Sh. Sh. Olimov, Sh. X. Samiyeva


Matematik tasavvurlarni rivojlantirishda oʻyinlar



Yüklə 6,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə101/141
tarix22.09.2023
ölçüsü6,11 Mb.
#147040
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   141
Jnnavatsion ta\'lim

Matematik tasavvurlarni rivojlantirishda oʻyinlar
ning ham 
ahamiyati beqiyos.
Bilimlarni mustahkamlashda didaktik oʻyinlar,
jumladan, stol bosma oʻyinlari, sanamalar asosida boshlanadigan xalq 
oʻyinlari, piramidachalar va boshqa oʻyinchoqlar bilan oʻynaladigan
oʻyinlar muhim rol oʻynaydi. Hamma yoshdagi guruhlarda 
bajariladigan 
mashqlar, 
oʻyin 
elementlari 
syurpriz 
moment 
koʻrinishida, oʻxshash harakatlar, ertak qahramoni va boshqalardan 
iborat boʻladi. Tayyorlov guruhlarda bunday mashqlar izlanish, 


162 
musobaqa xarakterini oladi. Bu yoshda fazoda moʻljal olish 
mashqlarini taʻminlovchi oʻyinlarga katta ahamiyat beriladi.
Geometrik shakllarni bilish, kattalik belgilarini ajrata olish
va ular orasida oʻlchov munosabatlarini oʻrnata olish malakasi, 
buyumlar orasida fazoviy munosabatlar oʻrnata olishdan tashqari 
bolalar doimiy ravishda rasm solish, loy va plastilindan narsalar 
yasash, konstruksiyalash va boshqa mashgʻulotlarda foydalanishlari 
lozim. Bolalarning bilimlari borgan sari mustahkamroq va
taʻsirchanroq boʻlib boradi, yangi sharoitlarga oʻtkaziladi, bolalar 
ularni mustaqil qoʻllashga oʻrganadilar. Bolalarni sanashning, oʻlchay 
olishning muhim ekaniga ishonch hosil qilishlarida ularga yordam 
berish zarur. Kattalar oʻzlarining matematik bilimlaridan qanday 
foydalanishlari (masofani oʻlchashlarini, oʻlchovni qanday olishlari 
buyumlarni sanashlarini va h. k.) ni kuzatish tashkil qilinadi. 
Tarbiyachi bolalarga nima uchun hayotda oʻlchay olish, sanash va 
hokazolar kerakligini tushuntiradi.
Maktabgacha taʻlim yoshdagi bolalarda matematik bilimlarga
va ularni egallashga qiziqish uygʻotish zarur.
Bolalar (oʻrta, katta va 
maktabga tayyorlov guruhlarida) buyumlarni va geometrik figuralarni 
har xil alomatlari boʻyicha guruhlarga ajratishni, oʻyinchoqlar, 
figuralar, jadvallar toʻplamiga «qancha» soʻzi bilan savollar oʻylab 
topishni mashq qiladilar. 

Yüklə 6,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   141




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin