O’z ozini rivojlantirish kompetentsiyasi doimiy ravishda o’z o’zini jismoniy ma’naviy, ruxiy va intellektual rivojlantirish, kamolotga intilish, hayot davomida mustaqqil o’qib o’rganish bilim va tajribani mustaqil ravishda muntazzam oshirib borish, o’z hatti harakatini adekvat baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko’nikmalarini yegallashni nazarda tutadi.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetentsiyasi jamiyatda bo’layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga dahldorlikni his yetish va ularda faol ishtirok yetish, o’zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish unga rioya qilishi mehnat va fuqarolik munosabatlarida muamala va huquqiy madaniyatga yega bo’lisg layoqatini nazarda tutadi.
Milliy va umummadaniy kompetentsiyavatanga sadoqatli, insonlarga mehr oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga ye’tiqodli bo’lishni, badiy va san’at asarlarini tushinish, orasta kiyinish, ma’daniy meyorlarga va sog’lom turmush tarziga amal qilish layoqatini nazarda tutadi.
Matematik savodxonlik fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo’lish hamda foydalanish kompetentsiyasi aniq hisob kitoblarga asoslangan xolda shaxsiy, oilaviy, kasbiy va iqtisodiy rejalarni tuza olish, kundalik faoliyatda turli formula, model, chizma va diagrammalarni o’qiy olish, inson mehnatini yengillashtiradigan mehnat unumdorligini oshiradiga qulay shart sharoitga olib keladigan fan va texnika yangiliklaridan foydalana olish ko’nikmalarini nazarda tutadi.
O’quv predmetining asosiy bo’limlari
Geografiya o’quv kursining asosiy bo’limlari quyidagicha: