Sh. Sh. Olimov, Sh. X. Samiyeva



Yüklə 6,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə82/141
tarix22.09.2023
ölçüsü6,11 Mb.
#147040
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   141
Jnnavatsion ta\'lim

Nazorat savollari 
1.
Maktabgacha yoshdagi bolalarda nutqning qanday shaklini 
oʻrgatish lozim? 
2.
Til qanday vositalar bilan kuchaytiriladi? 
3.
Agrammatizm nima? 
4.
Sotsiogramma nima?
 
4.7. Turli yosh guruhlarda bolalarning nutqni rivojlantirishda 
TRIZ (IMEN) usullaridan foydalanish 
Reja 
1.
 
TRIZ (IMEN) usullari haqida tushuncha
 
2.
 
Taʻlimda TRIZ (IMEN) usullarining qoʻllanilishi 
 
3.
 
Turli yosh guruhlarda bolalarning nutqni rivojlantirishda TRIZ 
(IMEN) usullaridan foydalanish
 
 
TRIZ (IMEN) usullari haqida tushuncha
TRIZ (
Теория 
pешения изобретательских задач
), yaʻni ixtirochilik muammosini 
hal qilish nazariyasi boʻlib, unga ixtirochi olim T.S.Altshuller asos 
solgan. Bunda pedagog bolani faol ijodiy fikrlaydigan shaxs 
pozitsiyasiga qoʻyadigan noanʻanaviy ish shakllaridan foydalanadi. 
Maktabgacha yoshga moslashtirilgan TRIZ texnologiyasi bolani 
«Hamma narsada ijodkorlik!» 
shiori ostida tarbiyalash va oʻqitish 


132 
imkonini beradi. Chunki maktabgacha yoshdagi davr oʻziga xos 
boʻlib, bu davrda bolaning qanday shakllanishi uning kelgusi hayotida 
taʻsir koʻrsatadi, shuning uchun har bir bolaning ijodiy salohiyatini 
ochib berish uchun bu davrni oʻtkazib yubormaslik kerak. 
Ushbu texnologiyani bolalar bogʻchasida qoʻllashdan maqsad, 
bir tomondan, moslashuvchanlik, harakatchanlik, izchillik, dialektizm 
kabi fikrlash fazilatlarini rivojlantirish; ikkinchi tomondan, qidiruv 
faoliyati, yangilikka intilish; nutq va ijodiy tasavvurni kengaytirishdan 
iborat. 
TRIZning maqsadi - izlanish, tadqiqot va ixtirochilik faoliyatini 
amalga oshirish. Rivojlangan tafakkur qarama-qarshilik, uning 
shakllanishi va yechimi haqidagi tasavvurni nazarda tutadi. Qarama-
qarshilikni hal qilish natijasi ixtirodir. Ijodkorlik zamonaviy tez 
oʻzgaruvchan dunyoda insoniyatning va shaxsning faol moslashuvi 
bilan bogʻliqdir. 
TRIZ texnologiyasidan foydalanishning asosiy vazifasi - 
maktabgacha yoshdagi bolaga ijodiy kashfiyotlar quvonchini 
singdirish va ularda qandaydir vazifalarni uddalay olishiga ishonch 
hislarini shakllantirishdan iborat. 
Bolalar bilan ishlashda asosiy mezon materialni taqdim etishda va 
murakkab
koʻrinadigan vaziyatni shakllantirishda aniqlik va 
soddalikning mavjudligidir. Bolalarga eng oddiy misollar yordamida 
asosiy qoidalarni tushunmasdan ularni TRIZ amaliyotiga jalb etmaslik 
kerak. - bolada Triz yechimlarini duch keladigan muammolarga 
qoʻllashni oʻrganadigan muhit-ertaklar, oʻyinli vaziyatlari, kundalik 
vaziyatlardir. Bunday vaziyatlarda turli muammolarga duch kelish 
asosida bola koʻplab resurslardan foydalangan holda ideal natijaga 
intilishga harakat qiladi. 
TRIZ qatʻiy ilmiy nazariya hisoblanmaydi. TRIZ - fan va 
texnika taraqqiyoti qonuniyatlarini ixtiro qilish va oʻrganishning 
umumlashtirilgan tajribasidir. Oʻzining rivojlanishi natijasida TRIZ 
texnik sohada ixtirochilik muammolarini hal qilishdan chetlashdi va 
bugungi 
kunda 

texnik 
boʻlmagan 
sohalarda 
ham 
qoʻllaniladi. 
(biznes, sanʻat, adabiyot, pedagogika, siyosat va 
boshqalar)
... 
Taʻlim 
sohasida 
faoliyat 
olib 
borivchilarning 
barchasining muammosi – yuksak ijodiy salohiyatga ega boʻlgan 
yangi avlod vakillarini yetishtirishdir. Agar ilgari ijtimoiy jihatdan 
muvaffaqiyatli shaxs boʻlish uchun yaxshi ijrochi boʻlish, maʻlum 


133 
bilim va koʻnikmalarga ega boʻlish yetarli boʻlgan boʻlsa, endigi 
kunda muammolarni mustaqil ravishda koʻra oladigan va ularni ijobiy 
hal qila oladigan ijodkor shaxsni yetishtirish muhim vazifa 
hisoblanadi.

Yüklə 6,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   141




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin