Sh. Maxmudov «statistika» fanidan o’quv uslubiy majmuasi


Daromad solig’i – fuqarolarni bir yil davomidagi yalpi daromadidan olinadigan majburiy to’lov (soliq)



Yüklə 3,56 Mb.
səhifə176/180
tarix16.12.2023
ölçüsü3,56 Mb.
#181369
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   180
portal.guldu.uz-Statistika O`UM

Daromad solig’i – fuqarolarni bir yil davomidagi yalpi daromadidan olinadigan majburiy to’lov (soliq).
Daromad solig’i stavkalari – aholi daromadlaridan tabaqalashtirilgan holda olinadigan soliqlarning foizlardagi darajalari.
Dastur kadrlar tayyorlash milliy modelini ro’yobga chiqarishni, har tomonlama kamol topgan, jamiyatda turmushga moslashgan, ta’lim va kasb-hunar dasturlarni ongli ravishda tanlash va keyinchalik puxta o’zlashtirish uchun ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, psixologik-pedagogik va boshqa tarzdagi sharoitlarni yaratishni jamiyat, davlat va oila oldida o’z javobgarligini his etadigan fuqarolarni tarbiyalashni nazarda tutadi.
Davlat byudjetining taqchinligi – harajatlar summasining daromadlar summasidan ortiq bo’lishi.
Doimiy baholar – ba’zi baho sifatida olingan qandaydir joriy davr bahosi; Uni fizik hajm indikatorini aniqlash uchun ishlatiladi. Ular odatda 5 yilda bir o’zgartiriladi.
Deflyatsiya inflyatsiya davrida muomaladagi qog’oz pulni kamaytirish. Davlat tomonidan muomaladagi pul miqdorini kamaytirishga qaratilgan moliya va pul - kredit tadbirlarini qo’llash orqali amalga oshiriladi.
Diversifikatsiya – (lotinchadan diversus- har xil va facere-qilmoq, bajarmoq)ishlab chiqarishning samaradorligini oshirish, mahsulot va xizmatlarni sotish bozorlarini kengaytirish maqsadida tarmoq va korxonalar faoliyat sohalarini kengaytirish, mahsulot va xizmatlar assortimentlarini ko’paytirish.
Diversifikatsiya strategiyasikorxona faoliyatini mavjud mahsulotlar va bozorlar turini kengaytirish orqali rivojlanish strategiyasidir. Diversifikatsiya strategiyasi korxonalarning ishlab chiqarish va tijorat faoliyatini rivojlantirishning eng etakchi zamonaviy tendentsiyalardan biri hisoblanib, u orqali korxonalarni bozor sharoitida vujudga keladigan turli qaltisliklarga bo’lgan raqobatbardoshligini oshiradi. Diversifikatsiya strategiyasi – korxonalarda yangi mahsulotlar liniyalarini ishga tushirish, qo’shma korxonalar tuzish, boshqa korxonalarni sotib olish va boshqa turli uslublarda amalga oshirishi mumkin.

Yüklə 3,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   180




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin