Sh. I. Mustafakulov, O. A. Raximberdiyev, M. Sh. Egamberdiyeva iqtisodiy atamalarning



Yüklə 3,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/33
tarix28.11.2023
ölçüsü3,99 Mb.
#168794
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
Mustafaqulov Sh I va boshq Iqtisodiy atamalarning izohli lugati

belgilangan
) mahsulotlar. (
Qarang: Aksiz).
AKSELERATOR - iqtisodiyotda iste’molchilik sarf-xarajatlar hajmi o'zgarishi
bilan yuzaga keladigan kapital qo'yilmalar hajmi o'zgarishini tavsif 
etuvchi ko'rsatkich. Akseleratsiya prinsipining mohiyati shundan 
iboratki, iqtisodiyotda iste’molchilik xarajatlari dinamikasi 
investitsiyalar hajmi dinamikasiga o'z tasirini ko'rsatadi: 
iste’molchilik xarajatlarining sezilarli o'sishi investitsion faollikni 
yuzaga keltiradi, rag'batlantiradi va aksincha.
AKTIV - atamasi lotincha faoliyatli, amal qilish, mavjud bo'lish degan so'zlardan
kelib chiqqan. Shuning uchun aktiv deganda mablag'lar qanday 
amal qilayotganligi va ishlayotganligini ko'rsatuvchi mablag'lar 
guruhlanishini tushunish kerak. Aktivlar oldingi amalga oshirilgan 
muammolar yoki oldin sodir bo'lgan voqealar natijasida korxonaga 
kelib tushgan va ular kelajakda foyda keltiradigan iqtisodiy 
resurslardir. Aktivlar uch xil xususiyatga ega bo'lishi kerak: a) 
kelajakdagi iqtisodiy nafhing o'zida mujassamlanishi, bevosita va 
bilvosita pul mablag'lari yoki ularning ekvivalentlarini ko'paytirish 
imkoniyati; b) bu iqtisodiy naflarni nazorat qilish qobiliyatini 
mujassamlash; v) oldingi bitimlar yoki boshqa voqealar natijasi 
bo'lishi. Aktiv buxgalteriya balansining bir qismi bo'lib, ma’lum 
bir muddatga subyekt mablag'larining tarkibi va joylanishini pul
15


ko'rinishida aks ettiradi. Bundan tashqari, balansning passiv qismi 
ham mavjud bo'lib, aktiv va passiv tomonlar bo'lim va moddalardan 
iborat. Aktiv tomonining jami summasi passiv tomoni summasi 
bilan teng bo'lishi lozim. Buni shunday tushuntirish mumkinki, 
yani aktiv tomonidagi mablag'lar manbalari balansning passiv 
tomonida joylashgan.
AKTIV KAPITAL - xo'jalik yurituvchi subyektning ishlab chiqarish quwatini aks
ettiradi. Ular ikkita bo'lim - asosiy va aylanma kapital ko'rinishida 
buxgalteriya balansi aktivlarida rasmiy taqdim etiladi.
AKTIV PUL OBOROTI - to'lov jarayonlarida bevosita ishtirok etayotgan
harakatdagi pul massasidir.
AKTIV SAVDO BALANSI - mamlakatdan chetga chiqarilayotgan tovarlar
(eksport) ning mamlakatga kirib kelayotgan tovarlar (import) dan 
oshib ketishini xarakterlovchi savdo balansi.
AKTIV SCHYOTLAR - korxona mablag'larini hisobga oladigan buxgalteriya
hisobi schyotlari. Ular mavjud mablag'lar, ularning tarkibi va 
joylashishi to'g'risidagi ko'rsatkichlarni beradi. Aktiv schyotlarda 
mablag'laming ko'payishi debetda, kamayishi kreditda aks ettiriladi. 
Oxirgi qoldig'i faqat debetda va buxgalteriya balansining aktivida 
ko'rsatiladi. Quyidagi schyotlar aktiv schyotlar hisoblanadi: bino, 
inshootlar, mashinalar, asbob-uskunalar va boshqa asosiy vositalar 
(lOOO-schyotlar)ni hisobga oladigan schyotlar; pul mablag'larini 
hisobga oladigan schyotlar; tovar-moddiy qiymatliklarni hisobga 
oladigan schyotlar.
AKTIV TO 'LO V BALANSI - to'lov balansida tushumlar summasi to'lovlar
summasidan ortiq bo'ladi.
AKSEPT - o'tkazma vekselning to'lov kafolati majburiyatini o'z zimmasiga
olish. Inglizcha “aksept” o'z mohiyatiga asosan, “qabul qilindi”, 
“to'layman” ma’nosini anglatadi. Aksept yozma ravishda vekselning 
usti tomonida amalga oshiriladi.
AKSEPTANT (qabul qiluvchi) - hisob bo'yicha to'lovni amalga oshirishga rozilik
bergan korxonalar, tashkilotlar va muassasalar yoki shaxslar.
AKSEPTLI KREDIT - bunda bank unga mijoz tomonidan qo'yilgan
o'tkaziluvchan vekselni ma’lum shart bilan akseptlashdir.
AKTUAR HISOB-KITOBLAR - sug'urta tarifi stavkalarini hisoblashning
iqtisodiy-matematik usullari yig'indisi. Ushbu hisob-kitoblar 
katta sonlar qonuniga asoslanadi. Aktuar hisob-kitoblaming 
metodologiyasi ehtimollar nazariyasi, demografiya qonuniyadariga 
asoslanadi, tarif stavkasi miqdori sug'urta hodisalari ro'y


berishining ehtimoliyligiga bog'liq. Demografiya ma’lumotlaridan 
fuqarolarning hayotini sug'urtalashda sug'urtalanuvchilarning 
yoshiga mos ravishda sug'urta tarifi stavkasini tabaqalashtirishda 
foydalaniladi. Uzoq muddatli hayot sug'urtasi bo'yicha sug'urta 
summalari sug'urtalangan shaxs vafot etganda yoki u ma’lum bir 
yoshga etganda to'lanadi. Yetarli miqdordagi sug'urta fondini 
shakllantirish uchun sug'urtalovchi shartnoma amalda bo'lgan 
davrda qancha shaxs vafot etishi yoki ma’lum bir yoshga yetishi 
ehtimoliyligini bilishi zarur. Aholi o'limi darajasi haqidagi statistik 
ma’lumot asosida turli yoshga yetishi ehtimolligini hisoblash hamda 
fuqarolarning o'limi to'g'risidagi jadvalni tuzish mumkin. Bu jadval 
asosida nafaqa va hayotni sug'urtalash bo'yicha tarif stavkalarini 
hisoblash mumkin.
AKTUARIY - lotin tilidan tarjima qilganda, hisobchi degan ma’noni bildiradi.
Aktuar hisob-kitoblar nazariyasini o'zlashtirib olgan sug'urta 
matematikasi sohasidagi mutaxassis. U sug'urta tariflarini hisoblash 
va metodologiyasini ishlab chiqish, uzoq muddatli sug'urta 
turlari bo'yicha sug'urta zaxiralarini shakllantirish bilan bog'liq 
hisob-kitoblarni amalga oshirish bilan shug'ullanadi. Hozirgi 
paytda Angliyada aktuariylar instituti faoliyat ko'rsatmoqda. 
Aktuariylarning xalqaro uyushmasi mavjud.
ALGORITM - qat’iy belgilangan qoidalar bo'yicha qo'llaniladigan va qo'yilgan
masalaning yechimiga olib keluvchi izchil harakatlar tizimi.
ALMAS HAD I GAN 
(KONVERTRLANADIGAN) 
AKSIYALAR
almashadigan obligatsiyalar - uning egalariga ushbu korporatsiyaviy 
aksiyalariniolishhuquqinita’minlovchikorporativobligatsiyalarning 
alohida turi.
ALMASHTIRISH SAMARASI - 1. Arzonlashgan tovarga talab miqdorining
o'zgarish ulushi. Bu hoi bir tovar o'rnini ikkinchi tovar bosganda ro'y 
beradi. 2. Ish haqining ortishi natijasida bo'sh vaqtning qisqarishi.
ALMASHTIRISHNING CHEGARAVIY ME’YORI - iste’molchi uchun
foydalilik darajasini o'zgartirmasdan bir ne’matni ikkinchi iste’mol 
ne’mati bilan almashtirish mumkin bo'lgan nisbat.
ALOHIDA BUYURTMALAR BO'YICH A KO'PLAB ISHLAB CHI­
QARISH, KASTOMIZATSIYA - mahsulotlarni keng ko'lamdagi 
tavsif va xossalarga ega qilib, shu bilan birga, alohida buyurtmachilar 
talablariga javob beradigan ommalashgan ishlab chiqarishdir.
ALOQA - boshqaruv tizimi elementlarining o'zaro hamkorligi uchun muhim
elementlardan biri bo'lib, uning vositasida ushbu tuzilma uchun 
ma’lum munosabatlar shakllanadi. 
\ \ 
U o


ALTERNATIV (MUQOBIL) GIPOTEZA - taqqoslanayotgan ikkita toplam
ko‘rsatkichlari orasida muhim farq mavjud deb aytilgan taxmin.
ALTERNATIV (MUQOBIL) QIYMAT - boshqa tovar va xizmatlarga
almashtirish uchun berilishi lozim bo'lgan tovar va xizmatlar 
miqdori.
ALTERNATIV XARAJATLAR - tanlashda voz kechilgan eng yaxshi alternativ
variantdan olinadigan natija (qiymat, foyda, naflik). Alternativ 
qiymatga foydalanilmagan imkoniyat deb ham qarashadi: biror 
ne’mat qiymatining voz kechilgan boshqa bir nechta ne’mat qiymati 
bilan ifodalanishi.
ALTERNATIV XARAJATLAR - ishlab chiqarish resurslaridan foydalanish
variantini tanlash bilan bog'liqxarajatlar (zararlar). Ushbu xarajatlar 
ishlab chiqarish resurslarini ishlatishning alternativ variantlaridan 
voz kechish natijasida yo'qotishlar bilan o'lchanadi. Masalan, faraz 
qilamizki, biror-bir shaxsning o ‘z ishlab chiqaradigan dastgohi bor. 
Uni ishlatishning ikkita muqobil varianti mavjud. Agar uni o‘zi 
ishlatsa, yiliga 100 ming, ijaraga bersa, 50 ming foyda ko'radi. U 
ikkinchi variantni tanlaydi, natijada 50 ming (100-50=50) yoqotadi. 
Xuddi ana shu 50 ming alternativ xarajatlarni tashkil qiladi.
ALTERNATIVA - bir-biriga qarama-qarshi, zid bo'lgan variantlardan birini
tanlab olish zaruriyatining ifodalanishi.
ALTERNATIV VARIANTLARDAN TANLOV - tanlab olingan variant
alternativ variantdan voz kechish evaziga amalga oshirilishini 
taqozo etuvchi qaror qabul qilish zarurati. Makroiqtisodiy atamalar 
doirasida iqtisodiy atamalar siyosatning chora-tadbirlar ishlab 
chiqish jarayonida u yoki bu g'oyalarning tanlov-muammolarini 
belgilash uchun ishlatiladi. Masalan, ishsizlikning o'sishi va 
inflyatsiya jadalligi, foydaning o'sishi yoki ish haqining oshishi 
orasidagi tanlov muammosi.
AMORTIZATSIYA FONDI - asosiy fondlarni oddiy va kengaytirilgan tarzda
takror ishlab chiqarishga mo'ljallangan pul mablag'lari.
AMORTIZATSIYA VOSITALARI - korxona asosiy fondlarini saqlash va
yangilash uchun maxsus ajratiluvchi moliyaviy vositalar.
AMORTIZATSIYA - l ) eskirishning qiymatdagi ifodasi bo'lib, asosiy vosita
aktivining butun xizmati davomida mahsulot ishlab chiqarish 
tannarxi va davr xarajatlariga qo shiladigan amortizatsiya qiymatini 
tizimli ko'rinishda taqsimlash; 2) asosiy fondlar qiymatini asta- 
sekinlik bilan ular yordamida ishlab chiqariluvchi mahsulot 
yoki xizmatlarga o'tkazilishi; mablag'laming maqsadli ravishda
18


jamg'arilishi va keyinchalik eskirgan asosiy fondlarning о 'mini 
qoplashga ishlatilishi. 1. Mashina, asbob-uskuna, bino va shu 
kabilarning eskirishiga qarab, ularning bahosini kamaytirib borish; 
ularning shu chegirilgan qiymatini ishlab chiqarilgan mahsulot 
tannarxiga qo'shib borish. 2. Alohida shaxs yoki tashkilotning o ‘z 
qarzini asta-sekin, darajama-daraja to'lash majburiyatidan qutulishi;
3. Qarz majburiyatining yo‘qotilishi, o'chirilishi oqibatida uning 
bekor qilinganligini tan olish.
AMORTIZATSIYA AJRATMALARI - ishlab chiqarish jarayonida amal
qiluvchi asosiy fondlar qiymatini mehnat mahsulotiga o'tkazishning 
pul shakli. Amortizatsiya ajratmalari mahsulotning tannarxiga kiradi. 
Mahsulot sotilganidan keyin tushgan mablag'ning amortizatsiya 
ajratmalariga teng bo'lgan qismi korxonalar hisob-kitobida pul 
zaxirasi sifatida jamg'ariladi va korxonalarning amortizatsiya 
fondini tashkil etadi.
AMORTIZATSIYA FONDI - mahsulotning tannarxi tarkibiga kiritiladigan
amortizatsiya ajratmalari hisobidan korxonada yaratiladigan 
(vujudga keltiriladigan, shakllantiriladigan) pul mablag'lari fondi.
AMORTIZATSIYALANADIGAN QIYMAT - moliyaviy hisobotlarda faraz
qilinayotgan (baholangan) tugatish qiymatini chegirgan holda 
ko'rsatilgan aktivning boshlang'ich (tiklash) qiymati summasi.
AMERIKA OPSIONI - uning ijro etilishiga kelishilgan sanagacha va kelishilgan
bo'lajak sanada istalgan vaqtda ruxsat etiladigan shartnoma.
AMORTIZATSIYA VOSITALARI - korxona asosiy fondlarini saqlash va
yangilash uchun maxsus ajratiluvchi moliyaviy vositalar.
ANANAVIY IQTISODIYOT - iqtisodiy tizim. Unda ishlab chiqarish
texnikasi, ayirboshlash, daromadlarni taqsimlash avloddan-avlodga 
o'tuvchi an analarga asoslanadi. Texnika taraqqiyoti va yangiliklarni 
tatbiq etish cheklangan, chunki ular ananalar bilan to'qnashib, 
ijtimoiy tuzilmaning barqarorligiga xavf soladi. Diniy va madaniy 
qadriyatlar iqtisodiy faoliyatga nisbatan birlamchi hisoblanadi. 
Jamiyat oldida turuvchi muammolar o'sha ananalar va urf- 
odatlar asosida hal etiladi. Bunday iqtisodiy tizim sust rivojlangan 
mamlakatlarga xosdir.
AN ANAVIY MARKETING TIZIM I - tovar tarqatish ishtirokchilarining to'la
mustaqilligiga asoslangan tizim.
ANALITIK HISOB - pul va zarur bo'lgan hollarda natura shaklida detallashgan
ko'rsatkichlarni beruvchi hisob. Ko'rsatkichlarni detallashtirish 
reja bajarilishi, xo'jalik mulki butligini nazorat qilish, boshqaruv


qarorlarini qabul qilish bo'yicha axborotlar olish uchun aniq 
sharoitlarga qarab belgilanadi. Korxonaning moliyaviy va 
boshqaruv faoliyatlarini tahlil qilish uchun obyektiv analitik 
ma’lumotlar kerak. Analitikhisobniyuritish uchun analitik schyotlar 
qo'llaniladi. Analitik hisob sintetik hisob bilan uzluksiz bog'langan 
bo'lib, uning ma’lumotlarini detallashtirish maqsadida yuritiladi. 
Analitik hisobda yozuvlar buxgalteriya hujjatlari va boshqa 
zaruriy ma’lumotlarga ishora qilinadi. Analitik hisob registrlari 
sifatida qo'llaniladigan buxgalteriya hisobi shakllariga ko'ra, 
mashinagrammalar, vedomostlar, jurnal-orderlar, kartochkalar, 
daftarlar bo'lishi mumkin.
ANALITIK HISOB SCHYOTLAR! - analitik hisob yurituvchi buxgalteriya
hisobi schyotlari. Ular ma’lum sintetik schyotning ko'rsatkichlarini 
detallashtirish uchun faqat murakkab sintetik schyotlarga ochiladi. 
Analitik hisob schyotlari sintetik hisob schyotlariga o'xshab debet va 
kreditga ega. Ular bo'yicha aylanmalari va saldosi chiqariladi. Bunda 
bir sintetik schyot bo'yicha ochilgan barcha analitik schyotlarning 
debet va kredit aylanmalarining jami hamda saldolarining jami so'm 
hisobida shu sintetik schyotning debet va kredit aylanmalari hamda 
saldosigatengbo'lishi kerak. Buxgalteriya hisobini takomillashtirish 
jarayonida analitik hisobni yuritishning samaraliroq prinsiplari 
ishlab chiqildi. Hisobning jurnal-order shaklida analitik hisob 
yordamchi (jamg'aruvchi) vedomostlarda yuritiladi, ayrim hollarda 
esa sintetik schyotlar bilan birga bir jurnal-orderda olib boriladi.
ANALITIK HISOB-KITOB - hisob-kitobni aniqlashtirish va rivojlantirish
maqsadida olib boriladigan xo'jalik subyektlari faoliyatini nazorat 
qilish, shuningdek, hisobotlar tuzish uchun zarur bo'lgan xo'jalik 
jarayonlari va mablag'lari aylanishining buxgalteriya hisob-kitobi.
ANALITIK SCHYOTLAR - sintetik schyotlardagi 

Yüklə 3,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin