Sh. Sh. Olimov, Sh. X. Samiyeva



Yüklə 6,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə107/141
tarix22.09.2023
ölçüsü6,11 Mb.
#147040
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   141
Jnnavatsion ta\'lim

Vaqtni 
chamalashga 
oʻrgatish 
boʻyicha 
qoʻllaniladigan 
innovatsion texnologiyalar 
Vaqt boʻyicha moʻljal olish
malakalari turli mashgʻulotlarning 
tashkiliy qismida, kunning turli qismlarida tashkil etiladigan ishlar 
davomida oʻrgatib boriladi. Asosan, bolalarga ertalab, kechqurun, kun, 


172 
tun, kecha, bugun, ertaga kabi tushunchalar orqali savollar beriladi. 
Bolalarning bu savollarga bergan javoblari tarbiyachi tomonidan 
toʻgʻrilab boriladi. “Kun tartibini nomlang” oʻyini sutka qismlarini 
nomlash boʻyicha matematik qobiliyatining shakllanganlik darajasini 
aniqlash mumkin. 
Albatta taʻlimni ham shaklan, ham mazmunan yangilashga 
qaratilgan bu kabi innovatsiyalar ota-onalardan tortib barcha 
pedagoglar bola tarbiyasi, uning taʻlim olishga tayyorgarligiga zamon 
talablaridan kelib chiqqan holda yondashuvini talab etadi.
Maktabgacha taʻlim muassasalari guruhlarida tashkil etiladigan 
rivojlanish markazlaridagi jarayonlar bolalarning doimiy ravishda 
yangi bilimlarni oʻzlashtirishga, mustahkamlashga yordam beradi. 
Bolalarni oʻz bilimini mustaqil ravishda toʻldirib borish, kechayotgan 
yangilanish jarayonlariga munosib moslashib borishga oʻrgatish 
rivojlanish markazlarining asosiy maqsadidir.
Nazorat savollari 
1.
Illyustrasiya vositalariga nimalar kiradi? 
2.
Mujassam mashgʻulotlar nima? 
3.
Matematika mashgʻulotlari kunning qaysi qismida tashkil etiladi? 
 
4.10. Bolaning ijodiy rivojlanish sohalari boʻyicha innovatsion 
texnologiyalardan foydalanish 
Reja 
1.
Rasm chizish, qirqib yopishtirish, loy yoki plastilindan 
narsalar yasash, qurish yasash mashgʻulotlarida qoʻllaniladigan 
innovatsion texnologiyalar haqida maʻlumot. 
2.
Rasm chizishda innovatsion texnologiyalarni qoʻllash usullari. 
3.
Loy yoki plastilindan narsalar yasash mashgʻulotini innovatsion 
texnologiyalar asosida tashkil qilish va oʻtkazish.
4.
Qirqib yopishtirish mashgʻulotini innovatsion texnologiyalar 
asosida tashkil qilish va oʻtkazish.
5.
Qurish yasash mashgʻulotlarida qoʻllaniladigan innovatsion 
texnologiyalar. 

Yüklə 6,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   141




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin