Интернет сайтлари
|
|
8
|
www.economics.ru, www.ziyonet.uz
|
|
9
|
www.ved.ru, www.marketing.ru
|
|
10
|
www.ser.uz, www.brand.uz
|
|
11
|
www.uza.uz
|
|
12
|
www.ifmr.uz
|
|
13
|
www.Lex.uz
|
|
Рейтинг назоратлари графиги
Фан бир ўқув йилида ва бир семестрда ўқитилади. Электрон таълим тизими талабларидан келиб чиққан ҳолда битта блок-модулдан иборат ва қуйидаги рейтинг назоратлари графиги белгиланди:
№
|
Рейтинг назорат /шакли, максимал баллари
|
1-ОН
|
2-ОН
|
ЯН
|
1.
|
Максимал баҳо
|
5
|
5
|
5
|
2.
|
Шакли:
(оғзаки, тест, ёзма)
|
Оғзаки
(3 тадан услубий топшириқ берилади. Ҳар бир топшириқ 5 баҳо)
|
Оғзаки
(3 тадан услубий топшириқ берилади. Ҳар бир топшириқ 5 баҳо)
|
Ёзма (3 савол, хар биттаси 5 баҳо)
|
3.
|
Муддати (ҳафталарда)
|
8
|
16
|
21
|
Баҳолаш мезонлари:
Амалий машғулотларини бажаришда олинган баҳолар оралиқ назоратда инобатга олинади.
Оралиқ назорат оғзаки (3 савол, хар биттаси 5 баҳодан баҳоланади) шаклда ўтказилади. Барча саволларга тўғри жавоб берилса, 5 баҳо билан баҳоланади.
Якуний назорат вариантлари маъруза ва амалий машғулотлар мавзуларини қамраб олган ҳолда шакллантирилади. 3 та саволдан иборат вариантлар асосида ёзма иш ўтказилиб, ҳар бир савол 5 баҳо билан баҳоланади ва 3 та савол бўйича ўртача чиққан баҳо билан баҳоланади.
Талабаларни ўзлаштиришини баҳолаш:
5 баҳо “аъло”
фанга оид назарий ва услубий тушунчаларни тўла ўзлаштира олиш;
фанга оид асосий кўрсатгичларни билиш ва баҳолаш;
берилган саволарга батавсил жавоб бериш ва мазмунини тўла ёритиш;
фикрни илмий-назарий адабиётлар ёрдамида асослаш;
барча амалий кўникма ва малакаларни ўзлаштириш;
назарий билимларни турли вазиятда қўллай олиш;
тизимли ёндошиш, узвийликка амал қилиш.
4 баҳо “яхши”
фанга оид асосий кўрсатгичларни билиш ва баҳолаш;
фанга оид асосий кўрсатгичларни билиш ва баҳолаш;
тизимли ёндошиш, узвийлика амал қилиш;
асосий амалий кўникма ва малакаларни ўзлаштириш;
назарий билимларни турли вазиятда у ёки бу қўллай олиш даражада.
3 баҳо “қониқарли”.
фанга оид асосий кўрсатгичларни билиш ва баҳолаш;
фанда тизимли ёндоша олмаслик;
айрим амалий кўникма ва малакаларни ўзлаштириш;
назарий билимларни турли вазиятда у ёки бу қўллай олиш даражада.
2 баҳо “қониқарсиз”.
Ўрганилаётган жараёнлар ҳақида мустақил фикр юрита олмаслик;
фанда тизимли ёндоша олмаслик;
асосий амалий кўникма ва малакаларни ўзлаштира олмаслик.
“STATISIKA” FANI BO’YICHA TA’LIM TEXNOLOGIYALARINI ISHLAB CHIQISHNING KONTSEPTUAL ASOSLARI
O’zbekiston Respublikasida iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiya qilish, sohalarni texnik va texnologik qayta jihozlash va jahon standartlariga mos mahsulotlar ishlab chiqarish, tadbirkorlikni rivojlantirish va yangicha tashkiliy tuzilmalarni shakllantirish bilan bog’liq ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlar mos ravishda iqtisodiyot sohalari uchun mutaxassis kadrlarni yangi talablar va uslublar asosida tayyorlash, ularga zamonaviy bilimlarni berish dolzarb masalalarni asoslab beradi. Shunday ekan, O’zbekiston yosh, rivojlanayotgan mamlakatlar ichida birinchilardan bo’lib ta’lim tizimini isloh qilishga kirishdi va Respublikamizda kadrlar tayyorlash «Milliy dastur»i va «Ta’lim to’g’risidagi» qonunlar qabul qilindi.
«Ta’lim to’g’risida»gi qonun, Prezidentimizning «O’zbekiston XXI asrga intilmoqda» kitobi, Oliy majlisning birinchi sessiyasida qilgan ma’ruzalaridan kelib chiqib, respublikamizda kasb yo’nalishlari bo’yicha mutaxassis kadrlar tayyorlashga alohida e’tibor berilmoqda.
Bu sohada, ya’ni kadrlar tayyorlash va ta’lim samaradorligini oshirishda bir qator loyihalar, iqtisodiy ta’lim islohotlari amalga oshirilmoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning kishilarning umumta’lim va professional malaka darajasini oshirish, yangi talablar asosida kishilarning savodxonligini oshirish, uzluksiz ta’lim tizimini joriy qilish borasidagi tashabbuslari negizida iqtisodiy sohalarda etuk mutaxassislar va raqobatbardosh kadrlar tayyorlash orqali tarmoqlardagi o’sish parametrlarining yaxshilanishiga erishilmoqda.
Ma’lumki, uzluksiz va uzviylik ta’lim tizimida ortiqcha takroriylikka chek qo’yib, eng avvalo, jamiyatning ma’naviy va intellektual salohiyatini kengaytiradi, qolaversa, davlatning ijtimoiy va ilmiy–texnik taraqqiyotini takomillashtirish omili sifatida ishlab chiqarishning barqaror rivojlanishini ta’minlaydi. Pedagogik texnologiyalarning rivojlanishi va ularning ta’lim – tarbiya jarayoniga kirib kelishi oqibatida, shuningdek axborot texnologiyalarining tez almashinuvi va takomillashuvi jarayonida har bir inson o’z kasbiy tayyorgarligini, mahoratini kuchaytirish imkoniyati yaratildi.
Ta’limning barcha bosqichlariga oid umumiy pedagogik va didaktik talab talaba (yoki o’quvchi)ning dasturiy bilim, tasavvur va ko’nikmalari asosida mustaqil ishlash samaradorligini takomillashtirish, ilmiy fikrlashga, o’quv faniga qiziqishni kuchaytirish, kasbiy bilimlarini faolligini oshirishdan iboratdir. Iqtisodiy ta’limda pedagogika tajribasi, zamonaviy pedagogik texnologiyalarining talaba (yoki o’quvchi)larni fanlarga qiziqtirishga, ularning mustaqil ishlashda faolliklarini oshirishda imkoniyati cheksiz ekanligi tasdiqlanmoqda.
Ta’limning bugungi vazifasi o’quvchilarni kun sayin oshib borayotgan axborot–ta’lim muhiti sharoitida mustaqil faoliyat ko’rsata olishga, axborot oqimidan oqilona foydalanishga o’rgatishdan iboratdir. Buning uchun ularga uzluksiz ravishda mustaqil ishlash imkoniyati va sharoitini yaratib berish zarur. Aytish lozimki, ta’lim sohasi jamiyat hayotining iqtisodiy sohasida o’ziga xos muhim ahamiyat kasb etsa, ta’lim faoliyati esa, jamiyat iqtisodiy rivojlanishining muhim bir bo’lagi hisoblanadi. Shu sababli, iqtisodiy ta’lim jarayonini texnologiyalashtirish, aniq vazifalarni qo’ygan holda, dars mashg’ulotlarining usul va vositalarini to’g’ri tanlash orqali shaxsning intellektual salohiyati va ijodiy qobiliyatini rivojlantirish, jamiyatdagi har bir fuqaroning iqtisodiy bilim va malakasini oshirish, tezkor ta’lim uchun shart-sharoit yaratish mumkin.
Iqtisodiy ta’lim-tarbiya kishilarning iqtisodiy tafakkuri, axloqiy va ishchanlik sifatlarini, tadbirkorlik ko’nikmalarini rivojlantirish, ijtimoiy faolligini oshirishga imkon beradi; iqtisodiy ta’lim-tarbiya natijasida ularda tashabbuskorlik, tejamkorlik, jamoat mulkiga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo’lish ko’nikmalari shakllanadi, o’z-o’ziga talabchanlik va mas’uliyat hissi ortadi. Iqtisodiy tarbiya natijasida texnologik jarayonlar va jihozlarning yangilanishi, yuqori sifatli mahsulotlar tayyorlash, shaxsiy muvaffaqiyat va farovonlikka olib keladi.
Yuqoridagilardan kelib chiqqagan holda «Statistika nazariyasi» fani bo’yicha o’qitish texnologiyalarini loyihalashtirishda kontseptual yondashuvlarni ajartib ko’rsatamiz:
|