160
Illyustrasiya
vositalariga
axborot
kommunikatsiya
texnologiyalari, koʻrgazma plakatlar, guruhlarda tashkil etilgan turli
faoliyat markazlari kiradi. Maktabgacha taʻlim muassasalarida
multimedia texnologiyasidan foydalanishning keng imkoniyatlari
mavjud. Jumladan, tarbiyalanuvchilariga raqam va harflarni
oʻrgatishda, elementar matematik tushunchalar bilan tanishtirishda,
ijobiy va salbiy ekologik taʻsirlarni bayon qilishda, taʻlimiy va
rivojlantiruvchi
kompyuterli
oʻyinlarni
amalga
oshirishda
foydalaniladi. Bu vositalardan foydalanishda bolalar eʻtibori namoyish
etilayotgan mavzuga qaratiladi.
Axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan kompyuterlar,
prezentatsiya-slaydlar,
televizor,
elektron
doskalar
yordamida
namoyish etiladigan materiallar asosida bolalarga matematik bilimlar
berishda asosiy mavzu sifatida geometrik shakllar, sanoq, vaqt va
fazoviy tushunchalar, moʻljal olish, miqdor va matematik munosabat,
oʻlcham kabi mavzular tanlanadi. Mashgʻulotlarni muvaffaqiyatli
oʻtkazishda koʻrsatma-qoʻllanmalarni toʻgʻri tanlashning ahamiyati
katta. Matematik tasavvurlarni shakllantirishda ham, bolalarni
dastlabki umumlashtirishlarga keltirish (qoʻshni sonlar orasidagi
bogʻlanishlar va munosabatlar, «teng», «ortiq», «kam», «butun»,
«qism») borasida ham koʻrsatmalilik asos boʻlib xizmat qiladi.
Hamma mashgʻulotlarda kundalik turmushda ishlatiladigan
buyumlar, oʻyinchoqlar, tabiiy materiallardan keng foydalaniladi.
Hamma bolalar oʻyinchoqlar bilan oʻynashlari uchun oʻyinchoqlar
koʻp miqdorda tanlanadi. Matematik bilimlar abstraksiyalash yoʻli
bilan oʻzlashtirilishi sababli turli-tuman buyumlardan foydalaniladi.
Oʻrgatishning maʻlum bosqichida jadvallar, sxemalar (olmani ikkita
va toʻrtta teng qismga boʻlish sxemasi) koʻrsatmali material boʻlishi
kerak. Koʻrsatmalilikning xarakteri yoshdan yoshga oʻtish bilangina
emas, balki joyga hamda bilimlarni oʻzlashtirishning har xil
bosqichlarida konkret bilan abstrakt orasidagn munosabatlarga
bogʻliq holda ham oʻzgarib turadi. Chunonchi oʻrgatishning maʻlum
bosqichida buyumlar toʻplamini sanash
Dostları ilə paylaş: