125
ettirishlari kerak: mu-shuk, ech-ki, qoʻl-qop, som-sa va hokazo. Oʻyin
shu tarzda davom etadi.
Toʻgʻri taʻlim berilgan taqdirda yetti yoshga kelib bola ogʻzaki
nutqni egallaydi hamda katta yoshli yaqinlari va tengdoshlari bilan
erkin
muloqotga kirisha oladi; dialogda tashabbus koʻrsatib fikr
bildiradi, suhbatdoshi eʻtiborini oʻziga jalb qilish, unga soʻz, harakat
va soʻzsiz usullar bilan javob bera olishni biladi; fikrlarini toʻliq va
notoʻliq oddiy gaplar, qisqa matnlar shaklida ifodalay oladi; – tanish
ertaklarni hikoya qilib berish, multfilmlar,
kitoblar mazmunini aytib
berish hamda biron-bir voqeani toʻqib chiqarishga qiziqa boshlaydilar;
– fikr bildirishlarda nutqning turli qismlarini, tashbehlar, qiyoslashlar
va sinonimlarni qoʻllaydi; – nutqqa tanqidiy munosabat bildira
boshlaydi, grammatik jihatdan toʻgʻri soʻzlashga intiladi, shu tufayli
soʻz toʻqish barham topadi, agrammatizmlar soni kamayadi; ona
tilidagi barcha tovushlarni toʻgʻri talaffuz etadi. Bolalardagi koʻplab
nutqiy muloqot va koʻnikmalar mashgʻulotlardan tashqarida
shakllanadi.
Oʻyin faoliyati mobaynida pedagog ularda mustaqil nutqiy
faoliyatni shakllantiradi. Bolalarda lugʻat, mashgʻulotlarda olingan
bilim mustahkamlanadi va faollashadi. Oʻyinlarda
pedagogning
ishtirok etishi lugʻatning boyishiga, nutqiy muloqot madaniyatini
tarbiyalashga yordam beradi. Qurilishga oid oʻyinlarni tashkil etish
jarayonida tarbiyachi bolalar uchun qiyin boʻlgan soʻzlarning (sifatni,
miqdorni, hajmni va narsalarning fazoda joylashuvini belgilash va
boshq.)
katta
guruhini
aniqlashtiradi,
faollashtiradi.
Matnli,
harakatchan musiqiy oʻyinlar, sahnalashtirish oʻyinlari bola nutqining
ifodaliligini shakllantirish, toʻgʻri surʻat, nafas olish, yaxshi diksiyani
mashq qilishda yordam beradi. Koʻpgina oʻyinlar jarayonida bolalar
badiiy matnlar bilan tanishadilar, esda saqlab qoladilar va ularni
mustaqil ravishda qoʻllay boshlaydilar. Didaktik oʻyinlar yordamida
bolalarda atrof-olam haqidagi
bilimlar mustahkamlanadi, lugʻat
mustahkamlanadi, aniq-lashtiriladi va faollashtiriladi. Didaktik
oʻyinlar nutqiy mahorat va koʻnikmalarni mashq qilishda (ibora
tuzish, soʻzni oʻzgartirish, hikoya toʻqish va h.q.) qoʻllaniladi.
Maishiy faoliyat bolaning kattalar bilan muloqoti uchun ulkan
imkoniyatlar yaratadi. Maishiy faoliyat nutqni rivojlantirish vositasi
boʻlib xizmat qilishi uchun pedagog uni boshqarishi lozim. Toʻgʻri
tashkil etilgan maishiy faoliyat jarayonida (ovqatlanish, kiyinish,
126
gimnastika, sayohat va h.k.), yaʻni agarda pedagog, ayniqsa, kichik
guruhlar pedagogi maishiy buyumlar nomlarini, ularning qismlari,
sifati,
xususiyati, qoʻllanish maqsadini batafsil tushuntirsa, ular bilan
tegishli harakatlarni amalga oshirsa va buni sharhlab bersa, bolalarga
savol bersa, ularga maishiy lugʻatdan foydalanishni oʻrgatsa
bolalarning lugʻati boyiydi. Agarda pedagog oʻz nutqida tashbeh,
qiyoslash, sinonimlar, xalq ogʻzaki ijodi (maqollar, matallar, sanoq
sheʻrlar)dan keng va mohirona foydalansa,
uning nutqi bosiq va
ifodali boʻladi.
Katta yoshli kishi taʻsirida bolada muloqotning yangi –
vaziyatdan tashqarishaxsli shakli vujudga keladi, unda bola «odamlar
olami»ga qarab ish tutadi. Bola odamni jamiyatning vakili deb biladi,
ijtimoiy olamdagi oʻzaro bogʻliqlikni oʻzlashtiradi. Muloqotning
ushbu shakli vujudga kelishi va rivojlanishi koʻp jihatdan bolalar
kattalarning oʻzaro munosabatlari, jamiyatda oʻzining tutish qoidalari
bilan qiziqadigan oʻyinlarning rivojlanishi bilan uzviy darajada
bogʻliqdir. Maktabgacha katta yoshdagi bolalar faqat kattalarning
xayrixoh diqqat-eʻtiborlariga va ular bilan hamkorlik qilishga emas,
balki kattalarning ularni hurmat qilishlariga, oʻzaro bir-birini
tushunish va hamdard boʻlishilariga intiladi.
Besh yosh chegarasida
bolaning tengdoshlari bilan muloqotga kirishish, oʻzini boshqalar
bilan taqqoslash, taqlid qilishga ehtiyoji keskin ortadi. Faoliyatning
oʻziga va tengdosh sheriklariga boʻlgan qiziqishdan kelib chiqqan
holda, biron-bir ishda (oʻyinda, mahsuldor faoliyatda) ishtirok etishga
intilish ancha barqaror boʻlib qoladi. Tengdoshlar bilan muloqotda,
oʻyinda va faoliyatning boshqa turlarida axborot almashish, funksiyani
rejalashtirish, ajratish va muvofiqlashtirish, yaʻni
birgalikda faoliyat
yurituvchi
bolalarning
umumlashuviga
koʻmaklashuvchi
harakatlarning barchasi amalga oshiriladi. Yosh ulgʻaygani sayin
muloqot mustaqil ahamiyat kasb etib boradi, bu hol bolaning
tengdoshlariga hamdardlik bildirishi, ularni tushunishi, emotsional
yaqinligida namoyon boʻladi.
Dostları ilə paylaş: