Taʻlimda TRIZ (IMEN) usullarining qoʻllanilishi
Zamonaviy
jamiyat yosh avlod taʻlim tizimiga, jumladan, uning birinchi bosqichi
- maktabgacha taʻlimga yangi talablarni qoʻymoqda. Ammo muammo
iqtidorli daholarni izlashda emas, balki ijodiy qobiliyatlarni maqsadli
shakllantirish, dunyoga nostandart qarashni, yangicha fikrlashni
rivojlantirishdadir. Bu ijodkorlik, ixtiro qilish, bolaning shaxsiyatini
shakllantiradigan, uning mustaqilligi va kognitiv qiziqishini
rivojlantiradigan eng yaxshi, eng yangi narsalarni yaratish qobiliyatini
shakllantirish asosida namoyon boʻladi.
4.7.1-rasm.
Bola tasavvurini rivojlantiruvchi TRIZ mashqidan namuna
Maktabgacha yosh davri oʻziga xosdir, chunki bola bu davrda
qanday shakllangan boʻlsa, uning hayotida shunday rivojlanish oʻz
taʻsirini namoyon qiladi. Shuning uchun har bir bolaning ijodiy
salohiyatini yuzaga chiqarish uchun ushbu davrni eʻtiborsizlik bilan
oʻtkazib yubormaslik kerak. Chunki bolalarning intellektual
imkoniyatlari juda keng va serqirradir. Uni yuzaga chiqarish
muammosini oddiy bir xil qolip asosida anʻanaviy ish shakllari
yordamida toʻliq hal qilish mumkin emas.
134
TRIZ dastlab muxandislar va texniklarga qaratilgan ixtirochilik
muammolarini hal qilish nazariyasini amalga oshirishga imkon
bergan, soʻnggi oʻn yilliklarda bu nazariya oʻqituvchilar va
amaliyotchilar orasida katta qiziqish uygʻotdi.
TRIZ - pedagogika tizimi 1980-yillarning boshidan boshlab
maktabgacha taʻlim tizimida rivojlana boshladi. Uning asosiy maqsadi
- zamon talabiga javoban, muammolarni hal etishga qodir, innovatsion
fikrlovchi shaxsni tayyorlash.
TRIZ pedagogikaning diqqat markazida moslashuvchan tizimli
boy tasavvurga ega boʻlgan ijodkor shaxs turadi. Bolalar bogʻchasida
TRIZ texnologiyasidan foydalanishning maqsadi, bir tomondan,
moslashuvchanlik, harakatchanlik, izchillik, dialektik kabi fikrlash
fazilatlarini rivojlantirish, ikkinchi tomondan, faol izlanuvchanlik,
yangilikka intilish, nutq va ijodiy tasavvurni rivojlantirishdir. TRIZ
barcha yosh guruhlari uchun qoʻllaniladi. Bu bola ongida dunyoning
yagona, uygʻun, ilmiy asoslangan modelini shakllantirish imkonini
beradi. Bunda muvaffaqiyatli vaziyatlar yaratiladi, qaror natijalari
almashiladi, bir bolaning qarori boshqasining fikrini faollashtiradi,
tasavvur doirasini kengaytiradi, uning rivojlanishini ragʻbatlantiradi.
TRIZ bolalarni oʻz individualligini koʻrsatish imkoniyatini beradi, bir
qolipda
fikrlashga
yoʻl
bermaydi.
TRIZ
boshqalarning
muvaffaqiyatidan quvonish, ularga yordam berish istagi, qiyin
vaziyatdan
chiqish
yoʻlini
topish
kabi
axloqiy
fazilatlarni
rivojlantiradi. TRIZ ortiqcha zoʻriqmasdan, siqilmasdan bilim olishga
imkon beradi.
|