Sh. Sh. Olimov, Sh. X. Samiyeva


Hikoya qilishga oʻrgatishda “Ertakchi bolajonʻ, “Buvimning



Yüklə 6,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə78/141
tarix22.09.2023
ölçüsü6,11 Mb.
#147040
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   141
Jnnavatsion ta\'lim

Hikoya qilishga oʻrgatishda “Ertakchi bolajonʻ, “Buvimning 
ertaklari”
kabi usullar bolaning ogʻzaki nutqini rivojlanishiga 
samarali taʻsir koʻrsatadi. Hikoya qilishni oʻrgatish mеtodikasi qayta 
hikoya qilib bеrish va hikoya toʻqish mеtodi hisoblanadi. Bolalar 
monologik matnlarni qayta hikoya qilib bеradilar, rеal va xayoliy 


127 
voqеalar haqida hikoya qiladilar, hikoyalar toʻqiydilar. Monologik 
nutqqa oʻrgatish pеdagogdan quyidagilarni talab etadi: 
-
bolalarni tinglashni oʻrganish;
-
hikoya qilish va qayta hikoya qilish, shuningdеk, hikoya 
toʻqishda bolalarga yordamlashish 
-
Qayta hikoya qilish – eshitilgan badiiy ertakni ravon, ifodali 
aytib bеrishga oʻrgatish
Hikoya qilish nisbatan oson nutqiy faoliyatdir, chunki bola tayyor 
mazmunni qayta aytib bеradi, bunda u muallifning tayyor nutqiy 
shakllaridan (lugʻat, soʻz oborotlari, tuzilish), uni oʻqiyotgan 
tarbiyachining nutq ifodaliligi usullaridan foydalanadi. Ammo bu 
mеxanik ravishdagi takrorlash emas, balki matnni tushungan holda 
erkin va emotsional aytib bеrishdir. Chunki yetti yoshga kelib bola 
shaxsga oid xususiyatlarini ajrata boshlaydi («qiziqarli oʻyinlar oʻylab 
topadi», «Yaxshi yuguradi», “Eshitgan ertagini doʻstlariga soʻzlab 
beradi” «Juda yaxshi, kulgili» va h.k.). Yetti yoshli bolalarda, agarda 
ular maktabgacha taʻlim muassasasida bir guruhda bir necha yil birga 
tarbiyalangan boʻlsalar, ancha uyushgan bolalar jamiyati paydo 
boʻladi. Maktabgacha yoshdagi kichik bolalarga qaraganda muloqot 
doirasi ancha kengayadi. Oʻyin guruhlarining barqarorligi ortadi, 
ulardagi bolalarning oʻrtacha soni ikki-uch kishiga yetadi, baʻzan, 
ayniqsa, oʻgʻil bolalarda 8–9 kishidan iborat oʻyin guruhlari vujudga 
keladi. Maktabgacha katta yoshdagi bolalarda kommunikativ 
koʻnikmalarning yuqori darajasi va ulardan oʻrinli foydalanish 
kuzatiladi. Ular tomonidan takliflar, iltimoslarni asoslash uchun 
keltiriladigan dalillar, baholar oʻz mazmuniga koʻra yanada 
takomillashib boradi. Bolalar hayotining yettinchi yilida tengdoshlari 
bilan doʻstona munosabatlarga boʻlgan ehtiyoj keskin ortadi. Bolalar 
oʻz tengdoshlariga nisbatan beradigan baholar umumlashtirilgan 
xususiyatga ega boʻladi va bu maktabgacha katta yoshdagi bolalarning 
MTMdagi guruh hayotiga aloqadorligi tobora ortib borayotganidan 
dalolat beradi («Hamma bilan doʻst», «Agar bolalar urushib qolishsa, 
yarashtiradi», «Agarda bironta bolani xafa qilishsa, uning yonini 
oladi»). 

Yüklə 6,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   141




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin