131
beradilar. Ayniqsa, mazmun bilan birga bolalarning nutq shakliga
eʻtibor beriladi. Bu usulda koʻrgazmalilik, kuzatish muhim rol
oʻynaydi.
Bolalar
oʻzlari
va
tengdoshlarining
narsalarini
taqqoslaydilar, oʻxshash va farqli tomonlarini bilib oladilar. Bu
jarayonda hikoyani «toʻqish» oddiydan murakkabga qarab boradi.
«Kim tez va chiroyli uy chiza oladi?» oʻyini bolalarning fikrlash
doirasi nihoyatda kengligini koʻrsatadi. Mashgʻulotning maqsadi
bolalarni bir qavatli va koʻp qavatli uylar rasmini chizish, qurilish
vositalari, quruvchilar haqida ijodiy tasavvur etishga, oʻylashga, fikr
qilishga yoʻllash, quruvchilar mehnati bilan tanishtirish asosida
nutqini rivojlantirishdan iboratdir.
Bola maktabga tayyorlov yoshiga yetgan sayin mustaqil boʻlib
boradi. Uning ijtimoiy tajribasi boyiydi, atrofdagilar bilan oʻzaro
munosabatlari murakkablashadi.
Dostları ilə paylaş: