146
borishi tartibida joylashtirib taqqoslash
– 4-5 yoshda bolalar
boʻshliqda yoʻnalish olishni biladi (oldinda, orqada, tepada, pastda,
yaqin, uzoq), butun va uning qismlari tushunchasini tushunadi. Bu
koʻnikmalar stol bosma oʻyinlari, qurish-yasashga moʻljallangan
oʻyinchoqlar, didaktik materiallar, tarbiyachi oʻz
nutqida matematik
tushunchalar (narsalarni eni, boʻyi, balandligi, qalinligi, oʻlchami
va ular orasidagi munosabatlarni)ni qoʻllashi
davomida shakllanib
boradi.
Kattalik
tushunchasi asosan, taqqoslash asosida amalga oshadi.
Kattalik, shuningdek, oʻzgaruvchanlik bilan ham xarakterlanadi.
V.V.Davidov bunday deydi: “oʻlchamlar obyektlarning shunday
holatiki, u maʻlum chegaragacha oʻzgara borib,
alohida obyektni
oʻzgartirsa ham, ammo uning tur va boshlangʻich sifatini
oʻzgartirmaydi”
5
.
Rus matematik metodisti D.Galanin “kattalik” tushunchasining
maʻnosini bunday izohlaydi: “kattalik” deb, buyum va harakatlarning
shunday
xususiyatiga aytiladiki, bu xususiyat boʻyicha buyumlarni
bir-biri bilan taqqoslaymiz. Bu xususiyat har xil buyumlarda har xil
boʻladi.
6
Bolalar narsa va buyumlarni bir-biriga
nisbatan munosabatini
aniqlaydilar. Ular bir jismning ikkinchisiga nisbatan oʻlchamlari, katta
yoki kichikligini analiz qiladilar. Tarbiyachi va ota-onalar tomonidan
olib boriladigan savol-javoblar, suhbatlar davomida bu tushunchalar
mustahkamlanadi.
Dostları ilə paylaş: