Sh. I. Mustafakulov, O. A. Raximberdiyev, M. Sh. Egamberdiyeva iqtisodiy atamalarning



Yüklə 3,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/33
tarix28.11.2023
ölçüsü3,99 Mb.
#168794
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
Mustafaqulov Sh I va boshq Iqtisodiy atamalarning izohli lugati

qarang, pul agregatlari).
AGROBIZNES - qishloq xo'jaligidagi biznes. Keng ma’noda, bunga qishloq
xo'jaligi bilan shug'ullanuvchi biznes turlari kiradi.
AGROFIRMA - muayyan turdagi qishloq xo'jaligi mahsulotini yetishtirish va
uni sanoat asosida qayta ishlaydigan korxona.
AGROSANOAT BANKI - o' z mijozlarining topshiriqlariga ko‘ra, agrar sohaning
bozortuzilmalarinimoliyalashhamdaulargaqarzberishnitaminlash 
maqsadida tashkil etilgan Respublika aksiyadorlik-tijorat banki. 
U tugatilib, uning negizida “Paxtabank” “G'allabank” va boshqa 
ixtisoslashgan banklar tuzildi.
AGROSANOAT INTEGRATSIYASI - qishloq xo'jaligi bilan unga xizmat
qiluvchi va mahsulotni istemolchiga yetkazib beruvchi tutash 
tarmoqlar o'rtasida ishlab chiqarish aloqalarining rivojlanishi 
hamda ularning uzviy birikish jarayonidir.
AGROSANOAT MAJMUY1 (ASM) - qishloq xo'jalik mahsulotlarini yetish­
tirish, ularni saqlash, qayta ishlash va iste’molchilarga yetkazib 
berish bilan shug'ullanuvchi tarmoqlarning jami bo'lib, asosan, 
to'rt sohani o'z ichiga oladi. Birinchi soha - qishloq xo'jaligiga 
ishlab chiqarish vositalarini yetkazib beradigan sanoat tarmoqlari, 
shuningdek, qishloqxo'jaligidagiishlab chiqarishgatexnikaxizmatini 
ko'rsatadigan tarmoqlar. Ikkinchi soha - qishloq xo'jaligining o'zi. 
Uchinchi soha - qishloq xo'jaligi mahsulotlarini iste’molchilarga 
yetkazib berishni ta’minlaydigan (tayyorlash, qayta ishlash, saqlash, 
tashish, sotish) tarmoqlar. To'rtinchi soha - agrosanoat majmuyi 
tarkibida mahsulot ishlab chiqarish hamda kishilaming hayoti va 
faoliyatining umumiy sharoitlarini ta’minlaydigan infrastrukturalar.


AGROSANOAT BIRLASHMALARI - qishloq xo'jaligi, sanoat tarmoqlari,
qishloq xo'jaligiga xizmat ko'rsatuvchi va tijorat ishlari bilan 
shug'ullanuvchi korxonalar yig'indisi.
AGROBANK AKSIYADORLIK TIJORAT BANKI - iqtisodiyotning agrar
sektorini yanada barqaror rivojlantirish, qishloq xo'jaligida 
iqtisodiy islohotlami izchillik bilan chuqurlashtirib borish, 
fermerlik harakatini qo'llab-quwatlash, uning moddiy va moliyaviy 
bazasini mustahkamlash, qishloq xo'jalik ishlab chiqaruvchilariga 
qishloq xo'jalik mahsulotlarini chuqur qayta ishlovchi zamonaviy 
korxonalarni jadal barpo etish, yuqori sifatli, raqobatbardosh 
mahsulotlarni ishlab chiqarish bo'yicha zamonaviy texnologiyalar 
va uskunalarni tatbiq qilish hamda ichki bozorni mahalliy oziq- 
ovqat tovarlari bilan to'ldirishga yo'naltirilgan keng turdagi bank 
xizmatlarini ko'rsatish maqsadida 2009-yil 30-martda O'zbekiston 
Respublikasi Prezidentining “Agrobank” aksiyadorliktijoratbankini 
tashkil etish to'g'risida’ gi qarori asosida “Paxtabank” aksiyadorlik 
tijorat banki negizida tashkil etilgan.
AHAMIYATLI BAHOLASH - aniq qiymatni belgilash imkoni bo'lmaganda
yoki xo'jalik yurituvchi subyektga nisbatan mustaqil tashqi baholar 
mavjud bo'lmaganda, rahbariyat tomonidan hisoblab chiqilgan 
buxgalteriya hisoboti ko'rsatkichlari qiymati. Baholash qiymatiga 
rezervlar, fondlar va buxgalteriya hisobotining tartibga soluvchi 
moddalari kiradi.
AHAMIYATLILIK - potensial hamkorning qarorlariga ta’sir qiladigan va qilish
mumkin bo'lgan xo'jalik yurituvchi subyekt xo'jalik faoliyatining 
mulkdor o'lchovi yoki sifat bahosi.
AHOLI - o'zining hayotiy faoliyatini ma’lum ijtimoiy va hududiy jamoalar
doirasida amalga oshirayotgan insonlar guruhi.
AHOLI DAROMADLARI - aholining ma’lum vaqt davomida pul va natura
shaklida olgan daromadlari miqdoridan iborat. Aholi daromadlariga 
ish haqi, tadbirkor daromadi, pensiya, nafaqa, stipendiya, kapitaldan 
olinadigan foyda, puldan olingan foiz, dividend, renta, ko'chmas 
mulk,qishloqxo'jalikmahsulotlarivahunarmandchilikbuyumlarini 
sotish hamda har xil xizmatlar ko'rsatishdan olingan daromadlar.
AHOLI MIGRATSIYASI - lotinchada (migratio) ko'chish, ko'chirish ma’nosini
anglatadi. Turar joyi o'zgarishi bilan yakunlanadigan aholining 
hududiy harakati.
AHOLI TAKROR PAYDO B O ‘ LI SHINING BRUTTO KOEFFITSENTI -
bir ayolning butun umri davomida tuqqan o'rtacha qiz bolalar soni.
'I‘‘TP


Uni aniqlash uchun umumiy tug'ilish koeffitsenti 0,49 (barcha 
tug'ilganlar tarkibida qiz bolalar salmog'i)ga ko'paytiriladi.
AHOLI ZICHLIGI - muayyan hududda aholining joylashuv darajasi.
Mamlakat aholi sonini shu joy maydoniga (odatda, 1 km.ga) 
taqsimlash bilan hisoblanadi.
AHOLIGA TRANSFERTLAR - aholiga to'lanadigan majburiy to'lanmalar
(mamlakat qonunchiligiga muvofiq ravishda o'rnatilgan pensiyalar, 
stipendiyalar, nafaqalar,komp ensatsionvaboshqa ijtimoiy to'lovlar) 
ni moliyalashtirish uchun mo'ljallangan budjet mablag'lari.
AHOLINI IJTIMOIY HIMOYALASH - aholini bozori iqtisodiyotining salbiy
ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlaridan asrash, shu oqibatlarning aholi 
ahvoliga tasirini yumshatishdir. Aholining eng kam daromadga 
ega bo'lgan tabaqalari, ya’ni eng qiyin ahvolga tushib qolgan 
odamlarga amaliy yordam ко‘rsatish ijtimoiy himoyalash tizimining 
asosiy yo'nalishi hisoblanadi. Shu maqsadda pensiyalar, nafaqalar, 
stipendiyalar va ish haqining miqdori ancha oshiriladi. Vaqtincha 
ish bilan ta’minlanmagan shaxslarga ijtimoiy madad berishga katta 
e’tibor qaratilib, ularga maxsus nafaqa to'lanadi, ulami qayta о‘qitish 
va yangi kasblarga o'rgatish tashkil etiladi. Bozor munosabatlarini 
shakllantirishning yangi bosqichida ham aholining ijtimoiy jihatdan 
eng muhtoj tabaqalari va guruhlarini qo'llab-quwatlash awalgidek 
ijtimoiy siyosatning ustuvor yo'nalishi bo'lib qolaveradi.
AHOLINI ISH BILAN TA’MINLASH - fuqarolarning ehtiyojini qondirish
bilan bog'liq bo lgan, qonunlarga zid bo'lmagan ish haqi (mehnat 
daromadi) keltiradigan faoliyatdir.
AHOLI TAKROR PAYDO BO LISHINING NETTO KOEFFITSENTI -
butun umri mobaynida bir ayol tuqqan bolalarining o'rtacha soni. 
Ular onasi tuqqan vaqtidagi yoshigacha yashaganlar.
AHOLINING MEXANIK O'SISHI (KAMAYISHI) - yil davomida ko chib
kelganlar va ko'chib ketganlar o'rtasidagi farq.
AHOLINING MILLIY TARKIBI - muayyan hudud yoki mamlakatda
AHOLINING MINIMAL ISTE’M OL BUDJETI - har bir oila a’zosining ish
kuchini qayta tiklashi uchun zarur mablag' miqdori. Bunda zarur 
iste’mol mollarining, xizmatning miqdori va sifati e’tiborga olinadi 
va oilaning har bir a’zosiga pul birligida hisoblanadi.
AHOLINING PUL DAROMADLARI - ishchi va xizmatchilarning ish haqi
jamoa xo'jaligi a’zolarining mehnat haqi, ijtimoiy va shaxsiy


yordamchi xo'jaliklardan tushadigan pul va moddiy buyum 
shaklidagi daromadlar, ijtimoiy iste’mol fondidan to' lovlar (pensiya, 
nafaqa, stipendiya), zayom va lotoreyalarga yutuqlar, aksiyasi 
uchun olgan dividendi, jamg'arma bankiga qo'ygan omonatlaridan 
keladigan foizlar, sug'urta tushumlari va boshqa manbalardan hosil 
bo'ladigan hamda pul shaklida mehnatkashlar qo'liga tegadigan 
daromad va tushumlardir. Aholi pul daromadlarining asosiy 
manbayi ish haqidir.
AHOLINING REAL DAROMADLARI - narx darajasi o'zgarishini hisobga
olib, aholi ixtiyoridabo'lgan daromadga sotib olish mumkin bo'lgan 
tovar va xizmatlar miqdori, ya’ni aholining ixtiyorida bo'lgan 
daromadning xarid quwati.
AHOLINING TABIIY O'SISHI (KAMAYISHI) - yil davomida tug'ilganlar
va yil davomida o'lganlar o'rtasidagi farq.
AHOLINING XARID QOBILIYATI - aholining bozordagi vujudga kelgan
narx asosida mollarni, xizmatni xarid qilish imkoniyati. Aholining 
xarid qobiliyati bozor sig'imini belgilashda yetakchi o'rin egallaydi.
AJIOTAJ TALAB - bozordagi shov-shuv va vahima ta’siri ostida sun’iy paydo
bo'ladigan hamda shiddat bilan ortib boradigan talab. Ajiotaj 
talab odatdagi normal holatga nisbatan ortiq talab hisoblanadi. 
Bunday talab bir tomondan, aholi orasida mish-mishlar tarqatish 
va reklama vositasida muayyan tovarlarga o'ta ortiqcha baho berish 
orqali iste’molchi psixologiyasiga ta’sir etish yo'li bilan, ikkinchi 
tomondan, tovarlarga bo'lgan g'oyat katta qiziqish, qimmatchilik, 
qahatchilik, har xil shov-shuvlar ta’sirida puldan tezroq qutulish va 
tovar zaxirasini ko'paytirishga intilish oqibatida yuzaga keladi.
AKKREDITATSIYA TO'G'RISIDA GUVOHNOMA - Markaziy Bankning
Vakolatxona 
akkreditatsiyalangani 
va 
ro'yxatdan 
o'tganini 
tasdiqlovchi yozma hujjat.
AKKREDITIV (lot. accredo - ishonaman) - l) naqd pulsiz hisob-kitoblar olib
boriladigan bank hisob varag'i; 2) tomonlar o'rtasida tuzilgan 
shartnomaga ko'ra amalga oshiriladigan o'zaro hisob-kitob turi. 
Unda qarz beruvchi (kreditor) o'ziga tegishli to'lovlarni akkreditiv 
topshirig'ida ko'zda tutilgan shartlar va muddatlarda tegishli 
bank orqali olib turadi; 3) nomiga yozib berilgan shaxsga kredit 
muassasasidan ko'rsatilgan summani olish huquqini tasdiqlovchi 
qimmatbaho qog oz. Bundan tashqari akkreditivlar turli shaharlarda 
joylashgan korxonalarning mulkiy munosabatlarida (jo'natilgan 
mahsulodar uchun tovar-transport hujjatlari asosida haq to'lash), 
xalqaro hisob-kitoblarda (ayniqsa, mamlakatlararo eksport-import 
munosabatlarida) keng qo'llaniladi.


AKSELERATOR- 1. Sofinvestitsiyalar darajasi bilan yalpi ichki mahsulot (milliy
daromad)ning o'sish sur’atlari o'rtasidagi bog'liqlikni ifodalovchi 
iqtisodiy ко‘rsatkich. 2. Multiplikatorga teskari bo'lgan koeffitsient 
bo'lib, milliy daromad o'sishining investitsiya o'suviga tasirini 
ko'rsatadi (neokeynschilar qo'llagan).
AKSELERATOR QOIDASI - daromadning o'sishi (kamayishi) investitsiyalar
o'sishi (kamayishi)ga olib keladi, bu o'zgarish daromadlarning 
o'zgarishiga proporsional bo'ladi. Masalan, aholi daromadlarining 
o'sishi uning bir qismini jamg'arishga imkon beradi. Bu esa 
vaqtincha bo'sh pullarni banklar kredit berish orqali investitsion 
faollikni oshirishga imkon beradi. Yoki korxonalarning foyda 
miqdori oshishi, ularga ishlab chiqarishni rivojlantirishga ko'proq 
mablag' ajratishga sharoit yaratadi.
AKSEPT (lot. acceptus - rozilikberilgan) - l) pul, hisob-kit ob, tovar hujjatlarini
yoki tovar haqini to'lashga rozilik berish yoki to'lashga kafillik; 
2) taklif etilgan shartlarda shartnoma tuzishga rozilik. Aksept 
yetkazib berilgan tovarlar ichki va xalqaro tovar-pul muomalasida 
ko'rsatiladigan xizmat uchun haq to‘lash shakllaridan biri sifatida 
keng qo'llaniladi; 3) veksel, chek va boshqa qimmatbaho qog'ozlar, 
shuningdek, tovar hujjatlari bo'yicha hisob-kitob qilish shakli.
AKSEPTLASH (lot. acceptare - qabul qilish) - to'lov hisobini qabul qilish,
mol yetkazib beruvchi hisob-raqamiga to'lovni o'tkazishga rozilik 
berish.
AKSIKREATSIYA (lot. axio - qimmat, creatio - yaratish) - kishida (yoki tashkilot
miqyosida) yangicha qadriyatlar tizimini shakllantirish yoxud shu 
vaqtga qadar mavjud bo'lgan qadriyatlarni mohiyatan o'zgartirish, 
mazmunan yangilash, qayta ko'rib chiqish tizimi.
AKSIONER - aksionerlik jamiyatining aksiyalariga egalik qiluvchi jismoniy yoki
yuridik shaxs. Aksiyalar turli shakllarda bo'lishi mumkin.
AKSIONER QIMMATBAHO Q O G O ZL A R I - bozor muomalasidagi pul
hujjati bo'lib, hujjat egasining ushbu hujjatni chiqargan shaxsga 
nisbatan mulkiy huquqqa egaligini tasdiqlaydi.
AKSIONERLIK (PAYCHILIK) JAMIYATI - turli korxona, tashkilot, bank,
kompaniya va ayrim shaxslar pul mablag'larini sherikchilik asosida 
va sohibkorlik maqsadida birlashtiradigan jamiyat (korxona). 
Muomalaga nominal qiymati ko'rsatilgan aksiyalar chiqarish va uni 
sotish bunday jamiyat negizini tashkil etadi.
AKSIONERLIK 
JAMIYATI - xo'jalik yuritishning tashkiliy-huquqiy
shakllaridan biri. Uning kapitali aksiyalarni joylashtirish orqali


shakllanadi. Aksionerlik jamiyatlari pul jamg'ar malar ining ishlab 
chiqarish investitsiyalariga aylanishiga imkon beradi. Aksiyalarni 
chiqarish kapitalni mobilizatsiya (jalb) qilishning eng samarali 
shakllaridan biridir. Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda 
bu korxonalar faoliyat ko'rsatishining asosiy tashkiliy-huquqiy 
shakli hisoblanadi.
AKSIONERLIK JAMIYATLARI - mas’uliyati cheklangan firmalarning eng
keng tarqalgan shakli bo'lib, odatda, ко‘pro q foyda olish maqsadida 
moddiy, mehnat va pul resurslarini birlashtirgan uyushma 
hisoblanadi. Aksionerlik jamiyatlari ochiq va yopiq turda bo'ladi. 
Ochiq turdagi aksionerlik jamiyatida aksiyalarni erkin sotib olish va 
sotish mumkin. Yopiq turdagi aksionerlik jamiyatida esa aksiyalar 
bir necha kishilar (korxonalar)ga tegishli bo'lib, bozorda erkin sotib 
olinishi mumkin emas.
AKSIYA - frans. “action” so'zidan olingan bo'lib, aksiyador shirkat, jamiyat
chiqargan qimmatbaho qog'oz bo'lib, unga ega bo'lgan a’zoga 
jamiyatni boshqarishda qatnashish, foydadan ulushini olish va 
jamiyat tarqalib ketgan holda uning mol-mulklarini taqsimlashda 
qatnashish huquqini beradi. Aksiya qiymati aksiyadorlar tomonidan 
so‘m bilan yoki xorijiy valyutalarda to* lan is hi mumkin. Biror mulkni 
aksiyador jamiyat mulkiga o'tkazishi yoki uni foydalanishga berishi 
mumkin. Aksiyadorlar jamiyatining a’zolari aksiyalar qiymatini 
jamiyatga qaysi shakl va ko'rinishda to'lashlaridan qat’i nazar, u 
so'mda ifodalanadi. Aksiyaning eng kichik nominal qiymati 100 
so‘m. Aksiyadorlarga aksiyalarining nominal qiymati summasiga 
teng miqdorda sertifikat berilishi mumkin. Aksiya bo'linmasdir. 
Agar 1 ta aksiya bir necha kishiga tegishli bo'lsa ham ularning 
barchasi aksiyadorlar jamiyati tomonidan 1 ta a’zo sifatida tan olinadi 
va o'z huquqlarini umumiy vakil orqali amalga oshirishlari mumkin. 
Aksiyada quyidagilar ko'rsatilgan bo'lishi lozim: aksiyadorlar 
jamiyatining nomi va manzili; qimmatli aksiyalarning nazorat paketi 
- aksiya egasiga aksiyadorlar jamiyatida amaldagi hukmronligini 
ta’minlaydigan aksiyalar miqdori; u aksiyadorlar jamiyatining 
yig'ilishlarida hal qiluvchi ovozga ega bo'lish huquqini beradi. 
Aksiyalarning nazorat paketiga egalik qilish amalda aksiyadorlar 
jamiyatida hukmronlikni ta’minlaydi. Bozor iqtisodiyotiga o'tish 
bilan davlat ham yirik tashkilotlar aksiyalarining nazorat paketiga 
ega bo'lishi mumkin.
AKSIYA INDEKSLARI - ba’zi aksiyalar kursining o'zgarib borishini ko'rsa-
tadigan ruhiyat. Masalan, Dou-Djons indeksi; Nikkey indeksi 
(Tokiyo birjasi); DAX-30 indeksi (Frankfurt fond birjasi) va 
boshqalar.


AKSIYA KURSI - aksiyaning fond birjasida sotiladigan bahosi. Aksiya kursi
muayyan aksiya keltiradigan dividendning - daromadning ssuda 
prosentiga nisbati asosida belgilanadi.
AKSIYA NAZORAT PAKETI - aksiya egasiga aksionerlik jamiyatida
hukmronlikni 
ta’minlaydigan 
aksiya 
miqdori; 
chiqarilgan 
aksiyalarning umumiy summasida bir shaxs, kompaniya yoki 
davlatning yirik hissasi. Aksionerlik jamiyatining yig'ilishida hal 
qiluvchi ovozga ega bo'lish huquqini beradi.
AKSIYA PAKETI - sotib olingan aksiyalar miqdori.
AKSIYA, OBLIGATSIYA VABOSHQA QIMMATLI Q O G 'O ZLA R KURSI
- aksiya, obligatsiya va boshqa qimmatli qog'ozlarning fond 
birjasidagi bahosi. Kurs dividend, foiz miqdori ga to‘g‘ri va ssuda 
foizining darajasiga teskari proporsional bog'liqlikda bo'ladi.
AKSIYADORLIK JAMIYATI - aksiyadorlar va muassislar mablag‘i evaziga
shakllangan kapitalga ega bo'lgan huquqiy shaxs maqomiga ega 
kompaniya. Ishlab chiqarishni tashkil qilishning mablag'larni 
aksiya sotish yo'li bilan jalb etishga asoslangan shakli. Aksiyadorlar 
jamiyati yuridik shaxs hisoblanadi.
AKSIYADORLIK KAPITALI - aksiyadorlik jamiyatining asosiy kapitali, uning
hajmi Nizomda belgilab beriladi. Qarzga olingan mablag‘lar va 
aksiya chiqarish hisobiga shakllantiriladi.
AKSIYANING NOMINAL NARXI - aksiyaning aksionerlik jamiyati ta’sis
etilganda sotilgan dastlabki narxi.
AKSIYANING NOMINAL QIYMATI - hissadorlik jamiyati ta’sis etilganda
yig'iladigan aksiyaning qiymati.
AKSIZ - keng iste’mol tovarlari va xizmatlaridan olinadigan egri (bilvosita) soliq
turlaridan biri. Tegishli mahsulotning bahosi, xizmatning haqi yoki 
tarifhing tarkibiga kiritiladi. Odatda, yuqori rentabelli mahsulotlar 
ishlab chiqaruvchilarning yuqori foydasini budjetga olish uchun 
sotilayotgan mahsulotlarning sotish bahosiga davlat tomonidan 
o'rnatiladi. O'zbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqarilgan 
va import qilingan aksiz to'lanadigan mahsulotlarga aksiz solig'i 
solinadi. Aksiz to'lanadigan tovarlar ishlab chiqarayotgan yoki 
bunday mahsulotlarni import qilayotgan yuridik va jismoniy 
shaxslar budjetga aksiz solig'ini to'laydi. Aksiz to'lanadigan tovarlar 
ro'yxati va aksiz solig'i stavkalari O'zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Bunday tovarlar jumlasiga 
ichimlik spirti, aroq, likyor-aroq mahsulotlari, uzum vinosi, 
kon’yak, shampan vinosi, pivo, ikra, tamaki mahsulotlari, yengil va


yuk avtomobillari, zeb-u ziynat buyumlari, neft va neft mahsulotlari 
hamda shu kabilar kiradi. O'zbekiston Respublikasida ishlab 
chiqarilgan aksiz to'lanadigan tovarlar uchun ularning qo'shilgan 
qiymat solig'i hisobga olinmagan holdagi (aksiz solig'i summasini 
o'z ichiga olgan) qiymati yoki mahsulotning tabiiy hajmi soliq solish 
obyekti hisoblanadi. Ushbu soliq davlatga shunday mahsulot ishlab 
chiqaruvchilar va sotuvchilar tomonidan to'lanadi hamda narxning 
oshirilishi bilan aholi gardaniga yuklatiladi. Sigaret, aroq, tuz, choy 
kabi mahsulotlar aksiz solig'i obyektidir. Masalan, sigaretning narxi 
50 so'm bo'Isa, unga davlat 10 so'm aksiz solig'i soladi, natijada u 
60 so'mdan sotiladi va 10 so'm davlat budjetiga daromad sifatida 
tushadi.
AKSIZ SOLIG'I - ishlab chiqarish korxonalarida yaratilgan yoki eksport va
import qilingan ba’zi tovarlar qiymatining bir qismini majburiy 
budjetga to'lovdir.
AKSIZ SOLIG'I OBYEKTI - O'zbekiston Respublikasi hududida ishlab
chiqarilgan tovarlar, eksport va import qilingan ba’zi tovarlar 
oboroti.
AKSIZOSTI MAHSULOTLAR - ularga nisbatan aksizlar o'rnatilgan
(

Yüklə 3,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin