Dividend– aktsionerlik jamiyati sof foydasidan aktsiya egalariga to’lanadigan qismi bo’lib, u aktsionerlarga naqd pul yoki aktsiyalar bilan to’lanadiJamg’arish – ixtiyordagi daromadni bir qismi bo’lib, u oxirgi iste’mol maqsadlari uchun sarflanmaydi, balki jamg’arish uchun sarflanadi. Kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni amalga oshirish maqsadida asosiy fondlar, aylanma mablag’lar va moliyaviy aktivlar hajmi orttiriladi.
MHT ta’rifiga asosan jamg’arish – bu barcha moliyaviy (mavjud pul mablag’lari, depozitlar, qimmatli qog’ozlar, zayomlar, kreditlar va h.k.) aktivlarni va material aktivlarni o’sishini anglatadi.
Institutsion birliklar – aktivlarga egalik qilish, majburiyatlar olish, iqtisodiy faoliyat yuritish va boshqa birliklar bilan operatsiyalar o’tkazish huquqiga ega bo’lgan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar.
Iste’mol – ijtimoiy ishlab chiqarish jarayonining oxirgi fazasi, ijtimoiy mahsulotdan aholini iqtisodiy talablarini qondirish jarayoni.
Iste’mol baholari indeksi– iste’mol savatiga kiritilgan tovar va xizmatlar bahosining u yoki bu davrdagi o’rtacha o’zgarishini ifodalovchi indeks. U odatda Leypeyres formulasi bo’yicha aniqlanadi.
Ish kuchiga sarflangan harajatlar – ish beruvchilar tomonidan ish kuchini yollash va uni asrash bilan bog’liq bo’lgan harajatlar yig’indisi.
Ishsizlik darajasi– ishsizlik sonining iqtisodiy faol aholi soniga nisbati. 16 va undan yuqori yoshdagilar, lekin ishga ega bo’lmaganlar, faol ish qidirayotganlar, ishni boshlashga tayyor turganlar ishsizlar deb ataladi.
Ish haqi – joriy davrda ish beruvchi tomonidan yollangan xodimga bajargan ishlari uchun berilgan pul yoki natura usulidagi to’lovlar bo’lib, ular hisoblangan summalar yig’indisidan tashkil topadi va ikki qismga bo’linadi: ish haqqi va ijtimoiy sug’urtaga ajratmalar.
Ishlab chiqarish – ma’lum davrda alohida xo’jalik yurituvchi sub’ektlar tarmoqlar va iqtisodiy sektorlar tomonidan ishlab chiqarilgan mol va xizmatlar qiymati.
Ikkilamchi deflyator usuli – qo’shilgan qiymati o’zgarmas baholarda qayta baxolash usuli bo’lib, uning uchun avval ishlab chiqarish va oraliq iste’mol deflyatorlanadi, so’ngra birinchisidan ikkinchisi ayriladi.
Ishlab chiqarish va import solig’i – davlat tomonidan ishlab chiqaruvchi birliklardan tovar va xizmatlar ishlab chiqargani yoki ishlab chiqarish omillaridan foydalangani uchun olinadigan soliqlar – majburiyat, qaytarilmas to’lovlardir. Ularga mahsulotlar ishlab chiqarishga bo’lgan soliqlar va import soliqlar kiradi.
Ishchi kuchi bozori – ish kuchining egasi va ish beruvchilar orasidagi ijtimoiy munosabatlar tizimi.
Iqtisodiy faol aholi – o’z ish kuchini tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarish uchun taqdim etgan doimiy aholining bir qismi (ayollar, erkaklar) bo’lib, ular band aholi va ishsizlarga bo’linadilar.
Iqtisodiyot aktivlari – ob’ektlar bo’lib, ularga institutsion birliklar yakka holda yoki jamoa bo’lib egalik qilish huquqiga ega bo’ladilar. Ularning egalari ma’lum vaqt davomida ularga egalik qilishdan yoki ulardan foydalanishdan iqtisodiy naf ko’radilar. Iqtisodiy aktivlar-moliyaviy va nomoliyaviy aktivlarga bo’linadi. Nomoliyaviy aktivlarga ishlab chiqarilgan (asosiy fondlar, material aylanma mablag’lar, boyliklar) va ishlab chiqarilmagan (er, er osti qazilma boyliklar, o’rmon resurslari, patentlar, litsenziyalar va h.k.) aktivlar kiradi. Moliyaviy aktivlarga ega monetar oltin, mavjud pul va depozitlar, qimmatli qog’ozlar, ssudalar, debitor va kreditor qarzlari kiradi.
Iqtisodiyotning real sektori – iqtisodiyotning bevosita moddiy ne’matlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatish bilan bog’liq sohasi bo’lib, u o’z ichiga sanoat, qishloq xo’jaligi, qurilish, transport, aloqa tarmoqlarini oladi.