145
bolalarmi?, Ular nechtadan?... Mashgʻulotlarni muvaffaqiyatli
oʻtkazishda koʻrsatma-qoʻllanmalarni toʻgʻri tanlashning ahamiyati
katta. Hamma mashgʻulotlarda kundalik turmushda ishlatiladigan
buyumlar, oʻyinchoqlar, tabiiy materiallardan keng foydalaniladi.
Hamma bolalar oʻyinchoqlar bilan oʻynashlari uchun oʻyinchoqlar
koʻp miqdorda tanlanadi.
0 dan 9 gacha boʻlgan raqamlarni nomi va farqini bilish –
bu
tushunchalar asosan, koʻrgazmalar va oʻyin mashgʻulotlar, bogʻchada
olib boriladigan kundalik tartib davomida, bolalarning navbatchiligi
davomida (Bugun nechta bola bor? Har bir bolaga bittadan idish?,
Necha kishiga qoshiq bor, necha kishiga yoʻq? savollari orqali)
amalga oshiriladi. Shuningdek, kichik yoshdagi bolalarda bu
koʻnikmalar bolaga predmetlarning hajmi, ogʻirligi va uzunligini
taʻriflab borish, bolaga sayr davrida elementar matematik savollari
(biz qancha zinapoyani bosib oʻtdik?, senda nechta oʻyinchoq bor?)
(menga bitta piyola olib kel, ikkita pechenye ber) kabi matematik
bilimlarni rivojlantirish boʻyicha faoliyatga jalb qilish orqali
rivojlantiriladi.
Dostları ilə paylaş: