120
rivojlantirishga doir quyidagi vazifalarni muvaffaqiyatli hal etish
lozim:
1) tovushlarni toʻgʻri talaffuz qilishni shakllantirish (bolada
avvalo, nutqni eshitish shakllanadi, keyinroq
taqlid asosida talaffuzni
egallaydi);
2) aniq talaffuzni hosil qilish (soʻz va soʻz birikmalarini dona-
dona va aniq talaffuz qilish);
3) soʻzni talaffuz qilganda urgʻuni toʻgʻri qoʻyish ustida ishlash;
4) nutqni orfoepik jihatdan toʻgʻriligi ustida ishlash;
5) nutq surʻatini rivojlantirish;
6) nutqning ifodaliligini
shakllantirish;
7) nutqiy aloqa koʻnikmalarini shakllantirish;
8) eshitish koʻnikmalarini shakllantirish;
9) toʻgʻri nafas
olishni shakllantirish;
10) oʻz fikrini erkin va izchil bayon etish koʻnikmasini
shakllantirish.
Maktabgacha taʻlim yoshidagi bolalar nutqini rivojlantirishda
tovush madaniyati alohida oʻrin tutadi. Nutqning tovush madaniyati
oʻz mohiyatiga koʻra nutq madaniyatining tarkibiy qismidir.
Maktabgacha yoshdagi bolalarda nutqning
tovush madaniyatini
shakllantirish uchun quyidagi vazifalarni hal etish lozim:
1) bolalarning fonematik eshitishi, mazkur surʻat va ohangni
idrok
eta olish qobiliyatini hikoya, badiiy ertak, tarbiyachining
tushuntirishi asosida asta-sekin rivojlantirib borish;
2)
taqlidiy
harakatlar
asosida
artikulatsion
apparatni
rivojlantirish;
3)
iboralar
vositasida
erkin
gapira
olish
qobiliyatini
shakllantirish;
4) muomala sharoitiga bogʻliq ravishda
ovoz balandligi yoki
pastligini boshqara olishni tarbiyalash;
5) ona tilidagi barcha tovushlarni toʻgʻri talaffuz qilishga
oʻrgatish;
6)
har bir tovush, shuningdek, soʻz va iboralarni aniq va ravon
talaffuz qilish;
7) soʻzlarni adabiy til qoidalariga
muvofiq talaffuz qilishga
oʻrgatib borish;
8) syujetli rolli faoliyat asosida nutqning maromli surʻatini
shakllantirish;
121
9) nutqning ohangdor va ifodali boʻlishiga erishish.
Dostları ilə paylaş: