Sh. Sh. Olimov, Sh. X. Samiyeva


-rasm. “Doirani aylantiring” didaktik oʻyin-mashqi



Yüklə 6,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə102/141
tarix22.09.2023
ölçüsü6,11 Mb.
#147040
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   141
Jnnavatsion ta\'lim

4.9.5-rasm. “Doirani aylantiring” didaktik oʻyin-mashqi 


163 
Shuningdek, 
«Qoʻshnilarini top», «Qaysi son tushib 
qolgan?», «Kim uzoq sanaydi»
kabi oʻyinlar oʻtkaziladi. Yangi 
materialni tushuntirishda tarbiyachining yoki chaqirilgan bolaning
harakatlari hamma bolalarga koʻrinib turishi muhim. Bilimlarni 
mustahkamlash uchun tarbiyachi har xil xarakterdagi, yaʻni amaliy, 
oʻyin, musobaqa elementlari bilan bogʻliq mashqlardan, interfaol 
usullardan foydalanadi. Shuni esda tutish muhimki, didaktik
materialni va usulni almashtirish bilim va koʻnikmalarni alohida 
zoʻriqishlarsiz oʻzlashtirishni taʻminlovchi vositadir. Oʻyinga haddan
tashqari berilib ketmaslik kerak, chunki oʻyin asosiy narsadan 
matematik ishdan chalgʻitishi mumkin, natijada bolalar mashgʻulot
rejasida nazarda tutilgan bilim va koʻnikmalarni oʻzlashtira 
olmaydilar. 
Tarbiyachi mashgʻulotga tayyorlanar ekan, dastur mazmunini
sinchiklab oʻrganadi. Matematik bilimlar bolalarga qatʻiy aniqlangan 
izchillikda beriladi, bunda yangi materiallar har bir vazifa bir qator 
kichik topshiriqlarga boʻlinadi. Bu kichik topshiriqlar ketma-ket 
oʻrganiladi.
Masalan,
tayyorlov guruhi bolalarini buyumlarni
boʻlaklarga boʻlish bilan tanishtirish bunday ketma-ketlikda
amalga oshiriladi:
 

bolalar birinchi mashgʻulotda buyumlarni ikkita teng qismga
boʻlishni mashq qiladilar va yarim nima ekanini oʻzlashtiradilar;

ikkinchi mashgʻulotda bolalarning teng ikkiga boʻlinadigan 
buyumlar haqidagi tushunchalari kengaytiriladi va shunga mos lugʻati
faollashtiriladi;

tarbiyachi uchinchi mashgʻulotda bolalarga buyumlarni teng 
toʻrt qismga boʻlish usullarini tanishtiradi, shuningdek, butunning 
qismga munosabatini koʻrsatadi; 

keyinroq bolalarga geometrik figuralarni ikki va toʻrt qismga 
boʻlishning har xil usullarini koʻrsatadi, bolalar butun bilan qism 
orasidagi munosabatlarni oʻrnatishadi.
Shunday 
qilib, 
dasturning 
har 
bir 
boʻlimi 
ketma-ket 
oʻtkaziladigan bir necha (uch-olti) mashgʻulotda amalga oshiriladi. 
Bolalarning bilimlari mashgʻulotdan mashgʻulotga kengayadi, 
aniqlashtiriladi va mustahkamlanadi. Yangi materialni oʻrganish 
jarayonida oʻtgan materialni takrorlash bolalarning bilimlarini 
chuqurlashtiribgina qolmay, balki ular eʻtiborini yangi materialga 
qaratishga, uning puxta oʻzlashtirilishiga imkon beradi. Odatda yangi 


164 
mavzuni uch-besh mashgʻulot davomida, oldin uniig birinchi qismida, 
keyinroq ikkinchi qismida oʻrganiladi. Mavzuni ikki hafta, baʻzan uch 
hafta oʻtganidan keyin takrorlash kerak. Eski materialga qaytish davri
borgan sari dasturning har bir oʻrganilgan boʻlimi oʻquv yili 
oxiriga qadar tarbiyachining fikr doirasida boʻlib turishi kerak. Shu 
munosabat
bilan bir mashgʻulotning oʻzida dasturning bir boʻlimiga 
yoki har xil boʻlimning, yaʻni «Miqdor va sanoq», «Kattalik», 
«Geometrik shakllar», “Fazo” va “Vaqt” boʻlimlariga oid masalalar 
oʻrganilishi va takrorlanishi mumkin. Oʻrgatishning hamma boʻlimlari
boʻyicha dasturni bolalar izchil oʻrganishini va ularda elementar 
matematik bilimlar tizimini shakllantirishni ham taʻminlash mumkin. 
Oʻqitish tajribasida, mashgʻulotlarning birinchi qismida 8-10 daqiqa 
davomida yangi material oʻrgatiladi, ikkinchi qismida (9-12 daqiqa 
davomida) oldingi mashgʻulotlarda olingan bilim va koʻnikmalar 
mustahkamlanadi, oxirida esa bolalarga ilgari oʻzlashtirilgan bilimlar 
3-4 daqiqa takrorlantiriladi. Yangi materialni oʻzlashtirish bolalardan
koʻproq zoʻriqishni talab qiladi. Shu sababli mashgʻulot oxirida 
tanish materialni kiritish bir oz boʻshashish imkonini beradi. 
Masalan, tayyorlov guruhidagi mashgʻulotlarning birinchi qismida 10 
sonining oʻzidan kichik ikki sondan iborat tarkibi bilan tanishtirish, 
ikkinchi qismida doira va oval chiza olish malakasi qaraladi, 4 va 8 
sonlarining ikkita kichik sondan iborat tarkibi oʻrganilishi, bilimlar 
mustahkamlanishi mumkin. Uchinchi qismda «Nima oʻzgardi?» 
oʻyinida buyumlar toʻplamini sanash (masalan, mashinalarning qatori
nechtaligini, har qaysi qatorda nechtadan mashina borligini, hamma
mashinalar nechtaligini aniqlash)ga doir mashqlar bajarilishi 
mumkin. Mashgʻulotning tuzilishi dastur boʻlimlarining hajmi, 
mazmuni, koʻrgazmaliligi, tegishli bilim va koʻnikmalarniig 
oʻzlashtirilish saviyasi va boshqa omillarga bogʻliq. 
Bolalarni bilimlarni egallab olishlari ularni aqliy faolligini 
rivojlantirish, aqliy malaka va koʻnikmalarni egallab olishlari, 
ularning maktabda muvaffakiyatli 
oʻqishlari uchun boʻlajak 
intellektual faoliyatga tayyorlanishda manba boʻlib xizmat kiladi. 
Maktabgacha yoshdagi bolalarni aqliy tarbiyalashning asosiy 
vazifalari kuyidagilardan iborat: 
1. Bolalarda tabiat va jamiyat toʻgʻrisidagi bilimlar tizimini, 
ilmiy dunyoqarashni shakllantirish. 


165 
2. Bilimga doir ruhiy jarayonlarni rivojlantirish: sezgi, idrok, xotira,
xayol, tafakkur, nutq. Bilishga doir psixik jarayonlarni rivojlantirish 
aqliy tarbiyaning muhim vazifasidir. 
3. Bilishga qiziqish va aqliy qobiliyatlarni aqliy mehnat madaniyatini
rivojlantirish. Aqliy tarbiyaning vazifasi bolalar qiziquvchanligini ular 
aqlining sinchkovligini rivojlantirish va shular asosida bilishga 
qiziqish hosil qilishdan iborat. 
4. Aqliy malaka va koʻnikmalarni rivojlantirish, yaʻni eng oddiy 
faoliyat usullari predmetlarni tekshirish ulardagi muhim va muhim 
boʻlmagan belgilarni ajratib kursatish boshqa predmetlar bilan 
taqqoslash maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga aqliy tarbiya 
berish vazifalaridan biridir. Bu koʻnikma va malakalar bilish 
faoliyatining tarkibiy qismlari boʻlib, bolaning bilimlarini chuqur 
egallab olishga yordam beradi. Eng muhimi shundaki, bolalarga bilim 
beribgina qolmay, ularni olgan bilimlaridan aqliy va amaliy 
vazifalarni hal etishga foydalanishga oʻrgatish. 
Maktabgacha taʻlim muassasalarining oila bilan ishlash tizimida 
aniq maqsad, mazmun boʻlishi kerak. Maktabgacha taʻlim
muassasaning ota-onalar bilan ishlashidan jamoa tarzida va 
individualma-individual xolda ishlash shakllarini moxirlik bilan 
qoʻshib olib borish, keng aholi ommasi orasida pedagogik tashviqot 
ishlarini tashkil qilish tufayli bolalarni tarbiyalashda ijobiy natijalarga
erishish mumkin.
Bolalar maktab taʻlimiga tayyorgarligiga taʻsir etuvchi omillar 
xakida gapirar ekanmiz, maktabgacha taʻlim yoshidagi bolalarga 
taʻlim va tarbiya berishda ota-onalar bilan hamkorlik oʻta muhim 
sanaladi. Bu ishlar maktabgacha taʻlim muassasalari xodimlari va 
tarbiyachi-pedagoglar bilan birgalikda olib borilsa, bundan keyin 
maktabgacha taʻlim sohasini yanada takomillashtirish yoʻllarini izlab 
topilsa, maqsadga muvofiq boʻlar edi. Oilaviy tarbiyaning ijtimoiy 
tarbiya bilan aloqasini mustahkamlashda maktabgacha taʻlim 
muassasasi xodimlarining pedagog olimlar, bu soxada ilmiy ish olib 
boruvchi tadqiqotchi va metodistlar bilan doimiy muloqotining oʻrni
juda kattadir.
Tayyorlov guruhlarida elementar matematika mashgʻulotida
mantiqiy tafakkur ham oʻstiriladi. Tayyorlov guruhlarida elementar
matematika mashgʻulotida mantiqiy tafakkurni oʻstirish uchun 
dastur mazmuni quyidagilarni oʻz ichiga oladi: 


166 

Yüklə 6,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   141




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin