Shaxsga yo’naltirilgan ta’lim. O’z mohiyatiga ko’ra ta’lim jarayonidagi barcha qatnashchilarni to’laqonli rivojlantirishni ko’zda tutadi. Bu esa o’qitish jarayonini individuallashtirish va differentsiyalashdan tashqari ta’lim olayotgan shaxsning kasbiy-psixologik xususiyatlari va qobiliyatlarini hisobga olishni anglatadi.
Tizimli yondashuv. Ta’lim texnologiyasi jarayonning mantiqi, uning barcha qismlari o’zaro bog’liqligi va to’liqligi kabi tizim belgilariga ega bo’lishi lozim.
Faoliyatga yo’naltirilgan yondashuv. O’qitishni shaxsning protsessual xislatlarini shakllantirish, ta’lim oluvchining faoliyatini faollashtirish va jadallashtirish, o’quv jarayonida uning barcha xususiyatlari, imkoniyatlari va tashabbuslarini ochib berishga yo’naltiradi.
Dialogik yondashuv. Ta’lim jarayoni qatnashchilari bo’lgan sub’ektlarning psixologik birligi va o’zaro aloqasini belgilab beradi, u tufayli shaxsning o’z qobiliyatlarini ko’rsatish bo’yicha ijodiy jarayoni kuchaytiriladi.
Hamkorlikdagi ta’limni tashkil etish. O’qituvchi va ta’lim oluvchining munosabatlarida tenglik, hamkorlik, demokratiya tamoyillarini amalga oshirish, birgalikda faoliyat mazmuni va maqsadlarini ishlab chiqish, erishilgan natijalarni baholashga alohida e’tibor qaratish zarurligini nazarda tutadi.
Muammoli ta’lim. Bu ta’lim jarayonini muammolar asosida taqdim etish asosida ta’lim oluvchilar bilan faol aloqada bo’lish shakllaridan biri bo’lib, bunda fan va bilimdagi ob’ektiv ziddiyatlarni aniqlash va ularni hal qilish bo’yicha mustaqil ijodiy-o’rganish faoliyati, dialektik fikrlashni shakllantirish va rivojlantirish, ularni amaliy faoliyatda ijodiy qo’llash ta’minlanadi.
Axborotni taqdim qilishning zamonaviy vositalari va usullarini qo’llash– bu yangi kompyuter va axborot texnologiyalarini o’quv jarayonida qo’llashdir.
Yuqorida keltirilgan kontseptual qoidalarga asoslanib, «Korxona iqtisodiyoti» fanining maqsadi, strukturasi, mazmuni va hajmidan kelib chiqqan holda o’quv rejasida belgilangan vaqt va berilgan sharoitlarda mazkur fan bo’yicha davlat ta’lim standarti asosida qo’yilgan maqsadlarga erishishni ta’minlovchi axborot va boshqaruv, o’qitish usul va vositalari tanlab olindi:
o’qitish usullari va texnikasi: diskussiya, keys-stadi, muaamoli usul, o’qituv o’yinlari, «aqliy hujum», Insert, «birgalikda o’qiymiz», Pinbord, ma’ruza (ekspert taklif qilib, konferentsiya, kirish, mavzuiy, vizualizatsiya, muayyan vaziyat tahlili bilan, yakuniy);
o’qitishni tashkil etish shakllari: frontal o’qitish bilan bir paytda dialog va polilog, muloqot, hamkorlik va birgalikda o’qishga asoslangan jamoaviy va guruh bo’lib o’qitish;
o’qitish vositalari: an’anaviy o’qitish vositalari (darslik, ma’ruzalar matni, tayanch konspekt, kodoskop) bilan birga grafik organayzerlar, kompyuter va axborot texnologiyalari;
kommunikatsiya usullari: tezkor qaytuvchan aloqa asosida talabalar bilan bevosita aloqa;
Qaytar aloqalarning (ma’lumotning) usul va vositalari: kuzatuv, blits-so’rov, joriy, oraliq va yakuniy nazorat natijalari tahlili asosida o’qitish diagnostikasi;
boshqaruv usullari va vositalari: o’quv mashg’ulotlarini o’quv mashg’uloti bosqichlari, o’qituvchi va ta’lim oluvchining qo’yilgan maqsadlarga erishish bo’yicha birgalikda harakatlarini belgilab beruvchi texnologik kartalar ko’rinishida rejalashtirish, nafaqat auditoriya ishlari, balki mustaqil ishlarni ham nazorat (joriy, oraliq, yakuniy) qilish;
monitoring va baholash: o’quv mashg’uloti jarayonida (o’quv vazifalari va testlarning bajarilishini baholash, har bir o’quv mashg’ulotida ta’lim oluvchining faoliyatini reyting aossida baholash) bo’lgani kabi, butun kurs davomida o’qitish natijalarini reja asosida kuzatib borish (reyting baholari asosida har bir ta’lim oluvchining joriy, oraliq va yakuniy natijalarini baholash).