Sh. Sh. Olimov, Sh. X. Samiyeva


Badiiy adabiyot bilan tanishtirish



Yüklə 6,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə66/141
tarix22.09.2023
ölçüsü6,11 Mb.
#147040
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   141
Jnnavatsion ta\'lim

 6. Badiiy adabiyot bilan tanishtirish.
Bolalar badiiy adabiyoti 
keng tarbiyaviy vazifalarni amalga oshirishga va bola shaxsini
har jihatdan kamol toptirishga yordam beradi. U bolaning kishilar
hayoti haqidagi bilimlarini kengaytiradi, emotsional taassurotlarini 
boyitadi. Kichik hajmdagi sheʻrlarni intonatsiyalarga rioya qilib 
yodlab olish va taʻsirchan qilib aytib berish va h.k. Bola hikoya, 
sheʻr, ertak tinglayotganida quvonadi, huzurlanadi. Bu emotsional 
taʻsirlanish ularda badiiy adabiyotni estetik idrok etish, yaʻni uni 
sanʻat ertaki sifatida his etish qobiliyatining paydo boʻlishiga, unda
axloqiy sifatlarning shakllanishiga yordam beradi. Tarbiyachi 
bolalarni badiiy ertak bilan tanishtirar ekan, har bir bolada kitobga 
nisbatan qiziqish va muhabbatni tarbiyalashi kerak. 
7. Bolalarni savodli oʻqishga tayyorlash
. Bolada toʻgʻri ogʻzaki
nutqni rivojlantirish boshqalarni tinglay olish, ular nutqining
mazmunini tushunish, zarur boʻlganda oʻrtogʻining javobini 
toʻldirish yoki toʻgʻrilashda muhim manbalardan biri hisoblanadi.
Nutq asosida bolalar uchun tahlil predmeti boyib boradi, bu esa 
bolalardan zoʻr aqliy kuchni talab etadi.
Oʻyin orqali bola tafakkurini va nutqini oʻstirish hamda 
soʻzlashishga oʻrgatuvchi oʻyinli texnologiyalardan foydalanish 
Bolaning nutqi kattalar nutqi asosida rivojlanib boradi.
Nutqning toʻgʻri shakllanishi atrofdagilar nutqiga, nutqiy tajribaga, 
toʻgʻri nutq muxiti va taʻlim-tarbiyaga bogʻliq. Nutq tugʻma qobiliyat 
emas, balki hayot davomida bolaning jismoniy va aqliy rivojlanishi 


112 
bilan bir qatorda shakllanib boradi. Nutq buzilishlarini oʻrganish,
tushunish uchun bola nutqining normal rivojlanish yoʻlini, bu
jarayonning oʻziga xos xususiyatlarini, nutqning muvaffaqiyatli
shakllanishida katta rol oʻynovchi sharoitni bilish lozim. Nutq
kamchiliklarini bartaraf etishda toʻgʻri va aniq tarbiyaviy-tuzatish 
ish rejasini tuzish uchun bola nutqining rivojlanish qonuniyatlarini 
yana bir karra bilish zarur hisoblanadi. Mualliflar bola nutqining
shakllanish davrlarini turlicha koʻrsatadilar, ularni har xil
nomlaydilar va har birining yosh chegaralarini turlicha 
ifodalaydilar.
Bola tugʻilran daqiqadan boshlab ovoz chiqaradi. Bu ovoz 
qichqiriq va yigʻidan iborat boʻladi. Toʻgʻri, bu ovoz odam nutqidan 
uzoq. Lekin, ana shu qichqiriq va yigʻi nutq apparatining 3 boʻlimini 
(nafas olish, ovoz hosil boʻlish, artikulyatsion) rivojlanishda katta rol 
oʻynaydi. Ikki hafta oʻtgach, bola gapirayotgan odamning ovoziga 
eʻtibor bera boshlaydi. Unga gapirayotganda quloq soladi, yigʻlashdan 
toʻxtaydi. Bu davrda lugʻat boyligining oʻsishi davom etadi.
Bolaning 4-6 yoshida uning lugʻat boyligi oʻsib borishi bilan 
birgalikda nutqning grammatik tomoni ham rivojlanib boradi. Bola 
hayotining 4-yiliga kelib, ular oʻz nutqlarida sodda va murakkab 
gaplarni qoʻllay boshlaydilar. 5 yoshga kelib esa qoʻshma gaplardan 
erkin foydalana oladilar. 5 yoshli bolalar qoʻshimcha savollarsiz 
hikoya va ertaklarni aytib berish qobiliyatiga ega boʻladilar. Bu 
davrda fonematik idrok sezilarli darajada rivojlanadi. Bola avval unli 
va undoshlarni, soʻng sonor, shovqinli tovushlarni ajrata boshlaydi.
4 yoshli bola barcha tovushlarni ajrata olishi, unda fonematik 
idrok shakllangan boʻlishi lozim. Bu vaqtga kelib, tovushlarni toʻgʻri 
talaffuzning shakllanishi tugallanadi va bola har tomonlama toʻgʻri 
aniq gapira oladi. 7 yoshdan 17 yoshgacha boʻlgan davrning oʻziga 
xos tomoni shundaki, bolalar nutqining rivojlanishi oldingi davrlarga 
nisbatan ongli ravishda roʻy beradi. Nutq faoliyatini amalga oshirish 
bolalarning yosh toifasiga qarab farqlanadi: 


113 

Yüklə 6,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   141




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin