161
turini kombinatsiyalash kerak. Masalan, qoʻshni sonlar orasidagi
bogʻlanish va munosabatlarni, yoki sonlarning birliklardan iborat
miqdoriy tarkiblarini oʻrganishda har xil oʻyinchoqlardan, geometrik
figuralar jadvallari, tangrammalar va hokazolardan foydalaniladi.
Matematika mashgʻulotlarida, odatda, koʻp turdagi buyumlar
toʻplamidan, koʻrgazmalardan foydalaniladi. Shu sababli bularni
joylashtirish tartibini oʻylab koʻrish juda muhim. Kichik guruhda
bolalarga material xususiy qutida (konvert) berilsa, katta va tayyorlov
guruhi bolalariga tarqatma sanoq materialini stolga bitta patnisda
(bitta qutida) berish mumkin. Koʻp turdagi buyumlardan
foydalanganda ularni shunday joylashtirish kerakki, mashgʻulotni
boshlash uchun kerak boʻladigan material eng ustida tursin. Bilim,
malaka, koʻnikmalarni oʻzlashtirishga har xil usullardan
foydalanish va ularni birga qoʻshib ishlatish bilan erishiladi.
Usullarni tanlash u yoki bu dastur masalasi mazmuni, shuningdek
bolalarning tegishli bilim va koʻnikmalari darajalari, nihoyat, har
qaysi yosh xususiyatlari bilan aniqlanadi.
Elementar matematik tasavvurlarni shakllantirishda
amaliy
metod
yetakchi metod hisoblanadi. Uning mohiyati bolalarning
buyumlar yoki ularning oʻrnini bosuvchilar (tasvirlar, grafik rasmlar,
modellar, mulyajlar...) bilan ishlashning jiddiy aniqlangan usullarini
oʻzlashtirishga yoʻnaltirilgan amaliy faoliyatlarini tashkil qilishdan
iborat. Koʻrsatmali va ogʻzaki metodlar elementar matematik
tasavvurlarni shakllantirishda amaliy va oʻyin metodlari bilan birga
qoʻllanadi. Bu ularning mohiyatini hech ham kamaytirmaydi.
Maktabgacha taʻlimda koʻrsatmali, ogʻzaki va amaliy metodlarga
taalluqli va bir-biri bilan uzviy bogʻliqlikda qoʻllaniladigan usullardan
keng foydalaniladi. Bolalarning olgan bilimlari kundalik hayotda,
oʻyinda, mehnatda, turmushda, shuningdek, boshqa mashgʻulotlarda
doimiy ravishda mustahkamlanishi juda muhim.
Dostları ilə paylaş: