
daromadlari bilan xarajatlari o'rtasida tushumlar vaqtga ko'ra 
muvofiq emasligi tufayli kelib chiqqan yillik ichki tafovutni 
to'g'rilash; 3) mavjud qarzni qayta moliyalashtirish; 4) budjet 
defitsitini moliyalashtirish; 5) tabiiy ofat yoki boshqa favqulodda 
vaziyatlar tufayli mablag'larga bo'lgan ehtiyojlarni qoplash. 
Davlat tomonidan ichki va xorijdan mablag' jalb qilishda qarz 
majburiyatlarining quyidagi turlaridan foydalanish mumkin: l) 
qisqa muddatli (bir yilgacha bo'lgan davrga chiqariladigan), o'rtacha 
muddatli (bir yildan besh yilgacha bo'lgan davrga chiqariladigan) 
va uzoq muddatli (besh yildan ortiq davrga chiqariladigan) davlat 
qimmatli qog'ozlari; 2) kreditlar (qisqa, o'rta va uzoq muddatli);
3) O'zbekiston Respublikasiningkafolatlari; 4) budjet daromadlari 
bilan xarajatlari o'rtasidagi vaqtinchalik tafovutni qoplash uchun 
qisqa muddatli ssudalar; 5) qonun hujjatlarida nazarda tutilgan 
boshqa turlar. Davlat tomonidan ichki va xorijdan mablag' jalb 
qilishga hamda davlat qarzi ko'payishiga olib keladigan boshqa 
harakatlar O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yoki u 
vakolat bergan organ tomonidan amalga oshiriladi.
DAVLAT TOMONIDAN BOZORNING TARTIBGA SOLINISHI - ijtimoiy
ishlab chiqarish rivojiga ta’sir ko'rsatish maqsadida ijtimoiy- 
iqtisodiy, moliyaviy, tarkibiy-sarmoyaviy hamda ilmiy-texnikaviy 
va boshqa vositalar yordamida bozomi qaror toptirishda davlatning 
aralashuvidir. Davlat tomonidanboshqarish mexanizmi va usullarini 
qo'llash o'tish davrida boshlanadi. Bozorni boshqarishning eng 
muhim mexanizmlari: rejalashtirish, soliq tizimi, baho, ijtimoiy 
himoyalashdan iborat.
DAVLAT TOMONIDAN ICHKI MABLAG'NI JALB QILISH - aktivlarni
ichki manbalar (rezident-yuridikvajismoniy shaxslar)dan jalb etish 
hamdabuningnatijasida O'zbekiston Respublikasiningqarz oluvchi 
sifatidagi yoki qarz oluvchi rezidentlarning o'z kreditlari (qarzlari) 
ni to'lashiga kafil sifatidagi majburiyatlarining vujudga kelishi.
DAVLAT TOMONIDAN SOTIB OLISH - davlat budjeti hisobidan ichki va
tashqi bozorda ishlab chiqilgan tovarlar va xizmatlarning sotib 
olingan qismi. Davlat xaridlari, davlat ehtiyojlari (asbob-uskuna, 
qurol-yarog' sotib olishiga) va aholining istemolini qondirish 
hamda zaxiralar yaratish maqsadida amalga oshiriladi.

J 06 



DAVLAT TOMONIDAN XORIJDAN MABLAG' JALB QILISH - aktivlarni
xorij manbalari (chet el davlatlaridan, norezident yuridik shaxs- 
lardan vaxalqaro tashkilotlar)dan jalb etish hamda buningnatijasida 
O'zbekiston Respublikasining qarz oluvchi sifatidagi yoki qarz 
oluvchi rezidentlarning o‘z kreditlari (qarzlari)ni to'lashiga kafil 
sifatidagi majburiyatlari yuzaga kelishi.
DAVLAT TRANSFERTI - qarang: transfert.
DAVLAT TRANSFERTLARIMULTIPLIKATORI - muvozanatli sof mahsulot
o'zgarishining hukumat transfert to'lovlaridagi o'zgarishlarga 
nisbati.
DAVLAT VALYUTA MONOPOLIYASI - valyuta boyliklari (valyutaviy
boyliklar) bilan operatsiyalarni amalga oshirish yoki operatsiyalarni 
amalga oshirishni ma’lum organlar, korxonalar, firmalar zimmasiga 
o'tkazishga ruxsat berish, valyutaviy mablag'lardan foydalanish 
tartibini belgilash bo'yicha davlatning tanho huquqi. Valyuta 
operatsiyalarini reglamentatsiya (tartibga solib turish) qilish, 
valyutaviy mablag'lardan foydalanish ustidan nazoratni amalga 
oshirish va ularning qo'llanilish samaradorligini oshirish bo'yicha 
choralar ko'rishni taqozo etadi.
DAVLAT XARIDLARI MULTIPLIKATORI - muvozanatli, sof milliy
mahsulotni o'zgartirishning davlat xaridlari o'zgarishiga nisbati.
DAVLAT ZAYOMLARI - davlat iqtisodiy faoliyatni amalga oshirib, qarz
beruvchi, shuningdek, qarz oluvchi ham bo' lishi mumkin. U oladigan 
kredit davlat zayomi deyiladi. Davlat zayomi - obligatsiyalar, ya ni 
uning egalariga muayyan muddat o'tgach, qarz va foizlar summasini 
qaytadan olish huquqini beradigan qarz majburiyatlarini chiqarish 
va sotish orqali amalga oshiriladi. Qarzga olingan pullarni davlat, 
odatda, budjet taqchilligini qoplash, davlat hamda mahalliy 
hokimiyat idoralarini mablag' bilan ta minlashga sarflaydi.
DAVLATNING SOLIQ, SIYOSATI - davlat tomonidan jismoniy va yuridik
shaxslardan undiriladigan soliqlarning turi, ularni yig'ib olish 
yo'llari hamda usullarini tashkil etish borasidagi siyosat.
DAVLATNING SOLIQ, TIZIM I - muayyan sharoitda davlat foydasiga
undiriladigan soliq turlarining majmuyi. Unga soliqlarning turlari, 
miqdori, soliq imtiyozlari, undiriladigan soliqlarni aniqlash kabilar 
kiradi. Soliq tizimining vazifalari mavjud bo'lib, ulardan: soliq 
to'lovchilar bilan davlat o'rtasida daromadlarni taqsimlash va 
qayta taqsimlash, ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda faoliyat yuritishni 
rag'batlantirish yoki cheklash, aholining ayrim tabaqalariga ijtimoiy
107


imtiyozlarni berish kabilar eng muhimlaridan biri hisoblanadi. Soliq 
tizimi o'zgaruvchan bo'ladi.
DAVR XARAJATLARI - bevosita ishlab chiqarish jarayoni bilan bog'liq
bo'lmagan xarajatlar va sarflar tushuniladi: boshqaruv xarajatlari, 
mahsulotni sotish xarajatlari va umumxo’jalik ahamiyatiga ega 
bo'Igan boshqa xarajatlar.
DAVRIY (SIKLIK) DEFITSIT - iqtisodiyotning davriy rivojlanishi (tanazzuli)
sababli va soliq tushumlarining qisqarishi bilan bog'liq davlat 
budjetining defitsiti.
DAVRIY ISHSIZLIK - iqtisodiyotning krizis holatidagi ishsizlik. Mavsumiy
xarakterga ega bo'lib, bozor iqtisodiyotiga o'tish davrida davriy 
ishsizlik kuchayib boradi. Keyinchalik ishsizlikka bar ham beriladi. 
(

Yüklə 3,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin