Sh. Saidahmatov 2021 yil Geografiya fanidan ishchi o’quv dasturi


Geografiya fanini o’qitishning maqsad va vazifalari



Yüklə 0,86 Mb.
səhifə3/18
tarix22.05.2022
ölçüsü0,86 Mb.
#58989
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
22-kurs dastur 206-207[2]

Geografiya fanini o’qitishning maqsad va vazifalari
Geografiya o’quv fanini o’qitishning asosiy maqsadi:
o‘quvchilarda tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy obyekt, jarayon va hodisalar, jahon va O‘zbekistonning tabiiy sharoiti, aholisi va iqtisodiyoti, jamiyat va tabiatning o‘zaro aloqadorligi, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, ishlab chiqarishni ratsional tashkil etish, global va regional muammolar haqida tushunchalarni shakllantirish, tahliliy fikrlashga o‘rgatish, olgan nazariy bilimlarini amalda qo‘llash ko‘nikmalarini rivojlantirishdan iborat.
Geografiya fanini o’qitishning asosiy vazifalari:
Yer sayyorasi, dunyoning yirik mintaqa va davlatlari, O‘zbekiston Respublikasi tabiati, aholisi hamda iqtisodiyoti haqidagi tizimli va majmuali bilimlarni tarkib toptirish;
geografik makonning global va regional miqyosidagi hududiy tabaqalanish qonuniyatlarini tushuntirish;
joy nomlari va geografik atamalarni to‘g‘ri qo‘llash ko‘nikmalarini shakllantirish;
hozirgi zamon jamiyat va tabiat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarining mohiyati va xususiyatlari to‘g‘risida tasavvur hosil qilish, yosh avlodning ekologik madaniyatini, milliy boyliklarga nisbatan tejamkorlik munosabatini o‘stirish;
turli axborot manbalaridan foydalangan holda, tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy obyekt va hodisalarni tavsiflash, geografik xaritalar, statistik va grafik ma’lumotlar bilan ishlashning amaliy ko‘nikmalarni tarkib toptirish;
o‘quvchilarni Vatanga mahabbat, milliy iftihor, fuqarolik mas’uliyati ruhida tarbiyalash.
Shakllantiriladigan tayanch kompetentsiya elementlari
Kommunikativ kompetentsiya ijtimoiy vaziyatlarda yeng avvalo tilida hamda birorta xorijiy tilde o’zaro samarali muloqatga kirisha olish, muloqatda muomala madaniyatiga amal qilish, ijtimoiy moslashuvchanlik, hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish layoqatini nazarda tutadi.
Axborot bilan ishlash kompetentsiyasi mediya manbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olish, saralash, qayta ishlash, saqlash, ulardan samarali foydalana olish ularning xavfsizligini ta’minlash ko’nikmalarini yegallashni hamda mediya madaniyatga yega bo’lishni nazarda tutadi.

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin