108
Nazorat uchun savol va topshiriqlar
1. Maktabgacha yoshdagi bolalarni atrof-olam
bilan tanishtirishning
maqsad va vazifalarini yoriting.
2. Kasb hunarga oʻrgatuvchi “Doʻkon”, “Dehqon bobo”, “Pochta”,
“Chevar”, “Hamshira” oʻyinlari ishlanmasini tuzing.
3. Atrof-olam bilan tanishtirish boʻyicha “Haydovchi”, “Oʻqituvchi”,
“Bozor- bozor”, “Oshpaz”, “Bogbon”, “Kim chaqqon” mavzusida
oʻyin namunalari tayyorlang va izohlab bering.
4.5. Nutq, muloqotga oʻrgatishda innovatsion texnologiyalardan
foydalanish. Oʻyin orqali bola tafakkurini va nutqini oʻstirish
hamda soʻzlashishga oʻrgatish
Reja
1.
Nutq, muloqotga oʻrgatishda
innovatsion texnologiyalardan
foydalanish
2.
Oʻyin orqali bola tafakkurini va nutqini oʻstirish
hamda
soʻzlashishga oʻrgatuvchi oʻyinli texnologiyalardan foydalanish
3.
Bola nutqini boyitish boʻyicha
qoʻllaniladigan
innovatsion
texnologiyalar:
Qoʻgʻirchoqni
kiyintiramiz”, “Nimadan nima
boʻladi?”, “Nima boʻladi, agar ...”, Kimda qanday buyum”, “Tez
javob ber” oyinlarini oʻtkazish va ishlanmalar tayyorlash
Nutq, muloqotga oʻrgatishda innovatsion texnologiyalardan
foydalanish
Maktabgacha taʻlim muassasalarida taʻlim-tarbiya
berishda eng asosiy vazifalardan biri bolalarga ona tilini oʻrgatish,
nutqini rivojlantirish, nutqiy munosabatga, muomalaga oʻrgatishdir.
Nutq oʻstirish
uslubiyoti pedagogik fan bolib, Maktabgacha taʻlim
yoshidagi bolalarda nutqni shakllantirishga qaratilgan pedagogik
qonuniyatlarni oʻrganadi.
Nutq oʻstirish uslubiyoti vazifasi oʻz
ichiga bir qancha
maxsus xususiy vazifalarni ham qamrab olgan:
1. Bolalarlarni tevarak-atrof bilan tanishtirish davomida
Dostları ilə paylaş: