Statistikada grafiklarning roli va ahamiyati izohlash.
Identiv o’quv maqsadlari:
Grafiklar haqida tushuntirib bera oladi.
Statistikada grafiklarning roli va ahamiyati izohlash.
2-asosiy savolning bayoni:
Grafik – bu statistik ma’lumotlarni ta’sirchan va jozibali qilib tasvirlaydigan geometrik shakldir
Statistik ma’lumotlarni keng omma uchun tushunarli, ta’sirchan, diqqatga sazovor va lo‘nda qilib bayon etish juda muhimdir. Grafik usuli ana shu maqsad uchun xizmat qilib, amalda keng qo‘llanadi.
Statistikada grafiklar deganda ijtimoiy hayot haqidagi ma’lumotlarni shartli olingan me’yorda tuziluvchi har xil geometrik shakl va chiziqlar, predmetlarning tasvirlari (suratlari) hamda geografik xaritalarda nishonlangan shartli belgilar yordamida tasvirlash tushuniladi. Ular kishining diqqatini o‘ziga tez jalb etish bilan birga ma’lumotlarni esda yaxshiroq saqlash, to‘laroq va chuqurroq tasavvur qilishga imkon beradi. Shuning uchun grafiklar iqtisodiy, madaniy va umuman ijtimoiy taraqqiyotning barcha sohalarida erishilayotgan yutuqlarimizni ommalashtirishda muhim qurol vazifasini o‘taydi.
Shunday qilib, statistik ma’lumotlarni grafiklarda tasvirlash natijasida ularni soddalashtirish, ayonlashtirish, umumlashtirish, yakunlashtirish va pirovardida tasavvurimizni boyitish kabi muhim fazilatlarga ega bo‘lamiz.
Bu usul turli hodisalarni taqqoslashda, ularni dinamikasi va o‘zaro bog‘lanishlarini tahlil qilishda,rejalarni, davlat buyurtmalarini bajarish ustidan nazoratni amalga oshirishda, o‘rganilayotgan murakkab to‘plamlarning tuzilishini tekshirishda, ayrim voqealarning yoyilish ko‘lamini tasvirlashda qo‘llanadi.
3-savol bo’yicha dars maqsadi:
Grafiklarning turlari haqida tushuntirib bera oladi.