Qayerda?, Qachon?, Nima?, Qanday?; sintaksisni rivojlantirish uchun esa keng fikr bildirish,
motivatsiyani yaratish:
Qanday qilsak boʻladi?, Bittami yoki koʻpmi?, Yordam ber kabi oʻyinli-muloqot mashqlari orqali erishish
muhim. Maʻlumki, bolalar oʻz iqtidoriga qarab turlicha darajada
rivojlanadi va oʻz navbatida pedagogdan ham bosqichli rahbarlik
xususiyatini talab qiladi.
Bola hayotining beshinchi yilida bolada gap va soʻz hosil qilish
va soʻz ijodkorligi shakllantirilsa, oltinchi yilda – gap tarkibini eng
oddiy tahlil qilish, nutqning grammatik toʻgʻriligini shakllantirishga
(soʻz oʻzgartirishda); yettinchi yilda – hosila soʻzlar (qoʻl+qop,
asal+ari, sakkiz+oyoq) oʻrtasidagi munosabatlarni oddiy tahlil
qilishga, nutqiy ijodkorlikka alohida eʻtibor berishi lozim.
Didaktik oʻyinlar va soʻz-mashqlar bolalarning tilga oid
koʻnikmalarini, ularning grammatik faolligini ragʻbatlantirishning
muhim vositasidir. Pedagog bolalarga soʻz birikmasini oʻylab koʻrish,
soʻngra gapda soʻzlarni bir-biri bilan toʻgʻri bogʻlash qobiliyatini
oʻrgatishi zarur. Bolalar fikrlarida murakkab sintaktik tuzilmalarni
shakllantirishni yozma nutq vaziyatida, yaʻni bola matnni aytib
turadigan, katta yoshlilar esa, uni yozib boradigan vaziyatda amalga
oshirish
tavsiya
etiladi.
Bolaga
bir
turdagi
tuzilmalardan
foydalanmagan
holda soʻzlarning toʻgʻri tartibini
qoʻllashni
oʻrganishda yordam beradigan mashqlarga alohida eʻtiborni qaratish
zarur. Muhimi, bolada gap tarkibi haqida va har xil turdagi gaplarda
soʻzlardan
toʻgʻri
foydalanish
haqida
oddiy
tasavvurlar
shakllanishidir.
Buning
uchun
bolalarga
gapda
soʻzlarni
biriktirishning turli usullarini, soʻzlar oʻrtasidagi ayrim mazmunli va
grammatik bogʻliqliklardan foydalanishni hamda gapni intonatsion
jihatdan rasmiylashtirishni oʻrgatish zarur. Shunday qilib, nutqning
grammatik
tizimini
shakllantirish
jarayonida
muloqotchanlik
koʻnikmasi shakllanadi, muayyan muloqot va ravon monologik
fikrlarni tuzish jarayonida til vositalarini ongli ravishda tanlash
imkoniyati taʻminlanadi.