Sh. Maxmudov «statistika» fanidan o’quv uslubiy majmuasi


Inqirozga qarshi mo’ljallangan choralar dasturi – O’zbekiston Respublikasi



Yüklə 3,56 Mb.
səhifə179/180
tarix16.12.2023
ölçüsü3,56 Mb.
#181369
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   180
portal.guldu.uz-Statistika O`UM

Inqirozga qarshi mo’ljallangan choralar dasturi – O’zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan 2009-2012 yillarga mo’ljallanib inqirozga qarshi ishlab chiqilgan choralar dasturi bo’lib, mazkur dasturda talabni rag’batlantirishga yo’naltirilgan bir qator moliyaviy imtiyozlar va barqaror iqtisodiy o’sish sur’atlarini ta’minlovchi chora-tabdirlar majmui o’z aksini topgan.
Makroiqtisodiy ko’rsatkichlarmamlakat yaxlit iqtisodiyoti darajasidagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayon va hodisalarni o’lchash va baholash imkoniyatini beruvchi ko’rsatkichlar. Masalan, yalpi ichki mahsulot, milliy daromad, iqtisodiy o’sish, ishsizlik, inflyatsiya darajasi va boshqalar.
Modernizatsiya – ob’ektni takomillashtirish, yaxshilash, yangilash, uni yangi talab va me’yorlarga, texnik shart-sharoitlarga, sifat ko’rsatkichlariga moslashtirish.
Mehnat bozori – mehnatga qobiliyatli aholining ish bilan band bo’lgan va band bo’lmagan qismlari va ish beruvchilar o’rtasidagi munosabatlarni hamda ularning shaxsiy manfaatlarini hisobga oluvchi shartnomalar asosida ishchi kuchi xarid qilish - sotishni amalga oshiruvchi, shuningdek, unga bo’lgan talab va taklif o’rtasidagi nisbatlarni bevosita tartibga soluvchi, bozor iqtisodiyotining murakkab, ko’p aspektli, o’suvchi va ochiq ijtimoiy-iqtisodiy tizimchasidir.
Mehnat haqi – joriy davrda ish beruvchi tomonidan yollangan xodimga bajargan ishlari uchun berilgan pul yoki natura usulidagi to’lovlar bo’lib, ular hisoblangan summalar yig’indisidan tashkil topadi va ikki qismga bo’linadi: ish haqi va ijtimoiy sug’urtaga ajratmalar
Mamlakatning iqtisodiy hududi – shu mamlakat hukumati tomonidan boshqariladigan hudud bo’lib, uning chegarasida fuqarolar, tovarlar va kapitallar erkin harakat qila oladi.
Mexnat resurslari balansi – mavjud mehnat resurslari va ularni faoliyat turlari va sohalari bo’yicha taqsimlanishni ifodalovchi ko’rsatkichlar tizimi.
Milliy hisoblar – buxgalteriya schyotiga o’xshash formadagi jadvallar tizimi bo’lib, u YaIMni ishlab chiqarish, taqsimlash va oxirgi foydalanish jarayonini xarakterlaydi.
Milliy hisoblar tizimi (MHT) – makro darajada bozor iqtisodiyotini yoritish va tahlil qilish uchun foydalaniladigan o’zaro bog’langan ko’rsatkichlar va tavsifnomalar tizimi. Uning asosida yirik iqtisodchi olimlar D. Keys, Dj. Xiks tomonidan yaratilgan siyosiy iqtisod yo’nalishlari yotadi.
Milliy boylik – kishilik avlodi mehnati tufayli va foydalanish mumkin bo’lgan tabiiy boyliklar yig’indisidan tashkil topadi. Mehnat natijasida paydo bo’lgan ishlab chiqarish vositalari va iste’mol buyumlaridan iborat noz-ne’matlar yig’indisi milliy mulk deb ataladi.
Mahsulotlarga soliqlar – rezidentlar tomonidan ishlab chiqarilgan va sotilgan yoki import qilingan mol va xizmatlarga mutanosib ravishda olinadigan soliqlar. Ularga masalan, qo’shilgan qiymat solig’i, aktsiz, bojxona to’lovlari va h.k.lar kiradi.
Nominal ish haqi – pul formadagi ish haqi, faqat pul hajmini ifodalaydi, uning sotib olish qobiliyatini hisobga olmaydi.
Oxirgi iste’mol uchun qilingan harajatlar – uy xo’jaligi a’zolari rezidentlarning iste’mol tovarlari va xizmatlar sotib olish uchun qilingan harajatlari, shuningdek davlatni boshqarish organlari va uy xo’jaliklariga xizmat ko’rsatuvchi notijorat tashkilotlarning yakka tartibli va jamoa is’temoli uchun qilgan harajatlari yig’indisi. harajatlarni bunday guruhlash oxirgi iste’molni kim tomonidan moliyalashtirilishini ko’rsatadi.
Oraliq iste’mol – ishlab chiqarish jarayonida butunlay to’liq ishlatilgan mol va xizmatlar qiymati.
Real ish haqi – mavjud iste’mol baholariga nisbatan tuzatish kiritilgan pul formadagi ish haqi. Unga qancha tovar va xizmatlarni sotib olish mumkinligini ko’rsatadi.
Rezidentlar – nisbatan uzoq vaqt davomida hududida iqtisodiy qiziqishi bo’lgan institutsion birliklar (korxonalar, tashkilotlar, uy xo’jaliklari va h.k.lar).
Rentabellik – korxona faoliyatining foydalik darajasi. Uning to’rt xil ko’rsatkichi mavjud: korxona aktivlari rentabelligi, xususiy kapital rentabelligi va sotilgan mahsulot rentabelligi. Bu ko’rsatkichlarni balansdagi (sof) foyda ko’rsatkichini korxona aktivlarining o’rtacha yillik qiymati, muomalaga chiqarilgan aktsiyalar miqdori, xususiy kapital miqdori va sotilgan mahsulot tannarxiga nisbati bilan aniqlanadi.
Sektor – institutsion birliklar yig’indisi bo’lib, ularning maqsadi, moliyalashtirish manbalari va funktsiyalari bir xil bo’ladi, natijada ularning iqtisodiy hulqi ham o’xshashib ketadi.
Soliqlar – bular majburiy, qaytarilmaydigan to’lovlar. Ular davlat organlari tomonidan ishlab chiqarish birliklaridan tovar va xizmatlarni ishlab chiqarganlari uchun yoki ishlab chiqarish omillaridan foydalaganlari uchun olinadi.
Subsidiyalar – joriy to’lovsiz, qaytarilmaydigan to’lovlar bo’lib, ular davlatni boshqarish organlari tomonidan ma’lum iqtisodiy-ijtimoiy siyosatni amalga oshirish uchun qilinadi: mahsulotlar va importga subsidiyalar, ishlab chiqarishga subsidiyalar va h.k.
Sof kreditlash (qarz olish) – nomoliyaviy aktivlarni sotib olish uchun moliyalashtirish mablag’larining, sof xarajatlarga nisbatan ortiqligi (defitsitligi). Uning hajmini aniqlash uchun yalpi asrash bilan yalpi jamg’arish va erlarni va nomaterial aktivlarni sof sotib olish plyus «qolgan dunyo» kapital transfertlari orasidagi farqqa teng. Makrodarajadagi sof kreditlash yoki sof qarz olish mamlakatning «boshqa dunyo»ga bergan yoki «boshqa dunyo»dan olgan sof resurslari hajmini ko’rsatadi.
Soliqlarni unifikatsiya qilish soliq mexanizmini soddalashtirish maqsadida iqtisodiy mohiyati, soliqqa tortish ob’ekti o’xshash bo’lgan soliq turlarini birxillashtirish.
Tannarx – mahsulot ishlab chiqarish va sotish uchun ketgan barcha xarajatlarning qiymati.
Turmush darajasi – aholining zaruriy, moddiy va nomoddiy ne’matlar hamda xizmatlar bilan ta’minlanganlik hamda ularni iste’mol qilish darajasi.
To’lov balansi – mikroiqtisodiy statistikaning muhim bo’limi; Shu mamlakat va boshqa dunyo rezidentlari orasidagi barcha tashqi iqtisodiy operatsiyalar haqidagi ma’lumotlarni ma’lum tizimga keltiradi.
Transfertlar – daromadlar va boyliklarni qayta taqsimlashni ifodalaydigan ko’rsatkich; U bir institutsional birlik tomonidan ikkinchisiga tekinga berilgan pullar, tovarlar, xizmatlar yoki aktivlarni ifodalaydi. Ular joriy va doimiyga yoki pul formadagi va natural formadagi transfertlarga bo’linadi.
Tug’ilish va vafot etishning umumiy koeffitsenti – joriy yilda tirik tug’ilganlar soni bilan vafot etganlar sonini mavjud bo’lgan o’rtacha yillik aholi soniga bo’linadi va promilleda (1000 kishiga nisbatan) ifodalanadi.
Tug’ilish koeffitsentining yig’indisi - har bir yosh guruxi bo’yicha hisoblangan tug’ilish koeffitsentlarining yig’indisi; bir ayol butun umri mobaynida tuqqan bolalar sonini ifodalaydi.
Tarmoqlararo balans – MHTning muhim bo’limi bo’lib, uning yordamida tarmoqlararo aloqalar, oraliq iste’mol, tarmoqlar ishlab chiqarishi va talabi orasidagi murakkab bog’lanishlar tadqiq qilinadi.
Fisher indeksi – Laypeyres va Pashe indekslari asosida tortilgan o’rtacha geometrik sifatida hisoblanadigan indeks. U YaIM xalqaro miqyosida solishtirishda keng qo’llaniladi.
To’xtovsiz inventarizatsiya usuli – asosiy fondlarning tiklashdagi bahosini aniqlash uchun (u yoki bu kunga nisbatan). Buning uchun baho indekslari yordamida investitsiyalarning tiklashdagi bahosi aniqlanadi.
Uy xo’jaligi – umumiy yashash sharoitlarini va ayrim tovar va xizmatlarni birgalikda iste’mol qilish uchun o’z daromadlarini va moddiy boyliklarini birlashtirgan shaxslar guruhi.
Foyda va aralash daromadlar – yalpi qo’shilgan qiymatning bir qismi bo’lib, u ishlab chiqaruvchilar ixtiyorida ish haqi, ishlab chiqarish va import solig’ini to’lagandan so’ng qoladi. Bu modda mulkdan olgan daromadni hisobga olmagan holda ishlab chiqarishdan olingan foyda yoki zarar summasini ifodalaydi. Bu uy xo’jaliklariga qarashli nokorparativ korxonalarda bu mulk egasi va tadbirkor daromadidan ajratib bo’lmaydigan mehnat uchun to’lovlar elementini ham o’z ichiga oladi. Shuning uchun uni aralash daromad ham deyiladi.
Foyda – korxona va tijorat tashkilotlarining ishlab chiqarish va xo’jalik faoliyatining oxirgi moliyaviy natijasi. Balansdagi foyda korxonaning mahsulot (xizmat) larini, ortiqcha asosiy fondlarning va boshqa mulklarni sotishdan oladi. Sotishdan tashqari operatsiyalardan olingan daromadlar (zarardan tashqari) ham shu ko’rsatkich tarkibiga qo’shiladi.
Fond bozori – qimmatli qog’ozlar va boshqa moliyaviy vositalarning oldi-sotdi jarayonlari amalga oshiriluvchi maxsus tashkillashtirilgan bozor.
Xalq xo’jaligi balansi (XXB) – sobiq SSSR va sotsialistik mamlakatlarda qo’llanilgan tizim bo’lib, unda makroiqtisodiy ko’rsatkichlar tizimi o’z aksini topgan. XXB markscha kengaytirilgan takror ishlab chiqarish ta’limotiga asoslangan.
Yalpi milliy daromad (YaMD) - shu mamlakat rezidentlarining shu mamlakatning va xorijiy mamlakatlarning YaIMni yaratish davomida olgan birlamchi daromadlari (mulkdan olgan soliq bilan birga)ning yig’indisi.
Yalpi milliy ixtiyoridagi daromad (YaIMD) - shu mamlakat rezidentlari tomonidan olingan birlamchi daromadlar va sof joriy transfertlar yig’indisi.
Yalpi qo’shilgan qiymat (YaQQ) - alohida olingan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar, tarmoqlar va iqtisodiy sektorlarning faoliyati natijasi bo’lib, uning hajmi yalpi ishlab chiqarish va oraliq iste’moli orsidagi farqqa teng.
Yalpi ichki mahsulot deflyatori - yalpi ichki mahsulot uchun aniqlangan baho indeksi; Uni aniqlash uchun yalpi ichki mahsulot qiymat indeksini, YaIMning fizik hajm indeksiga nisbatan olinadi.
Shaxsiy daromad – jismoniy shaxslarning soliq to’lagunga qadar daromadi.

Yüklə 3,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   180




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin