Sh. Sh. Olimov, Sh. X. Samiyeva



Yüklə 6,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə71/141
tarix22.09.2023
ölçüsü6,11 Mb.
#147040
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   141
Jnnavatsion ta\'lim

Tarbiyalanuvchilar: 
Bular qargʻalar. 
Tarbiyachi: 
Xa bu qargʻalar. Ular dala va bogʻlarda yashaydilar. 
Tarbiyachi: 
Qargʻalar foydali qushmi? 
Tarbiyalanuvchilar: 
Ha qargʻalar foydali qush. 
Tarbiyachi: 
Qargʻalar qanday qagʻillashadi? Qargʻalarni 
kuzatganmisiz, ular tumshugʻida inlariga nimalarni tashiydilar? 
Bugun men sizga aqlli qargʻa haqidagi ertakni oʻqib beraman. 
Diqqat bilan eshitsangiz, nima uchun uni aqlli qargʻa deb 


118 
nomlanganini bilib olasiz. Tarbiyachi hikoyani ifodali qilib oʻqib 
beradi va hikoya asosida savollar beradi? 
-
Hikoya nima haqida ekan? (qargʻa). Qargʻa suvsirab uchib 
yurganda nimaga oʻzi tushdi? (koʻzachadagi suvga). Suvni icha 
oldimi? Nima qildi? 
Savol-javoblardan soʻng tarbiyachi ertakni yana bir bor aytib 
beradi va bolalardan ertakni takrorlashlarini soʻraydi. Bolalarning 
hikoyalarini baholashda ertak mazmunini gapirishiga, shoshilmay bir 
tekisda ravon bayon eta bilishlariga eʻtibor beradi. 
Tetiklashtiruvchi mashq: 
“Qargʻalar” oʻyini
.
Tarbiyachi bolalarni uch guruhga boʻladi.
Birinchi guruh archalar.
Ikkinchi guruh qargʻalar,
uchinchi guruh itlar boʻlishadi.
Birinchi guruh bolalari archalarni tasvirlab qoʻllarini pastga 
tushirgan holda doira boʻlib turadilar va “Yashil archa tagida qargʻalar 
qagʻillashmoqda” deydilar. Ikkinchi guruh qargʻalar doira ichiga 
sakrab-sakrab kirishadi va “Qar-qar- qar...” deb qagʻillashadi. 
Tarbiyachi: mana itlar kelishdi va qargʻalar uchib ketishdi”-deb 
aytishi bilan uchinchi guruh itlar doiraga “RRRR”deb irillab yugurib 
kelishadi va qargʻalarning ketidan quvishadi. Ushlangan qargʻalar itlar 
boʻlishadi. Oʻyin to ikkita - uchta chaqqon qargʻa qolguncha davom 
etadi. 

Yüklə 6,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   141




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin