114
nutq yetakchi rol oʻynaydi. Grammatik konstruksiyalar ham
murakkablashib boradi,
chunki, agar, qachonki
kabi bogʻlovchilarni
ishlata boshlaydilar. Bu bolaning tafakkur jarayonlari murakkablashib
borayotganligini va bu nutqda oʻz
ifodasini topayotganligini
koʻrsatadi. Bola nutqining rivojlanish jarayoni oʻz vaqtida toʻgʻri
kechishi uchun maxsus sharoitlar zarurdir. Buning uchun: bola ruhiy
va jismoniy jihatidan sogʻlom boʻlishi, normal
aqliy qobiliyatga ega
boʻlishi, normal eshitish va koʻrishi, yetarli darajada ruhiy faollikka
ega boʻlishi, gaplashish ehtiyojiga ega boʻlishi, toʻgʻri
nutq muhitiga
ega boʻlishi lozim. Bolada nutqning normal rivojlanishi,
unga doimo
yangi tushunchalarni oʻzlashtirib olishga, atrof- olam haqidagi bilim
va tasavvurlarini kengaytirishga imkoniyat yaratadi.
Shunday qilib,
nutq, uning rivojlanishi tafakkurning rivojlanishi bilan uzviy
bogʻliqdir.
4.5.2-rasm. “Rasmga qarab nomla” mashqi
Bola nutqini boyitish
boʻyicha
qoʻllaniladigan
innovatsion
texnologiyalar:
Qoʻgʻirchoqni
kiyintiramiz”,
“Nimadan nima boʻladi?”, “Nima boʻladi, agar ...”, Kimda
115
qanday buyum”, “Tez javob ber” oyinlarini oʻtkazish va
ishlanmalar tayyorlash
Taʻlim-tarbiya tizimini takomillashtirish
bevosita zamonaviy
pedagogik texnologiyalarni amaliyotga samarali joriy etish darajasi
bilan bogʻliqligini inkor etib boʻlmaydi. Pedagogik texnologiyani
joriy
qilishni innovatsiya jarayoni deb qarash mumkin. Zamonaviy axborot
texnologiyaning bolalar jamoasida muvaffaqiyatli joriy qilinishi va
yaxshi samara berishi bir qator omillarga bogʻliq.
Dostları ilə paylaş: